Shartnoma asosida ishlab chiqarish

Ma’lumki, farmasevtika kompaniyalari faoliyat turlariga qarab tavsiflanadi. Ayrim kompaniyalar yangi dori vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish mutaxassilari hisoblanib, dori vositalarining katta portfeliga ega, boshqalari esa ishlab chiqarishdan ko‘ra dori vositalarini ilgari surish va sotish bo‘yicha mutaxassisdirlar. Bunday sharoitda kontrakt ishlab chiqarish dori vositalarini reklama qilish va sotish sahasidagi mutaxassislar uchun samarali modeldur. Bunday kompaniyalar uchun ushbu sxemaning afzalligi shundaki, birinchidan ushbu ssenariyda zavodlar qurish uchun katta xarajatlarsiz yangi mahsulotlarni bozorga tezda olib kirish mumkin. Ikkinchidan, dori vositalarini ishlab chiqish, ularni ro‘yxatga olish va ishlab chiqarishga qaratilgan investisiyalar minimallashtiriladi. Uchinchidan, raqobatbardosh narxlarda, klinik sinovlardan o‘tgan, nazorat qiluvchi organlarning talablari va GMP qoidalariga muvofiq ishlab chiqariladigan mahsulot olish mumkin.

«REMEDY GROUP» MChJ QK farmasevtika kompaniyasi maxalliy va xorijiy farmasevtika kompaniyalarini kontrakt shartnoma bo‘yicha hamkorlikka taklif etadi.

Biz dori vositalarini GMP qoidalariga muvofiq, to‘liq sifat nazorati ostida, mijozning savdo nomi va dizayni ostida buyurtmani bajarish uchun o‘z portfelimizdan chiqarishni amalga oshirishga tayyormiz.