Выберите категорию:

Tibbiyot tarixi

Qora yer qa’ridan to avji Zuhal,
Koinot mushkulin barin men qildim hal.
Ko‘p chigal tugunni angladim, yechdim,
Yechilmay qolgan birgina ajal.

(Abu Ali Ibn Sino)

Qadimgi  tibbiy adabiyotlarda to‘rt birlamchi unsur – Olov, Havo, Yer va Suv haqidagi nazariyalarga asoslangan tabobatning uslublari keltirilgan. Shu tarzda, xayotning to‘rt asosiy «xilt»i ta’limoti paydo bo‘ldi. Ular inson organizimining asosiy tashkil etuvchi elementlaridir. Aynan mana shu «xilt»lar o‘sha davr tabiblari tassavvuri bo‘yicha inson organizmini tashkil etadi, xamda uning sog‘lomlik yoki betoblik xolatini belgilaydi.

O‘sha davr tabiblari tushunchasiga kura, inson organizmi sog‘lom bo‘lishi uchun barcha to‘rt element tulik quvvatliligicha va uzaro uygunlikda bo‘lib, bir-birini tuldiradi, mukobillashtiradi.

Bu to‘rt element haqidagi tushuncha Aflotun (Platon) asarlarida uchraydi. Aflotunning «Timey» nomli asarida to‘rtta birlamchi elementdan kelib chikkan koinot makro kosmosi haqidagi umumiy konun – koidalar bilan bir katorda, xayot boyliklarini uzida jo kilgan odam organizmi – mikro kosmos konuniyatlari xam aks ettirilgan. Xuddi shu asarida Aflotun inson organizmi va butun borlikni harakatlantiruvchi birlamchi elementlar konsepsiyasidan kelib chikkan xolda odam anatomiyasi va fiziologiyasi haqida batafsil ma’lumotlar keltiradi.

Keyinchalik bu karashlar Arastu va Gippokrat tomonidan rivojlantirildi va deyarli uzgarishsiz «gumoral patalogiya nazariyasi» ga asos bo‘ldi. Bu esa keyinchalik tabobatning rivojlanishiga juda kuchli ta’sir kursatdi.

Tibbiyot otasi xisoblanmish, Gippokrat ta’limotiga kura inson tanasi to‘rt asosiy «namlik» uygunligidan: «kon», «shillik», «sarik safro» va «kora safro»dan shakllangan. Bo‘larning bari asosiy birlamchi tabiat va koinotni o’rab turgan unsurlar: Havo, Suv, Olov, va Yerga mos keladi.

Gippokrat aytishicha, inson sa’lomatligi va kasalligi uning organizmida mavjud bo‘lgan «Xilt»larning aralashuvi va uzaro ta’siriga butkul boglikdir. (Gumor – Qadimgi  yunonchadan nafaqat suyuqlik yoki sharbat balki, tarqaluvchi, sizib utuvchi, ichiga kiruvchi ma’nolarini anglatadi.)

Gippokrat «sharbat»larining xar biri o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, «kon» – namlik va iliklik, «shillik» – sovuk namlik, «sarik safro» – kuruk iliklik, «kora safro» – sovuk kuruklik xususiyatlariga ega.

Biror elementning ortikligi tana tarkibining to‘rtta variantini hosil qiladi: ilik nam – konning ustunligi bilan (sangvinik), ilik-kuruk– xolerik, sovuk nam – flegmatik, sovuk kuruk – melanxolik. Tana tuzilishidagi farklar, ya’ni, kon, limfa, sarik yoki kora safroning birortasining ortikligi bilan kasallikka bo‘lgan moyillik tushunilar edi. Koni kup bo‘lgan odamlar bezgak bilan ogriydi, flegmatiklar istisko bilan ogriydi, xoleriklar safroning tarkalishi va xokazolar.

Abu Ali Ibn Sino Gippokrat ta’limotini rivojlantirdi va boyitdi. Ibn Sino nazariyasiga kura, bu to‘rt mijozlar barkaror emasdir, balki metereologik sharoit va yil fasllarining uzgarishi kabi tashki va ichki omillarga boglikdir. Oddiy mijozlar tavsifi bilan bir katorda, Abu Ali Ibn Sino, elementlar uygunligidan hosil bo‘ladigan murakkab mijozlarga xam tavsif beradi.

