Laboratoriya
«REMEDY GROUP» MChJ QK farmasevtika kompaniyasi respublikadagi kam sonli ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, o‘zining eng zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va analitik asbob-uskunalar bilan jihozlangan sinov laboratoriyalariga ega.
Sinov laboratoriyasi xodimlari original dori vositalari va modifikasiyalangan generiklarni, yangi shakllar va dozalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar.
Dori vositalarini ishlab chiqarishda barcha zarur shart va talablarga rioya qilish maqsadida «REMEDY GROUP» MChJ QKda sifat menejmenti tizimi ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Sifat xizmati korxonada Sifatni ta’minlash bo‘limi va Sifatni nazorati bo‘limi tomonidan taqdim etiladi.
«REMEDY GROUP» MChJ QKda sifat nazorati bo‘limi mustaqil va ishlab chiqarishdan holi tarkibiy bo‘linma bo‘lib, milliy va xalqaro standartlar talablariga muvoftqligini doimiy nazorat qilib boradi. Bo‘lim tarkibiga 2 ta tajriba laboratoriyalari kiradi: zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan fizik-kiyoviy va mikrobiologik laboratoriyalar.
SNB laboratoriyalarining binolari bajaradigan ishlariga va amalga oshiriladigan jarayonlar ketma-ketligiga qarab loyihalashtirilgan va zonalarga bo‘lingan.
SNB laboratoriyalarida barcha kerakli tadqiqotlar uchun zarur bo‘lgan meyoriy hujjatlar, laboratoriya jihozlari, reaktivlar, standartlar, nazorat namunalari va sarf materiallar mavjud;
Sifat nazorati bo‘limi xom-ashyo va materiallarning kirish nazoratini, dori vositalarini ishlab chiqarishdagi jarayonni nazoratini va tayyor mahsulotlarni nazorat qilishni amalga oshiradi.