Mumiyo asil ®- kapsulalar

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

MUMIYO ASIL®

Preparatning savdo nomi: Mumiyo Asil®

Ta’sir etuvchi modda: mumiyo.

Dori shakli: kapsulalar 150 mg dan.

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: mumiyo tozalangan – 150 mg;

yordamchi moddalar: makkajo‘xori yoki kartoshka kraxmali, kal’siy stearat yoki magniy stearati, shakar.

Ta’rifi: to‘q sariq, o‘ziga xos hidli, och rangli notekis dog‘lar mavjud jigarrangdan qora ranggacha bo‘lgan kukun bilan to‘ldirilgan, zarg‘aldoq rangli, qattiq, jelatinli kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: to‘qimalar trofikasi va regeneratsiyasi stimulyatori.

ATX kodi: M09AX

Farmakologik xususiyatlari

Mumiyo sharqiy tabobatda tabiiy biostimulyator sifatida uch ming yildan ortiq vaqtdan buyon ma’lum. Mumiyo kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan mahsulot bo‘lib, bioorganomineral birikmalardan – mikro- va makroelementlardan, aminokislotalardan, V va R guruhi vitaminlaridan, steroidlardan, polifenol birikmalardan va boshqalardan tashkil topgan. Mumiyo faol biostimulyator kabi, ayniqsa, suyak to‘qimasiga nisbatan regenerator xususiyatlarga ega, sinishlarda suyak to‘qimasini bitib ketishini, eski jarohat va osteomielitlarda suyakning o‘sishini tezlashtiradi. Shuningdek, mumiyo yallig‘lanishga qarshi, antiseptik va immun rag‘batlantiruvchi xususiyatlarga ega. Umumiy mustahkamlovchi, tonusni oshiruvchi ta’sirlar ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi

Mumiyo suyak sinishlarida, ayniqsa sekinlashgan konsolidasiyada (jipslashishda), osteomielitda, surunkali bronxitlarning zo‘rayishida, shu jumladan obstruktivlarda majmuaviy davolanishda qo‘llaniladi. Mumiyo kapsulalari me’da va o‘n ikki barmoqli ichakning yara kasalligida regeneratsiyani kuchaytirish uchun organizmni bakterial infeksiyaga va tashqi muhitning noxush omillariga qarshi himoyasini oshirish maqsadida umumiy mustahkamlovchi va tonusni oshiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Qo‘llanilishi

Mumiyo suyak sinishlarida, ayniqsa sekinlashgan konsolidasiyada (jipslashishda), osteomielitda, surunkali bronxitlarning zo‘rayishida, shu jumladan obstruktivlarda majmuaviy davolanishda qo‘llaniladi. Mumiyo kapsulalari me’da va o‘n ikki barmoqli ichakning yara kasalligida regeneratsiyani kuchaytirish uchun organizmni bakterial infeksiyaga va tashqi muhitning noxush omillariga qarshi himoyasini oshirish maqsadida umumiy mustahkamlovchi va tonusni oshiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Nojo‘ya ta’sirlar

Aniqlanmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni shaxsiy qabul qilaolmaslik, kuchli ifodalangan nafas yoki yurak yetishmovchiligi qo‘llash mumkin emas. Mumiyo kapsulalarini juda yuqori arterial bosimda, kelib chiqishi turlicha bo‘lgan qon ketishlarida, gemofiliyada, homiladorlikda va emizikli ayollarda, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Ta’riflanmagan.

Mahsus ko‘rsatmalar

Gipertoniya, gemofiliyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi. Davolash vaqtida alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Ta’riflanmagan.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar, 150 mg dan №10, №20 (2×10), №30 (3×10) kontur-uyali o‘ramda yoki №10, №20, №30, №40, №50, №60 bankalarda.

Saqlash sharoiti

Kuruk, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi:

Shifokor reseptisiz beriladi.

×