Выберите категорию:

Mamakarit ®- kapsulalar

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

MAMAKARIT®

Preparatning savdo nomi: Mamakarit®

Ta’sir qiluvchi modda (XPN): kapesitabin

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

1 kapsula saqlaydi:

Faol modda: kapesitabin 500,0 mg

Ta’rifi: Oq yoki deyarli oq kukun bilan to‘ldirilgan oq rangli «0» o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruxi: O‘smalarga qarshi vosita.

ATX kodi: L01BC06

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Kapesitabin-ftorpirimidin karbamat hosilasi, o‘sma to‘qimasida faollashadigan va unga selektiv sitotoksik ta’sir ko‘rsatuvchi peroral sitostatikdir. In vitro sharoitida kapesitabin sitostatik samaraga ega emas, in vivo sharoitida ftorurasil (FU) ga aylanadi va u keyinchalik metabolizmga uchraydi. FU paydo bo‘lishi asosan o‘sma to‘qimasida o‘sma angiogen omili-timidinfosforilaza (dTdFaza) ta’siri ostida yuz beradi, bu esa FU ning organizmning sog‘lom to‘qimalariga tizimli ta’sirini minimumga yetkazadi.

Kapesitabinning FU ga ketma-ket fermentli biotransformasiyasi preparatning atrofdagi sog‘ to‘qimalarga qaraganda, o‘sma to‘qimalarida yuqori konsentratsiyada bo‘linishiga olib keladi.

FU ning 5-ftor 2-dezoksiuridin monofosfati (FdUMF) va 5-ftoruridin uch fosfat (FUTF) ga metabolizmi ham sog‘lom, ham o‘sma hujayralarida kechadi. Bu metabolitlar ikkita har hil mexanizmlar orqali hujayralarni shikastlaydi . Birinchidan, FdUMF va folat kofaktor N 5 – 1 0 – metilentetragidrofolat timidilat sintaza (TS) bilan bog‘lanib, kovalent bog‘langan uchlamchi majmuani hosil qiladi, bu esa urasildan timidilat paydo bo‘lishini susaytiradi. Timidilat DNK sintezining muhim komponenti bo‘lgan timidin uch fosfatining zarur o‘tmishdoshi hisoblanadi. Ikkinchidan, RNK sintezi jarayonida yadroning transkripsion fermentlari unga adashgan holda uridin uch fosfati (UTF) o‘rniga FUTF ni qo‘shishi mumkin. Bunday metabolik “xato” RNK prosessingini va oqsil sintezini buzadi.

Farmakokinetikasi

Og‘iz orqali buyurilgach, kapesitabin tez va to‘liq so‘riladi, undan so‘ng 5′-dezoksi-5-ftorsitidin(5′- DFST) va 5′-dezoksi5-ftoruridin(5′-DFUR) metabolitlarga aylanadi. Bir vaqtning o‘zida oziq-ovqat maxsulotlarini iste’mol qilish kapetasibinni so‘rilish tezligini pasaytiradi, biroq 5′-DFUR va 5- ftorurasil (5-FU) ning keyingi metabolitlari “konsentratsiya vaqti” egri chizig‘i (AUC) maydoniga ta’siri sezilmaydi. Kapesitabin, 5′-DFST, 5′-DFUR va 5-FU plazma oqsillari bilan kamida 60% bog‘lana oladi va konsentratsiyaga bog‘liq emas (asosan albumin bilan, taxminan 35%).

Jigar karboksilesteraza kapesitabinning birinchi metabolik konversiyasini 5′-DFST ga o‘tkazadi va bu keyinchalik asosan jigar va o‘simta to‘qimalaridagi topilgan sitidindezaminaza tomonidan 5′-DFUR ga aylanadi. 5-FU uchun AUC 600 mg/m2 dozada 5-FU tomir ichiga yuborishdan 6-22 martagacha kamayadi. Kapesitabin metabolitlari faqat 5-FU ga va 5-FU anabolitiga konvertasiya qilinganidan keyin sitotoksikga aylanadi.

