Tibbiyot tarixi

Qora yer qa’ridan to avji Zuhal,
Koinot mushkulin barin men qildim hal.
Ko‘p chigal tugunni angladim, yechdim,
Yechilmay qolgan birgina ajal.

(Abu Ali Ibn Sino)

Qadimgi  tibbiy adabiyotlarda to‘rt birlamchi unsur – Olov, Havo, Yer va Suv haqidagi nazariyalarga asoslangan tabobatning uslublari keltirilgan. Shu tarzda, xayotning to‘rt asosiy «xilt»i ta’limoti paydo bo‘ldi. Ular inson organizimining asosiy tashkil etuvchi elementlaridir. Aynan mana shu «xilt»lar o‘sha davr tabiblari tassavvuri bo‘yicha inson organizmini tashkil etadi, xamda uning sog‘lomlik yoki betoblik xolatini belgilaydi.

O‘sha davr tabiblari tushunchasiga kura, inson organizmi sog‘lom bo‘lishi uchun barcha to‘rt element tulik quvvatliligicha va uzaro uygunlikda bo‘lib, bir-birini tuldiradi, mukobillashtiradi.

Bu to‘rt element haqidagi tushuncha Aflotun (Platon) asarlarida uchraydi. Aflotunning «Timey» nomli asarida to‘rtta birlamchi elementdan kelib chikkan koinot makro kosmosi haqidagi umumiy konun – koidalar bilan bir katorda, xayot boyliklarini uzida jo kilgan odam organizmi – mikro kosmos konuniyatlari xam aks ettirilgan. Xuddi shu asarida Aflotun inson organizmi va butun borlikni harakatlantiruvchi birlamchi elementlar konsepsiyasidan kelib chikkan xolda odam anatomiyasi va fiziologiyasi haqida batafsil ma’lumotlar keltiradi.

Keyinchalik bu karashlar Arastu va Gippokrat tomonidan rivojlantirildi va deyarli uzgarishsiz «gumoral patalogiya nazariyasi» ga asos bo‘ldi. Bu esa keyinchalik tabobatning rivojlanishiga juda kuchli ta’sir kursatdi.

Tibbiyot otasi xisoblanmish, Gippokrat ta’limotiga kura inson tanasi to‘rt asosiy «namlik» uygunligidan: «kon», «shillik», «sarik safro» va «kora safro»dan shakllangan. Bo‘larning bari asosiy birlamchi tabiat va koinotni o’rab turgan unsurlar: Havo, Suv, Olov, va Yerga mos keladi.

Gippokrat aytishicha, inson sa’lomatligi va kasalligi uning organizmida mavjud bo‘lgan «Xilt»larning aralashuvi va uzaro ta’siriga butkul boglikdir. (Gumor – Qadimgi  yunonchadan nafaqat suyuqlik yoki sharbat balki, tarqaluvchi, sizib utuvchi, ichiga kiruvchi ma’nolarini anglatadi.)

Gippokrat «sharbat»larining xar biri o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, «kon» – namlik va iliklik, «shillik» – sovuk namlik, «sarik safro» – kuruk iliklik, «kora safro» – sovuk kuruklik xususiyatlariga ega.

Biror elementning ortikligi tana tarkibining to‘rtta variantini hosil qiladi: ilik nam – konning ustunligi bilan (sangvinik), ilik-kuruk– xolerik, sovuk nam – flegmatik, sovuk kuruk – melanxolik. Tana tuzilishidagi farklar, ya’ni, kon, limfa, sarik yoki kora safroning birortasining ortikligi bilan kasallikka bo‘lgan moyillik tushunilar edi. Koni kup bo‘lgan odamlar bezgak bilan ogriydi, flegmatiklar istisko bilan ogriydi, xoleriklar safroning tarkalishi va xokazolar.

Abu Ali Ibn Sino Gippokrat ta’limotini rivojlantirdi va boyitdi. Ibn Sino nazariyasiga kura, bu to‘rt mijozlar barkaror emasdir, balki metereologik sharoit va yil fasllarining uzgarishi kabi tashki va ichki omillarga boglikdir. Oddiy mijozlar tavsifi bilan bir katorda, Abu Ali Ibn Sino, elementlar uygunligidan hosil bo‘ladigan murakkab mijozlarga xam tavsif beradi.