Ibn Sino bosik yoki normal mijozlardan tashkari yana sakkiz xildagi nomukobil mijozlarni ajratadi: ulardan to‘rttasi bitta elementning ustuvorligi bilan (oddiy mijozlar): issik, sovuk, kuruk, nam; xamda to‘rtta ikki elementning ustuvorligi (murakkab): ilik kuruk va xakozo. Xiltlar orasidagi mutanosiblikning buzilishi kasallik alomatidir.

Ibn Sinoning izlanishlari amaliy maksadlarni kuzlaydi: tashxis kuyish, davolash, kasallikning oldini olish choralari – anik bir patologiyaga moyillikni aniklash va uni bartaraf qilish, masalan, aynan ushbu shaxsga muljallangan parxez tayinlash kabi.

Organizmni tashkil etuvchi xiltlar – quvvatlarning sifati haqidagi shularga uxshash tassavvurlar Xind, Tibet va Xitoy tabobat tizimining poydevorini tashkil etgan.

Xiltlarning kerakli darajadagi mutanosibligi organizm salomatligini ta’minlaydi. Xiltlar nome’yoriy almashinuvi bemorlikka olib keladi. Tabibning ishi kasallikni kuzatib, davolash usullarini topishdadir.


Organizmni boshkarib turuvchi tabiiy kuch mavjud, deb xisoblanar edi. Tabib vazifasiga fakatgina kasallikni davolash emas, balki bemor organizmiga kassalikni keltirib chikaruvchi omillarga karshi kurashda faol yordam berish, xamda kasallikning borishini diqqat bilan urganib, davolovchi vositalarni organizmning muayyan xiltlariga ta’sirini urganish qirgan.

Shark tabobatida inson omiliga yaxlitlik, butun tiriklik, uzini o’rab turgan muxit – xayotni va koinotni boshkaruvchi Unsurlar bilan bevosita alokador, deb karalgan. Inson organizmi bo‘linmas, yaxlit element jonli Mavjudlikdir.

Shark tabobatning umumiy xulosasiga kura muvozanatni saqlab turuvchi quvvat – Unsurlar – «xiltlar» inson organizmi faoliyatini boshkaruvchi quvvat bilan ta’minlab turadi.

Odam tanasida Xavo mo‘shaklarning turli harakatida, yurak urishida, turli kengayish va torayishlarida, upka harakatida, oshqozon devor va ichaklar harakatida namoyon bo‘ladi. Mikroskop orkali xujayralarda sodir bo‘layotgan ayrim uzgarishlarni kuzatish mumkin. Turli ta’sirlarga javob – turli asab impul’slarning harakatidir. Markaziy nerv sistemasining barcha harakatlarini Xavo elementi boshkaradi.

Moddalar almashinuvi, metabolizm odam tanasidagi olov manbayidir. Olov hazm qilish sistemasida eng faoldir. Olov bosh miya katta sharlarining kulrang moddasida idrok sifatida namoyon bo‘ladi. Olov yoruglikni kabo‘l kiluvchi kuz tur pardasining faoliyatida xam namoyon bo‘ladi. Tana xarorati, ovkatni hazm qilish jarayoni, idrok qilish va kurish – bo‘larning xammasi olov elementi tomonidan boshkariladi. Organizmdagi modda almashinuvi, xamda fermentlar sistemasi xam Olov tomonidan nazorat kilinadi.

Suv elementi tanada oshqozon, ichak va so’lak bezlari sekresiyalari, shillik koplamlarda, kon plazmasida, xujayra plotaplazmalarida namoyon bo‘ladi. Kusish yoki ich ketish natijasida tana suvsizlanishini darxol tuxtash kerak, aks xolda xayot xavf o’stida qoladi.

Yer elementi barcha jonli va jonsiz unsurlarni uzining kattik yuzasida saklaganligi sababli, xar qanday xayot qurilishi mumkindir. Odam tanasining barcha kattik strukturalari – suyak, tog’ay, tirnok, mo‘shaklar, paylar, teri va sochlar Yer elementidan kelib chikadi va unga qarashlidir.

Shunday qilib, to‘rt dastlabki elementlar konsepsiyasini dinamik gomeostaz nazariyasi, deb tan o’lish mumkin. (Gomeostaz – organizmning individual funksional xususiyatlarining doimiyligini, uzining boshkaruvini ta’minlovchi jarayonlar yig’indisidir).