Bundan tashqari, 5-FU aktiv bo‘lmagan metabolitlari –digidro-5 –ftorurasil( FUN 2), 5- ftorureidopropion kisl ota(FUPK) va al’fa–ftor-beta-alanina (FBA L)shak llanadi va katabolizlanadi; bu jarayon faolligi reaksiya tezligini cheklaydi digidropirimidindegidrogenaza (DPD) ta’siri ostida yuzaga keladi.

T ½ kapesitabin 5′-DFSR, 5′-DFUR, 5-FU va FBAL ning yarim chiqarilish davri tegishlicha 0,85, 1,11, 0,66, 0,76 i 3,23 soatlardir. Terapevtik dozalarda, 5-FU dan tashqari, kapesitabin va uning metabolitlarining farmakokinetik parametrlari dozaga bog‘liq. Siydik bilan ekskersiyasi – 95,5%,najas bilan-2,6%. Siydikda asosiy metabolit FBAL bo‘lib, unda qabul qilingan dozaning 57% ni tashkil qiladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 3% siydikda o‘zgarishsiz chikariladi.

Maxsus guruxdagi bemorlarda farmakokinetikasi

Jigar, yo‘g‘on ichak saratoni bo‘lgan bemorlarda davolanishdan oldin jigar metastazlari mavjudligi yoki yo‘qligi, bemorning umumiy xolat indeksi, umumiy bilirubin, sarum albumini, ALT va AST ning faolligi 5′-DFUR, 5-FU va FBALning farmakokinetikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi.

Jigarni metastatik jaroxatlari bo‘lgan bemorlar. Metastazlardan kelib chiqadigan yengil va o‘rtacha jigar funksional buzilishlari bo‘lgan bemorlarda kapesitabinning farmakokinetikasida klinik jihatdan ahamiyatli o‘zgarishlar yo‘q. Jigar funksiyasining og‘ir nuqsoni bo‘lgan bemorlarda farmakokinetika haqida ma’lumot yo‘q.

Buyraklar faoliyati buzilgan bemorlar. Farmakokinetik tekshiruv natijalari saraton kasalliklarida turli darajadagi buyrak yetishmovchiligiga ega bo‘lgan bemorlarda yengil va qattiq darajadagi farqlanmagan dori va 5-FUning farmakokinetikasi kreatinin klirensiga (KT) bog‘liq emasligini ko‘rsatadi. QA AUK qiymatini 5′-DFUR (AUK 35% gacha oshirish – KK ning 50% kamayishi bilan) va FBAL (KK ning 50% gacha kamayishi bilan 114%gacha) o‘sishiga ta’sir qiladi. FBAL antiproliferativ faoliyatiga ega bo‘lmagan metabolitdir.

Keksa yoshdagi bemorlar. Yosh 5′-DFUR va 5-FU farmakokinetiksiga ta’sir qilmaydi. AUC FBAL, 65 yosh va undan katta yoshdagi bemorlarda (20% gacha o‘sishi AUC FBAL ning 15 % oshishi bilan birga), bu ehtimol, buyrak funksiyasi o‘zgarishiga bog‘liq.

Qo‘llanilishi

Sut bezi raki

  • antrasiklin qatoriga kiruvchi preparatlarni ham qo‘shganda ximioterapiya samara bermagan mahalliy tarqalgan yoki metastatik sut bezi rakida dosetaksel bilan majmuaviy davolash.
  • taksanlar yoki antrasiklin qatoriga kiruvchi preparatlar bilan ximioterapiyaga chidamli yoki ularni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘lganda mahalliy tarqalgan yoki metastatik sut bezi rakida monoterapiyada qo‘llanadi.

Kolorektal rak

  • yo‘g‘on ichak rakini ad’yuvant davolash.
  • metastatik kolorektal rakni davolashda qo‘llanadi.