Ibn Sino bosik yoki normal mijozlardan tashkari yana sakkiz xildagi nomukobil mijozlarni ajratadi: ulardan to‘rttasi bitta elementning ustuvorligi bilan (oddiy mijozlar): issik, sovuk, kuruk, nam; xamda to‘rtta ikki elementning ustuvorligi (murakkab): ilik kuruk va xakozo. Xiltlar orasidagi mutanosiblikning buzilishi kasallik alomatidir.

Ibn Sinoning izlanishlari amaliy maksadlarni kuzlaydi: tashxis kuyish, davolash, kasallikning oldini olish choralari – anik bir patologiyaga moyillikni aniklash va uni bartaraf qilish, masalan, aynan ushbu shaxsga muljallangan parxez tayinlash kabi.

Organizmni tashkil etuvchi xiltlar – quvvatlarning sifati haqidagi shularga uxshash tassavvurlar Xind, Tibet va Xitoy tabobat tizimining poydevorini tashkil etgan.

Xiltlarning kerakli darajadagi mutanosibligi organizm salomatligini ta’minlaydi. Xiltlar nome’yoriy almashinuvi bemorlikka olib keladi. Tabibning ishi kasallikni kuzatib, davolash usullarini topishdadir.


Organizmni boshkarib turuvchi tabiiy kuch mavjud, deb xisoblanar edi. Tabib vazifasiga fakatgina kasallikni davolash emas, balki bemor organizmiga kassalikni keltirib chikaruvchi omillarga karshi kurashda faol yordam berish, xamda kasallikning borishini diqqat bilan urganib, davolovchi vositalarni organizmning muayyan xiltlariga ta’sirini urganish qirgan.

Shark tabobatida inson omiliga yaxlitlik, butun tiriklik, uzini o’rab turgan muxit – xayotni va koinotni boshkaruvchi Unsurlar bilan bevosita alokador, deb karalgan. Inson organizmi bo‘linmas, yaxlit element jonli Mavjudlikdir.

Shark tabobatning umumiy xulosasiga kura muvozanatni saqlab turuvchi quvvat – Unsurlar – «xiltlar» inson organizmi faoliyatini boshkaruvchi quvvat bilan ta’minlab turadi.

Odam tanasida Xavo mo‘shaklarning turli harakatida, yurak urishida, turli kengayish va torayishlarida, upka harakatida, oshqozon devor va ichaklar harakatida namoyon bo‘ladi. Mikroskop orkali xujayralarda sodir bo‘layotgan ayrim uzgarishlarni kuzatish mumkin. Turli ta’sirlarga javob – turli asab impul’slarning harakatidir. Markaziy nerv sistemasining barcha harakatlarini Xavo elementi boshkaradi.

Moddalar almashinuvi, metabolizm odam tanasidagi olov manbayidir. Olov hazm qilish sistemasida eng faoldir. Olov bosh miya katta sharlarining kulrang moddasida idrok sifatida namoyon bo‘ladi. Olov yoruglikni kabo‘l kiluvchi kuz tur pardasining faoliyatida xam namoyon bo‘ladi. Tana xarorati, ovkatni hazm qilish jarayoni, idrok qilish va kurish – bo‘larning xammasi olov elementi tomonidan boshkariladi. Organizmdagi modda almashinuvi, xamda fermentlar sistemasi xam Olov tomonidan nazorat kilinadi.

Suv elementi tanada oshqozon, ichak va so’lak bezlari sekresiyalari, shillik koplamlarda, kon plazmasida, xujayra plotaplazmalarida namoyon bo‘ladi. Kusish yoki ich ketish natijasida tana suvsizlanishini darxol tuxtash kerak, aks xolda xayot xavf o’stida qoladi.

Yer elementi barcha jonli va jonsiz unsurlarni uzining kattik yuzasida saklaganligi sababli, xar qanday xayot qurilishi mumkindir. Odam tanasining barcha kattik strukturalari – suyak, tog’ay, tirnok, mo‘shaklar, paylar, teri va sochlar Yer elementidan kelib chikadi va unga qarashlidir.

Shunday qilib, to‘rt dastlabki elementlar konsepsiyasini dinamik gomeostaz nazariyasi, deb tan o’lish mumkin. (Gomeostaz – organizmning individual funksional xususiyatlarining doimiyligini, uzining boshkaruvini ta’minlovchi jarayonlar yig’indisidir).

×