Korxona haqida ma’lumot

«REMEDY GROUP» MChJ QK – farmasevtika korxonasi O‘zbekiston Respublikasi farmasevtika bozorida 2008 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va bugungi kunda mamlakatimizda farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Kompaniya GMP qoidalariga muvofiq zamonaviy, xamyonbop dori vositalarini ishlab chiqarish va targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.

KORXONA TARIXI

Korxona 2009 yili tabletka, kapsula va sashe shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi sexni ishga tushirdi.

Korxona 20210 yili siroplar, suspenziyalar va ichish uchun eritmalar shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi sexni ishga tushirdi.

2011 yilda korxona ampulalarda in’eksion dori vositalarini ishlab chiqaruvchi sexni ishga tushirgan.

2014 yilda korxona o‘zi shisha ampulalarni ishlab chiqaruvchi sexni ishga tushirdi.

Korxonada 2015 yili shisha flakonlarda infuzion eritmalar ko‘rinishidagi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi sex faoliyat yurita boshladi.

2017 yili korxona in’eksiya uchun eritmalar tayyorlovchi leofillangan kukunlar ko‘rinishidagi dori darmonlar ishlab chiqaruvchi sexni ishga tushirdi.

Kompaniya tomonidan 2019 yili Shvesariyaning Rommelag korxonasining BFS uskunasidan foydalanilgan holda polimer flakonlarda infuzion eritmalar ko‘rinishidagi dori-darmonlarni ishlab chiqaruvchi sex ishga tushdi.

Korxona 2011 yili may oyida DQS Quality Systems sertifikatlashtirish organining ISO 9001:2008 va O’zDSt ISO 9001:2009 standartlari bo‘yicha sifat menejmenti tizimini o‘rnatish bo‘yicha sertifikatlangan.

Korxona respublikada birinchilardan bo‘lib 2012 yili xalqaro tan olingan sertifikatlashtirish organlari ACS Registrars (Ro‘yxatdan o‘tish sanasi 27.01.2013 y. №280004) va GMP FDA ot ICS Group (GMP/CIS/2012/1001, ro‘yxatdan o‘tish sanasi 21.12.2012) (Kanada) standartlari bilan sertifikatlangan.

2016 yil noyabrda korxona Milliy GMP O‘zDSt 2766:2013 (UZ.SMT.05.035.04537 davlat reestridan ro‘yxatdan o‘tgan) talablariga muvofiq sertifikatni qo‘lga kiritdi.

VAZIFALAR

«REMEDY GROUP» MChJ QK farmasevtika kompaniyasi missiyasi:

  • O‘zbekiston Respublikasi aholisini samarali, xavfsiz va arzon dori vositalari bilan ta’minlash orqali sog‘liqni saqlash sohasida xayot sifatini oshirish;
  • Yangi turdagi dori vositalarini ishlab chiqarishni o‘rganish va yo‘lga qo‘yish;
  • MDX va Boltiq bo‘yi davlatlarida eksport salohiyatini kengaytirish.

SHIOR

Bizning maqsadimiz – Sizning sog‘lig‘ingiz!

QADRIYATLAR

  • Innovasiya va uzluksiz rivojlanmoq
  • Professionallik va jamoa bo‘lib ishlash
  • Sifat va iste’molchi didini ko‘zlamok

Innovasiya va uzluksiz rivojlanmoq. Xodimlarning yangi dori-darmonlar ishlab chiqarishdagi innovasiyaga intilishlarini qo‘llab quvvatlash, korxona ishlab chiqarish va boshqaruv tizimining, bozorga sifatli va samarali mahsulotlarni yetkazib berishning davomiy rivojlanib borishini ta’minlamoq.

Professionallik va jamoa bo‘lib ishlash. Xodimlar professionalligini barcha jabhalarda oshirish, samarali natijalarga erishish uchun bilim va tajriba almashinib, hamjixatlikda ishlash.

Sifat va istemolchi didini ko‘zlamoq. Faqat sifatli va samarali dori vositalarini ishlab chiqarmoq, doimiy tarzda iste’molchi didini to‘liq qondirishga intilmoqlik.