Me’da raki

  • me’daningtarqalgan rakini birinchi qator davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, suv bilan ovqat qabul qilgandan keyin 30 minut o‘tmasdan qabul qilinadi.

Monoterapiya

1250 mg/m2 sutkada 2 marta, ertalab va kechqurun (sutkada 2500 mg/m2) 2 hafta davomida, keyinchalik yetti kunlik tanaffus bilan.

Majmuaviy davolash

Sut bezi raki

1250 mg/m2 sutkada 2 marta 2 hafta davomida, keyinchalik bir xaftalik tanaffus bilan dosetaksel bilan majmuada (75 mg/m2 1 soatlik vena ichiga infuziya ko‘rinishida 3 haftada 1 marta).

Premedikasiya dosetaksel yuborish oldin uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi asosida o‘tkaziladi.

Kolorektal rak va me’da raki

Majmuaviy davolash tarkibida Kapesitabinning tavsiya etilgan dozasi 800-1000 mg/m2 sutkada 2 marta 2 hafta davomida, keyinchalik yetti kunlik tanaffus bilan yoki 625 mg/m2 sutkada 2 marta uzluksiz tarkibni tashkil etadi. Majmuaviy davolashda immunobiologik preparatlarni qo‘shish Kapesitabin preparati dozasiga ta’sir etmaydi. Sisplatin yoki oksisisplatinni kapesitabin preparati bilan majmuada qo‘llanilayotganda sisplatinni qo‘llanilayotgandagi gipergidratasiya va qusishga qarshi preparatlar bilan premedikasiya ularni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi asosida o‘tkaziladi.

Yo‘g‘on ichak rakidagi tavsiya qilingan ad’yuvant davolash davomiyligi – 6 oy.

Kapesitabinning yig‘indi sutkalik dozasi tana yuzasi ko‘rsatkichiga bog‘liq holda hisoblanadi. (1- jadval).

Doza 1250 mg/m2 (sutkada 2 marta)Ertalab qabul qilinayotgan kapsulalar soniKechqurun qabul qilinayotgan kapsulalar soni
Tana yuzasi Maydoni m2Qabul qilish uchun doza mg  500 mg500 mg
<1,26150033
1,27-1,38165033
1,39-1,52180033
1,53-1,66200044
1,67-1,78215044
1,79-1,92230044
1,93-2,06250055
2,07-2,18265055
>2,19280055
1-jadval. Kapesitabinning dozasini hisoblash (standart boshlang‘ich doza).

Davolash davomida dozaga tuzatish kiritish

Kapesitabin bilan davolanayotgandagi toksik ko‘rinishlarni simptomatik davolash bilan va/yoki kapesitabin dozasini o‘zgartirish (davolashni to‘xtatib turish yoki preparat dozasini kamaytirish) orqali yo‘qotish mumkin. 1-darajadagi toksiklikda doza o‘zgartirilmaydi. Toksiklikni 2 va 3- darajalarida ularning yo‘q bo‘lib ketgunicha yoki toksikligining 1-darajasiga kamayguncha kapesitabinni qo‘llashni to‘xtatib turish kerak. Kapesitabinni qabul qilishni to‘liq dozada yoki 2- jadvalda ko‘rsatilgan, tavsiyalarga asoslanib, tuzatish kiritilgan dozada qayta boshlash mumkin.

Toksiklikning 4-darajasi belgilari rivojlanda simptomatika yo‘qolguncha yoki 1-darajagacha kamaygungacha davolashni to‘xtatish yoki vaqtinchalik to‘xtatib turish, undan keyin preparatni dastlabki dozaning 50% ni tashkil etuvchi dozada qo‘llashni tiklash mumkin.

