Выберите категорию:

Gepatrim®- infuziya uchun eritma tayyorlashga konsentrat

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

GEPATRIM®

HEPATRIM

Preparatning savdo nomi: Gepatrim®

Ta’sir etuvchi modda (XPN): L-ornitin L-aspartat Dori shakli: infuzion eritma tayyorlash uchun konsentrat 5 g/10 ml

Tarkibi:

faol modda: L-ornitin-L-aspartat 5 g

yordamchi modda: in’eksiya uchun suv 10 ml gacha

Ta’rifi: tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Gepatoprotektor.

ATX kodi: A05BA

Farmakologik hususiyatlari.

Farmakodinamikasi.

Detoksikasion ta’sirga ega. Organizmda ammiakning yuqori miqdorini pasaytiradi, xususan, jigar kasalliklarida. Preparatning ta’siri uning Krebs mochevina hosil bo‘lishi (ammiakdan mochevina hosil bo‘lishi) ornitin halqasida ishtirok etishi bilan bog‘liq. Insulin va somatotrop gormonining hosil bo‘lishiga yordam beradi. Parenteral oziqlantirish talab etiladigan kasalliklarda oqsil almashishini yaxshilaydi Astenik,dispeptik va og‘riq sindromlari kamayishiga, steatoz va steagepatitda tana og‘irligini me’yorlashtirishda yordam beradi.

Farmakokinetikasi.

Ornitin aspartat tarkibiga kiruvchi aminokislotalar – ornitin va aspartat komponentlariga dissosiyalanadi va 15-25 daqiqa davomida ta’sir ko‘rsata boshlaydi.Ular esa ingichka ichakda ichak epiteliysi orqali so‘riladi. Buyraklar orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Giperammoniemiya bilan birga kechuvchi jigarning o‘tkir va surunkali kasalliklari. Jigar ensefalopatiyasi, shu jumladan ongning buzilishlarini (prekoma va komatoz holatlar) majmuaviy davolash tartibida qo‘llanadi.

Oqsil yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda parenteral oziqlantirish uchun preparatlarga muvofiqlashtiruvchi qo‘shimcha sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ampulalarning ichidagisini 500 ml infuzion eritmada eritib, sutkada 40 ml (4 ampula)gacha vena ichiga yuboriladi. Jigar ensefalopatiyasida holatning og‘irlik darajasiga qarab sutkada 80 ml(8 ampula)gacha yuboriladi. Infuziyaning davomiyligi va soni va davolashning muddati individual belgilanadi. Vena ichiga quyishning maksimal tezligi soatiga 5g.

500 ml infuzion eritmada 60 ml(6 ampula)dan ortiq eritilmasin! Arteriya ichiga yuborilmasin!

Nojo‘ya ta’sirlari

Allergik reaksiyalar, kam hollarda ko‘ngil aynishi, qusish,qorinda og‘riq,meteorizm,diareya kuzatilishi mumkin. Ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralar odatda o‘tuvchi hisoblanadi va preparatni to‘xtatilishini talab etmaydi. Nojo‘ya holatlar kuzatilganda, preparatning yuborilish dozasi va tezligi muvofiqlantiriladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

L-ornitin-Laspartatga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Kreatinin ko‘rsatgichi 3 mg/100 ml dan yuqori bo‘lgan yaqqol buyrak yetishmovchiligida.

Emiziklik davri.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Ta’riflanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Asosiy kasallik tufayli jigar ensefalopatiyasi tashxisi qo‘yilganida avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparatning yuqori dozalarida qon zardobi va siydik tarkibidagi mochevinaning miqdorini nazorat qilish kerak. Agar jigar funksiyasi sezilarli darajada buzilgan bo‘lsa, bemorning individual holatini inobatga olgan holda, ko‘ngil aynishi va qayt qusishni oldini olish maqsadida, preparatni yuborish tezligini muvofiqlantirish mumkin.

Homiladorlik davrida qo‘llanishi

Preparatni homilaga bo‘lgan ta’siri to‘g‘risida to‘liq ma’lumot mavjud bo‘lmaganligi sababli, homiladorlik davrida shifokorning nazorati ostida qo‘llanilishi kerak.

Bolalarda qo‘llanishi

Preparatni bolalarda qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganda intoksikasiya belgilari ta’riflangan.

Doza oshirib yuborilganda simptomatik davolash qo‘llaniladi.

Chiqarilish shakli

Infuzion eritma tayyorlash uchun konsentrat 5 g/10 ml, 10 ml ampulalarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

Gepatrim ®- ichish uchun eritma tayyorlashga granulalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIKNOMA

GEPATRIM®

HEPATRIM

Preparatning savdo nomi: Gepatrim®

Ta’sir etuvchi modda (XPN): L-Ornitin-L-aspartat

Dori shakli: Ichish uchun eritma tayyorlashga granulalar

Tarkibi:

1 sashe quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: L-ornitin-L-aspartat – 3.0 g

Yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, natriy saxarin, siklomat natriy, fruktoza (levuloza), zarg‘aldoq sarig‘i «Sunset Yellow» (E110), limon xushbo‘yi, apel’sin xushbo‘yi.

Ta’rifi: Och sariqdan sariq ranggacha oq dog‘lar bilan, shirin sitrus ta’m va xidli granulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Gepatoprotektorlar.

ATX kodi: A05BA

Farmakologik xususiyatlari

Organizmda ammiakning yuqori miqdorini pasaytiradi, xususan, jigar kassaliklarida. Preparatning ta’siri uning Krebs mochevina xosil bo‘lishi (ammiakdan mochevina xosil bo‘lishi) ornitin ishtirok etishi bilan bog‘liq. Insulin va somatotrop gormonining xosil bo‘lishiga yordam beradi. Parenteral ozuqlantirish talab etiladigan kassaliklarda oqsil almashishini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

L-Ornitin-L-aspartat, ingichka ichakda ichak epiteliylari orqali faol transport yo‘li bilan so‘riladigan, uning xosil qilgan komponentlari – ornitin va aspartat aminokislotalariga dissosiyalanadi. Siydik bilan mochevina xosil bo‘lishi xalqasi orqali chiqadi.

Qo‘llanilishi

  • Jigarning giperammoniemiya bilan kechadigan o‘tkir va surunkali kasalliklari;
  • Jigar ensefalopatiyasi (yashirin va yaqqol);
  • Turli genezdagi steatozlar va steatogepatitlar;

Qo‘llash usuli va dozalari

200 ml suyuqlikda eritilgan 1 paketdan granulalar ovqatdan keyin sutkada 2-3 marta ichiladi. Qabul qilish davomiyligi kassalik og‘irligiga bog‘liq.

Nojo‘ya ta’sirlari

Allergik reaksiyalar, aloxida xollarda ko‘ngil aynishi va qayt qilish kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bulmagan xolatlar

L-ornitin-Laspartatga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Kreatinin ko‘rsatgichi 3 mg/100 ml dan yuqori bo‘lgan yaqqol buyrak yetishmovchiligida.

Emiziklik davri.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Ta’riflanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Asosiy kasallik tufayli jigar ensefalopatiyasi tashxisi qo‘yilganida avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda extiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: nojo‘ya ta’sirlarining yaqqolligini kuchayishi.

Davolash: me’dani yuvish, faollangan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

Ichish uchun eritma tayyorlashga granulalar 5,0 g dan sashe-paketchalarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

×