MChJ «Remedy Group» QK

—  dori vositalari yaratish, bozorini urganish, ishlab chikarish va savdosi bilan shug‘ullanuvchi farmasevtik korxona.

Yiliga korxonada 100 dan ortiq turdagi va turli dozali dori-darmonlar tabletkalar, kapsulalarkapsulalar, paketlar, og’iz orqali iste’mol qilish uchun suyuq dorilar, infuzion va in’ektsiya uchun preparatlar, shuningdek in’ektsiya uchun eritmalar tayyorlash uchun liyofilizatsiya qilingan kukunlar ko‘rinishida ishlab chiqariladi.

MChJ «Remedy Group» QK – Respublikada hususiy ilmiy izlanish va rivojlantirish laboratoriyasiga ega, eng sunggi texnologiyalar va laboratoriya jixozlarida ish olib boruvchi korxonalardan biridir.

Sinov laboratoriyasi hodimlari original preparatlar va modifikasiyalashtirilgan generiklarni yangi forma va dozalari ustida ish olib boryabtilar. Bu yerda import mahsulotlar o‘rnini bosuvchi, bozor talabiga aniq va tez javob bera oladigan va aholini o‘z vaqtida arzon narxlardagi dori-darmonlar bilan ta’minlay olish sistemasi yo‘lga quyilgan.

Korxonaning ijtimoiy siyosati Hukumatimizning qimmatbaho import dori-vositalari o‘rnini erkin narhlarda halqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan ta’minlash siyosati talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Iste’molchilarning korhona ishlab chiqarayotgan mahsulotlariga bo‘lgan ishonchini oqlash maqsadida MChJ «Remedy Group» QK yangi mahsulotlar ishlab chiqarish va texnologiyalarni doimiy yangilab borirish amaliyoti davom ettiriladi. Mahsulot sifati xalqaro ISO 9001:2008 standartlari va GMP (muvofiq ishlab chiqarish amaliyoti) talablariga javob beruvchi Sifat Nazorati Tizimi sertifikatlari bilan izohlangan.

Sifat soxasidagi siyosat

«REMEDY GROUP» MCHJ QK FARMACEUTIK KORXONA  AMALGA OSHIRADI

zamonaviy dori-darmonlarni qattiq dozalash shakllari, in’ektsion eritmalar, liyofilizatsiyalangan kukunlar, infuzion eritmalar, og’iz eritmalari, siroplar, suspenziyalar, kukunlar va granulalar shaklida ishlab chiqarish.

Iste’mol bozorida o’z o’rnini topib, «REMEDY GROUP» MCHJ QK raqobatbardosh mahsulotlarni sotish orqali o’z mavqeini kengaytirishga intilmoqda.

Korxonada ISO 9001 xalqaro standarti va O’zbekiston Oz’DSt 2766: 2018 davlat standarti talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi va ilg’or ishlab chiqarish amaliyoti joriy qilingan va qo’llab-quvvatlanmoqda.

Korxonaning strategik maqsadi iste’molchilar tomonidan to’liq ishonchni qozonish va korxona obro’sini saqlab qolish uchun talab qilinadigan, yuqori sifatli, samarali va xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish, ish sharoitlari va ishchilarning farovonligini oshirishdir.

     Korxona rahbariyati zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:

  • Ishlab chiqarish / sotish hajmi va foyda olish uchun moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash;
  • Ishlab chiqarish jarayoning barcha bosqichlarida xavfsiz, samarali va yuqori sifatli mahsulotlarni chiqarilishini ta’minlash;
  • Iste’molchiga ochiq bo’lish va korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan dori-darmonlarning sifati to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lish;
  • Korxonaning raqobatdoshligini oshirish
  • ISO 9001 va Oz’DSt 2766: 2018 (GMP) asosida sifat menejmenti tizimi va ishlab chiqarish amaliyotining samarali ishlashini ta’minlash.
  • Mahsulotlarni MDH va boshqa xorijiy mamlakatlarga eksport qilish orqali sotish bozorlarini kengaytirish
  • Korxona rahbariyati barcha darajadagi sifat sohasida ushbu siyosatni amalga oshirish bo’yicha majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi, shuningdek, yuqorida ko’rsatilgan yo’nalishlarga erishish va zarur resurslar bilan ta’minlash bo’yicha xodimlarning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashni o’z zimmasiga oladi.

Omnium profecto artium medicina nobilissima. (Hippocrates)

×