Toksiklikning uchinchi yoki o‘rta darajasi boshlanganda kapesitabinnni qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish kerak. Agar toksik ko‘rinishlar sababli kapesitabinning bir necha qabullari o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, bu dozalar to‘ldirilmaydi va rejalashtirilgan davolash sikllari davom ettiriladi. Agar dozani kamaytirishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, keyinchalik uni oshirish mumkin emas. Quyidagi toksik ko‘rinishlar kelib chiqqanda dozani o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan (Kanada milliy onokologiya institutining klinik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha guruhining toksiklikning umumiy mezonlari asosida, NCIC CTG, 1-versiya yoki AQSh milliy onkologiya institutining noxush ko‘rinishlarining umumiy terminologik mezonlari – STSAE 3-versiya).

Toksiklik darajasiDavolash sikli davomida doza o‘zgarishiKeyingi davolash sikli davomida dozaga tuzatish kiritish (boshlang‘ich dozaga nisbatan %).
1-darajaAvvalgi dozada davom etiladiAvvalgi dozada davom etiladi
2-daraja
birinchi marta paydo bo‘lgandaDavolashni 0-1 darajaga qaytguncha to‘xtatib turish  100%
  2-marta paydo bo‘lgandaDavolashning 0-1 darajasiga qaytguncha to‘xtatib turish  75%
  3-marta paydo bo‘lgandaDavolashning 0-1 darajasiga qaytguncha to‘xtatib turish  50%
  4-marta paydo bo‘lganda Davolashni butunlay to‘xatish 
3-daraja
  1-marta yuzaga kelgandaDavolashning 0-1 darajasiga qaytguncha to‘xtatib turish  75%
  2-marta yuzaga kelgandaDavolashning 0-1 darajasiga qaytguncha to‘xtatib turish  50%
  3-marta yuzaga kelganda  Davolashni butunlay to‘xatish  Qo‘llash mumkin emas
4-daraja
    1-marta yuzaga kelgandaDavolashni butunlay to‘xatish yoki agar shifokor bemor foydasi uchun davolashni davom ettirish kerak deb hisoblasa, davolashni 0-1 darajaga qaytguncha to‘xtatish turish.    50%
2-marta yuzaga kelganda Davolashni butunlay to‘xatishQo‘llash mumkin emas
2-jadval. Monoterapiyada kapesitabin dozasini o‘zgartirish

Gematologik toksiklik

Agar Kapesitabin preparati bilan davolash fonida neytrofillar soni <1,0×109/l yoki trombositlar <75×109/l dan kamayishi aniqlansa, davolashni to‘xtatish kerak.

Majmuaviy davolashdagi umumiy tavsiyalar.

Majmuaviy davolash o‘tkazilayotgan vaqt toksiklik belgilari paydo bo‘lsa, yuqorida 2-jadvaldagi kapesitabin preparati dozasiga tuzatish kiritish bo‘yicha tavsiyalarga va boshqa preparatlarni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalariga tayanish kerak.

Davolash sikli boshida kapesitabin preparati yoki boshqa preparatlarni qo‘llashni keyinchalikka surish kerak bo‘lsa, barcha preparatlarni qabul qilishni to hamma preparatlarni qabul qilishga sharoit paydo bo‘lguncha to‘xtatib turish kerak.

Agar majmuaviy davolash siklini o‘tkazish vaqtida, shifokor fikri bo‘yicha toksiklik ko‘rinishlari kapesitabin preparatini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lmasa, kapesitabin preparati bilan davolashni davom ettirish, boshqa preparat dozasiga esa, tibbiyotda qo‘llash yo‘riqnomasi asosida tuzatish kiritish kerak.

Agar boshqa preparalarni bekor qilishga to‘g‘ri kelsa, kapesitabin preparati bilan davolashni kapesitabin bilan davolashni qayta tiklash talablariga mos kelganda davom ettirish kerak.

Ushbu tavsiyalarni barcha ko‘rsatmalar va pasientlarningbarcha alohida guruhlari uchun qo‘llash mumkin.

Alohida holatlarda dozaga tuzatish kiritish

Jigarda metastazlari bo‘lgan bemorlarda jigar faoliyatining buzilishi

Jigarda yoki o‘pkada metastazlari bo‘lgan bemorlarda yoki jigar faoliyati o‘rtacha buzilishi bo‘lganda boshlang‘ich dozani o‘zgartirish talab etilmaydi. Lekin, bunday bemorlarni sinchiklab kuzatish kerak.

Jigar faoliyati og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan bemorlarda preparat qo‘llanilishi o‘rganilmagan.

Buyrak faoliyatining buzilishi

Dastlab buyrak faoliyati buzilishi (Cockroft-Grault formulasi bo‘yicha KK minutiga 30-50 ml bo‘lgan) bemorlarda boshlang‘ich bir martalik dozani 1250 mg/m2dan 25% ga kamaytirish tavsiya etiladi, bunda boshlang‘ich 1000 mg/m2 bir martalik doza o‘rtacha buyrak yetishmovchiligida tuzatish kiritishga muhtoj emas. Yengil darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda (KK 51-80 minutiga ml) boshlang‘ich dozagat uzatish kiritish talab etilmaydi. Yaqqol buyrak yetishmovchiligida k apesitabin preparatiniqo‘llash mumkin emas.

Pasientda 2-, 3- yoki 4-darajadagi noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lsa, uni sinchiklab monitoring qilish va 2- jadvalda ko‘rsatilgan tavsiyalarga rioya qilib, preparat dozasiga keyinchalik tuzatish kiritish maqsadida, o‘tkazilayotgan davolashni to‘xtatib turish kerak. Agar o‘tkazilayotgan davolash vaqtida hisoblangan kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kamayib ketsa, kapesitabin preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak. O‘rtacha buyrak yetishmovchiligidagi tavsiyalar ham monoterapiya, ham majmuaviy davolashga tegishli.

Bolalar

Kapesitabin preparatining havfsizligi va samaradorligi bolalarda o‘rganilmagan.

Keksa va qariya yoshidagi pasientlar

Kapesitabin preparati bilan monoterapiyada boshlang‘ich dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Lekin, 3-va 4-darajali noxush ko‘rinishlar 60 yoshdan oshgan pasientlarda kapesitabinni monoterapiyada yoki boshqa preparatlar bilan birga qo‘llanganda yoshlarga qaraganda ko‘proq rivojlanishi hisobga olib, keksa bemorlar holatini sinchiklab monitoring qilish tavsiya etiladi.

Dosetaksel bilan majmuada davolanganda kapesitabin preparatining boshlang‘ich dozasini 75% (950 mg/m2 sutkada ikki marta) kamaytirish tavsiya etiladi.

Irinotekan bilan majmuada davolaganda 65 yosh va undan katta pasientlarda kapesitabin preparatining boshlang‘ich dozasini sutkada ikki marta 800 mg/m2 gacha kamaytirish tavsiya etiladi.

Nojo‘ya ta’sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, qusish, ko‘ngil aynishi, stomatit, qorinda og‘riq, dispepsiya, og‘iz qurishi, meteorizm, anoreksiya, ishtaxaning yomonlashishi, og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi, giperbilirubinemiya, ta’m bilish buzilishi.

Nerv tizimi tomonidan: yuqori charchoq, xolsizlik, yaqqol uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, paresteziyalar, bosh aylanishi, uyquning buzilishi, asteniya.

Teri va teri hosilalari tomonidan: kaft – tovon sindromi, dermatit, teri qurishi, alopesiya, teri qichishishi, kepaklanish, teri giperpigmentasiyasi, teri yoriqlari.

Boshqalar: ko‘z yoshi ajralishi oshishi, tana xarorati ko‘tarilishi, suvsizlanish mumkin, tana vazni kamayishi, nafas qisishi mumkin, yo‘tal, bo‘gimlarda og‘riq, beldagi og‘riq, mialgiya, kardiotoksik ta’sirlar (YuIK bo‘lgan bemorlarda yuqori extimolli), oyoqning pastki qismlarida og‘riqlar, anemiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Kapesitabin va ftorpirimidinning boshqa hosilalari yoki preparatning har qanday komponentiga
nisbatan yuqori o‘ta sezuvchanlik.

DPD (digidropirimidindegidrogenaza) va boshqa ftorpirimidinlarning aniqlangan tanqisligi. Sorivudin yoki uning brivudin kabi struktur analoglarini bir vaqtda qabul qilish. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam).

Og‘ir jigar yetishmovchiligi.

Neytrofillarning boshlang‘ich miqdori <1,5×109/l va /yoki trombositlarning <100×109/l.

Homiladorlik va emizish davri.

18 gacha bo‘lganlar (qo‘llashning samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan).

Ehtiyotkorlik bilan: yurak ishemik kasalliklarida, jigar va buyrak faoliyatini buzilishlarida, 60 yoshdan kattalarda, kumarinlar qatoriga kiruvchi peroral antikoagulyantlarni bir vaqtda qo‘llaganda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Sitoxrom R4502 S9 substratlari. Kapesitabinning sitoxrom R450 tizimining 2S9 izofermenti bilan metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan o‘zaro ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Kapesitabinni ushbu preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Kumarin qatori antikoagulyantlari: kapesitabin bilvosita antikoagulyantlarning samarasini oshiradi va bu kapesitabin bilan davolash boshlanigandan bir necha kun yoki oydan keyin qon ivish ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga va qon ketishlarga olib kelishi mumkin; bir nechta holatlarda bunday o‘zgarishlar davolash tugatilgandan bir oydan keyin kuzatilgan. Varfarinning “konsentratsiya-vaqt” siniq chizig‘i ostidagi joydan (AUS) 57%ga va halqaro me’yorlashtirilgan nisbat (XNN) 91% ga oshgan.

Fenitoin: kapesitabin plazmada fenitoin konsentratsiyasini oshiradi va u kapesitabin ta’sirida SUR2S9 izofermentining so‘ndirilishi bilan bog‘liq deb taxmin qilinadi. Kapesitabinni fenitoin bilan bir vaqtda qabul qilgan bemorlarda, plazmada fenitoin konsentratsiyasini muntazam nazorat qilib turish tavsiya etiladi.

Allyuminiy va magniy gidrooksidi saqlovchi antasidlar: plazmada kapesitabin va bir metaboliti (5′- DFSR) ni biroz oshiradi, kapesitabinning uch asosiy metaboliti (5′-DFSR, FU va FBAL) ga ta’sir etmaydi.

Kal’siy folinati (leykovorin) kapesitabin va uning metabolitlarining farmakokinetikasiga ta’sir etmaydi. Lekin, preparat farmakodinamikasiga kal’siy folinatining ta’siri hisobiga kapesitabinning toksik samarasi kuchayishi mumkin.

Sorivudin va uning analoglari: sorivudin ta’sirida digidropirimidindegidrogenaza so‘ndirilishi natijasida ftorpirimidinlar toksikligini potensial ravishda fatal kuchayishiga olib kelishi mumkin. Kapesitabinni sovudin yoki uning struktur analoglari, masalan brivudin bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas, bunda sorivudin va uning analoglari (brivudin) bilan davolashni to‘xtatish va kapesitabin bilan davolashni boshlash kamida 4 haftalik intervalga rioya qilish kerak.

Allopurinol: ftorurasilning samaradorligi kamayishi mumkin bo‘lgani tufayli allopurinolni bir vaqtda kapesitabin bilan qo‘llashni oldini olish kerak.

Interferon al’fa: kapesitabin interferon al’fa 2 bilan birga qo‘llangandagi maksimal o‘zlashtira olinadigan doza (MO‘D) kuniga 2000 mg/m2 ni tashkil etadi. Monoterapiyada esa kapesitabinning 3000 mg/m2 ga teng.

Nur bilan davolash: kapesitabinning nur bilan davolash bilan qo‘llashdagi MO‘D si, kapesitabinni monoterapiyada qo‘llangan MO‘D sidan 34% ga kam.

Oksaliplatin: bevasizumab mavjudligidan qat’iy nazar kapesitabin va oksaliplatinni majmuada qo‘llanganda kapesitabin yoki uning metabolitlari erkin platina yoki umumiy platina ekspozisiyasida klinik ahamiyatga ega bo‘lgan farqlar aniqlanmagan.

Bevasizumab: bevasizumabning kapesitabin yoki uning metabolitlariga klinik ahamiyatga ega bo‘lgan samarasi aniqlanmagan.

Siklof osfamid: k apesitabin timidinfosforilaza faolligini oshirishi natijasida sitotoksikligini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Kapesitabin qabul qilayotgan bemorlarni toksiklik belgilarini sinchiklab kuzatib borish kerak. Ko‘pchilik noxush ko‘rinishlar qaytuvchan va kapesitabin preparatini har doim bekor qilishni talab qilmaydi, lekin uning dozasini kamaytirish yoki uni qabul qilishda vaqtinchalik tanaffus qilishni talab etishi mumkin. Kapesitabin preparati bilan davolanganda kardiotoksiklik spektri boshqa ftorpirimidinlarnikiga o‘xshash. Ftorpirimidinlarni qo‘llash kardiotoksiklik bilan kechishi mumkin, shu jumladan EKG dagi o‘zgarishlar, miokard infarkti, stenokardiya, aritmiyalar, kardiogen shok, to‘satdan o‘lim. Bunday nomaqbul ko‘rinishlar yurak ishemik kasalliklari bilan og‘riydigan bemorlar uchun xarakterli.

Kam holatlarda ftorurasil bilan davolanganda toksiklikning kutilmagan og‘ir ko‘rinishlari digidropirimidindigidrogenaza faolligini yetishmovchiligi natijasida stomatit, diareya, neytropeniya va neyrotoksiklik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Kapesitabin preparati bilan davolash diareyani chaqirishi mumkin, ba’zida og‘ir shaklli. 2-4 darajadagi diareyani birinchi belgilari paydo bo‘lguncha o‘rtacha 31 kunni tashkil etadi. Og‘ir diareyasi bo‘lgan bemorlarni degidratasiya xolatida suyuqlik va elektrolit to‘ldirishni o‘tkazib, sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

2 -darajadagi diareyani sutkada ich ketish soni 4-6 martaga tezlashishi va kechasi ich ketishi, 3 darajadan diareya ich ketishi sutkada 7-9martagacha ko‘payishi yoki ahlatni tutib turaolmaslik yoki mal’absorbsiya sindromi, 4-darajadagi diareya ich ketishini sutkada 10 va undan ortiqligi yoki ahlatda qon mikro qo‘shimchalari paydo bo‘lishi yoki parenteral tutib turuvchi davolashga muhtojlik deb aniqlanadi. Diareyaning 2- 3- 4- darajalari paydo bo‘lganda kapesitabin bilan davolashni diareya yo‘qolguncha yoki birinchi darajagacha kamayguncha to‘xtatish kerak. Diareyaning 3-4 darajalarida kapesitabin bilan davolash uning dozasini kamaytirish bilan qayta boshlanishi kerak. Diareyaga qarshi standart preparatlarni buyurish kerak (masalan loperamid). 60-79 yoshdagi pasientlarda kapesitabin preparatini qabul qilganda toksik ko‘rinishlarning tez tezligi bemorlarning umumiy populyasisinikidek bo‘lgan. 80 yosh va undan katta pasientlarda qaytuvchan 3 va 4- darajadagi me’da-ichak buzilishlari ya’ni diareya, ko‘ngil aynishi va stomatitlar ko‘proq rivojlangan. Kapesitabin preparati kaft-tovon sindromini keltirib chiqarishi mumkin (kaft-tovon eritrodizesteziyasi yoki ximioterapiya natijasidagi akral eritema) u uvishish, paresteziya, sanchish, shishlar, qizarish, kepaklanishi, pufaklar paydo bo‘lishi va kuchli og‘riq sindromi bilan namoyon bo‘ladi. 2- darajadagi kaft tovon sindromi og‘riqli qizarish va panja va oyoq panjalari shishlari bilan xarakterlanadi va bu simptomlar tomonidan kelib chiqqan diskomfort pasientning har kundagi faolligini buzadi. 3-darajadagi kaft tovon sindromi na deskvamasiya yara paydo bo‘lishi pufaklar paydo bo‘lishi va kaft va/yoki oyoq panjalarida kuchli og‘riqlar, shuningdek kuchli diskomfort pasientning kundalik har qanday faollikni amalga oshira ololmasligi bilan namoyon bo‘ladi. Kaft-tovon sindromining 2 yoki 3-darajalari paydo bo‘lganda kapesitabin qo‘llashni simptomlari yo‘qolguncha yoki 1-darajaga kamayguncha to‘xtatib turish kerak; 3-darajadagi sindromda kapesitabinning keyingi dozalarini kamaytirish kerak.

Metastazlar bo‘lgani tufayli jigar faoliyati yengil yoki o‘rtacha buzilgan bemorlarni sinchiklab kuzatish kerak. Qon zardobida bilirubin miqdori >3,0xVGN (normaning yuqori chegarasi) dan oshganda yoki jigar aminotransferazalari (AST, ALT) >2,5xVGN bo‘lganda toksiklik yo‘qolguncha yoki 1-darajaga kamayguncha kapesitabinni qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish kerak.

Kapesitabinni buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Ftorurasil bilan davolangandagi kabi 3-4-darajadagi kapesitabin bilan bog‘liq noxush ko‘rinishlarning rivojlanishi tez-tezligi o‘rtacha bo‘lgan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (KK minutiga 30-50 ml) ko‘proq bo‘lgan.

Kumarin (bilvosita) antikoagulyantlar va kapesitabin qabul qilgan bemorlarda qon ivish tizimi holatini muntazam nazorat qilib turish kerak.

Kumarin qatori antikoagulyantlarni kapesitabin bilan tamom bo‘lgandan kamida 1 oydan keyin buyurish kerak, chunki gipokoagulyasiya va qon ketish paydo bo‘lishi mumkin.

Kapesitabinning havfsizligi va samaradorligi bolalarda aniqlanmagan. Kapesitabin bilan davolash vaqtida va u tamom bo‘lgandan 3 oy ichida kontrasepsiyani ishonarli usullaridan foydalanish kerak.

Agar davolanish vaqtida homiladorlik rivojlansa, pasientni homila uchun bo‘lgan potensial xavf to‘g‘risida ogohlantirish kerak.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Kapesitabin preparati bilan davolanish davrida avtotransportni haydashda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchiboshqa potensial xavfli faoliyatlar bilan shug‘ullanganda ehtiyotkorlikga rioya qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, shilliq qavatlar yallig‘lanishi (mukozit), me’da-ichak yo‘llarining ta’sirlanishi va qon ketishi, shuningdek suyak ko‘migi faoliyatining so‘ndirilishi.

Davolash: simptomatik. Kapesitabinning antidoti noma’lum.

Chiqarilish shakli

500 mg kapsulalar №10, №20 (2×10), №30 (3×10) kontur-uyali o‘ramda yoki №20, №30 flakonda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºС dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resept bo‘yicha beriladi.

    ×