Выберите категорию:

Vermin®- suspenziya

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VERMIN ®

VERMIN

Preparatning savdo nomi: Vermin ®

Ta’sir etuvchi modda (XPN): Albendazol

Dori shakli: Suspenziya

Tarkibi:

faol modda: Albendazol – 400 mg

yordamchi modda: natriy saxarin, natriy benzoati, limon kislotasi, guar qatroni, ksantan qatroni, suvsiz kremniy dioksidi (aerosil), qalampir yalpiz moyi, saxaroza, mentol, tvin–80 (polisorbit 80), sorbitol, metilparaben, propilparaben, natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Ta’rifi: Oq yoki deyarli oq rangli, o‘ziga xos hidli suspenziya.

Farmakoterapevtik guruhi: Antigel’mint vosita.

ATX kodi: R02SА03

Farmakologik xususiyatlari

Mono- va poliinvaziyalarda samarali bo‘lgan gijjalarga qarshi vosita. Beta-tubulinning polimerizasiyasini tanlab bostiradi, gel’mintlar ichak kanali hujayralarining  mikrotubulyar tizimi faolligini buzadi, glyukozani utilizasiyasini bostiradi, dumaloq chuvalchanglarning mushak hujayralaridagi sekretor granulalar va boshqa organellalarning harakatlanishini bloklab, ularni nobud bo‘lishiga olib keladi. Sestodalarning ayniqsa lichinkali shakllariga, Echinococcus granulosus va Taenia solium, nematodalar – Strongyloides stercolatis ga nisbatan faol.

Qo‘llanilishi

Lyamblioz, oksiuroz, askaridoz, ankilostomoz, trixurioz, angiloz, tenioz va trixinellyozda davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi. Qo‘llashdan avval, flakon ichidagi vosita bir xil suspenziya hosil bo‘lguncha chayqatiladi.

Curgi dori vositalarini qo‘llash va maxsus parhez talab qilinmaydi.

  • Oksiuroz: 1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik doza 200 mg, ya’ni 5 ml ni (1/2 flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi: 7 kundan keyin takrorlanadigan bir martalik doza;

Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar uchun – sutkalik doza 400 mg, ya’ni 10 ml ni ( 1 flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi: 7 kundan keyin takrorlanadigan bir martalik doza.

Gigienaning qat’iy choralariga rioya qilish va bemor bilan yaqin muloqatda bo‘lganlar ham davolanishlari kerak.

  • Askaridoz, ankilostomoz, trixurioz: 1 dan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik doza 200 mg, ya’ni 5 ml ni (1/2 flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolashning davomiyligi: bir martalik doza;
  • Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkalik doza 400 mg, ya’ni 10 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi: bir martalik dozani tashkil qiladi.
  • Trixurioz holida, xususan, agar ahlatning parazitologik tahlili natijalari davolashdan so‘ng 3 hafta o‘tganidan keyin ijobiy bo‘lsa, takroriy davolash kursini o‘tkazish kerak.
  • Angiloz, tenioz (boshqa parazit invaziyalar bilan bog‘liq bo‘lgan): kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkalik doza 400 mg, ya’ni 10 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolashning davomiyligi: kamida ketma-ket 3 kun davomida takrorlanadigan bir sutkalik dozani tashkil qiladi.
  • Ангилоз ва тениоз ҳолларида, хусусан, агар ахлатнинг паразитологик таҳлили натижалари даволашдан сўнг 3 ҳафта ўтганидан кейин ижобий бўлса, такрорий даволаш курсини ўтказиш керак.
  • Lyamblioz: bolalar uchun sutkalik doza 400 mg, ya’ni 10 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi: bir sutkalik doza kamida ketma-ket 5 kun davomida takrorlanadi.
  • Trixinellez: bolalar uchun sutkalik doza kuniga – 15 mg/kg, ikkita bir martalik dozaga bo‘lib.
  • Kattalar uchun: 800 mg, ya’ni 20 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi va kuniga ikkita bir martalik dozaga bo‘lib qabul qilinadi. Davolashning davomiyligi: bir martalik doza ertalab va kechqurun, kasallik belgilarining jiddiyligiga va davolanishni qanchalik tez boshlanishiga qarab, 10-15 kun davomida olib boriladi.

Nojo‘ya ta’sirlari

Me’da-ichak buzilishlari (diareya, qusish, qorin og‘rig‘i), bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uzoq vaqt qo‘llanganida gipertermiya, sochlarni vaqtinchalik to‘kilishi, teri toshmalari bo‘lishi mumkin.

Kam hollarda qon tahlilida (leykositlar, eritrositlar, trombositlar sonining kamayishi) yoki jigar ko‘rsatgichlarida vaqtinchalik o‘zgarishlar kuzatilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik va benzimidazalning va boshqa xosilalariga;
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • to‘r pardaning zararlanishi;

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Deksametazon, prazikvantel va simetidin albendazolning qondagi konsentratsiyasini oshiradi.

Simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, o‘t-safro va exinokkok kistasida albendazolning konsentratsiyasi oshishi aniqlangan, bu exinokokkozni davolashning samaradorligini oshirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat trixinellyozni davolash uchun ishlatilganida jigar faoliyatida va qon tahlillarida o‘zgarishlarning havfi tufayli, muntazam qon tahlillarini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Trixinellyoz invaziyalarini davolashda dori vositasining samaradorligini oshirish uchun invaziya boshlangandan keyin davolashni iloji boricha tezroq boshlash kerak.

Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Davolanish vaqtida homiladorlik aniqlangan holda, zudlik bilan shifokor nazoratidan o‘tish va davolanishni davom ettirish zaruriyatini xal etish darkor.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya ta’sir belgilari kuchayishi mumkin.

Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish. Zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Suspenziya 400 mg/10 ml,  10 ml dan flakonlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

3 yil.  Yaroklilik muddati o‘tgandan so‘ng kullanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

Vermin®- qobiq bilan qoplangan tabletkalar

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

VERMIN®

VERMIN

Preparatning savdo nomi: Vermin®

Ta’sir etuvchi modda (XPN): Albendazol.

Dori shakli: Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi :

1 ta qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: Albendazol 200 mg yoki 400 mg.

Yordamchi moddalar: Laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati, krospovidon, polivinilpirrolidon K 25, natriy laurilsul’fati Qobiqning yordamchi moddalari: gidroksipropilmetilsellyuloza, polietilenglikol’ 4000, titan dioksidi, tal’k. Sunset Yellow bo‘yog‘i 200 mg tabletkalari uchun.

Ta’rifi:

200 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalar: Dumaloq, ikki tomoni qavariq, och apel’sin rangli, o‘ziga xos xidli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 

400 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalar: Oq yoki deyarli oq rangli, cho‘ziq, bir tomonida bo‘lish uchun chizig‘i bo‘lgan, ikkiyoqlama qavariq, o‘ziga xos hidli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

ATX kodi: P02CA03

Farmakoterapevtik guruhi: Antigel’mint vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Gijjaga qarshi vosita, mono- va poliinvaziyalarda samarador. Beta-tubulinning polimerizasiyasini tanlab parchalaydi, gijjalarning ichak kanallari hujayralarini mikrotubulyar tizimi faolligini buzadi; glyukozaning utilizasiyasini bostiradi, ularning o‘limiga sabab bo‘luvchi, sekretor granulalar va dumaloq chuvalchanglarning mushak hujayralaridagi boshqa organellalarini harakatlanishini, ularni halok bo‘lishi bilan bog‘liq holda bloklaydi. Ayniqsa, sestodlarning lichinkali shakllariga – Echinococcus granulosus va Taenia solium, nematodlarning – Strongyloides stercolatis nisbatan faol.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan so‘ng albendazol me’da-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi, plazmada o‘zgarmagan holda aniqlanmaydi, chunki jigarda tezda gijjaga qarshi faollikka ega bo‘lgan, birlamchi metaboliti- albendazol sul’foksidga tezda aylanadi.                                                                                                                                             

Biokiraolishligi past. Yog‘li ovqatni qabul qilish albendazolning maksimal konsentratsiyasi (Cmax) ni va so‘rilishini 5 martaga oshiradi. Albendazol sul’foksidining Cmax ga erishish vaqti 2- 5 soatni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan 70 % bog‘lanadi.  

A’zolar bo‘yicha deyarli to‘liq tarqaladi: siydikda, safroda, jigarda, kista devori va kista suyuqligida, orqa miya suyuqligida aniqlanadi. Gijjalar sistalarining devori va suyuqligiga o‘tadi. Albendazol sul’foksidi albendazol sul’foniga (ikkilamchi metabolit) va boshqa oksidlangan mahsulotlarga metabollanadi. Albendazol sul’foksidining yarim chiqarilish davri (T1/2) – 8-12 soatni tashkil qiladi.

Faol metabolit albendazol sul’foksidi ko‘rinishida o‘t-safro bilan ichak orqali chiqariladi, uning katta bo‘lmagan qismigina siydik bilan chiqariladi. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda klirensi o‘zgarmaydi. Jigarning shikastlanishida biokiraolishligi oshadi, bunda albendazol sul’foksidining Cmax 2 marta oshadi, T 1/2 esa uzayadi. Albendazol mikrosomal fermentlari sitoxrom R 450 (IA) tizimining induktori hisoblanadi; ko‘pchilik dori preparatlarining metabolizmini tezlashtiradi.

Qo‘llanilishi

Preparat gijja invaziyalarida, shu jumladan nematodozlarda qo‘llanadi:

  • cho‘chqa solityorining lichinkalik shakli (Taenia solium) chaqirgan neyrosistiserkoz;
  • it tasmasimon chuvalchangining lichinkalik shakli (Echinococcus granulosus) chaqirgan jigar, o‘pkalar, qorin pardaning exinokokkozi; exonokokkoz kistalarining jarrohlik davolashda yordamchi vosita sifatida;
  • askaridoz;
  • trixosefalez;
  • ankilostomidoz;
  • enterobioz;
  • nekatoroz;
  • strongiloidoz (strogiloidoz);
  • opistorxoz;
  • mikrosporidioz;
  • toksokaroz;
  • lyamblioz;
  • aralash gijjalar.

Qo‘llash usuli va dozasi

Ichga, ovqatdan so‘ng tabletkalarni chaynamasdan, suv bilan ichiladi. Sutkalik doza- 0,4 g (bir qabul uchun), bolalar uchun – 6 mg/kg. Curgi dori vositalarini qo‘llash va maxsus parhez talab qilinmaydi.

Ankilostomidoz va askaridozda 0,4 g dan, enterobiozda 0,2 g dan bir marta, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi. Strongiloidoz 0,4 g dan va sestodoz 0,2 g dan sutkada bir marta, 3 sutka davomida, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi. 2 yoshdan katta bolalar va kattalar – bosh miya sistiserkozi: 0,4 g dan sutkada 2 marta , 8-30 sutka davomida. Askaridoz, trixosefalez, enterobioz va ankilostomidozda – 0,4 g dan sutkada bir marta, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi. Lyamblioz: 0,4 g dan sutkada bir marta, 3 sutka davomida.   Strongiloidoz va sestodoz: 0,4 g dan sutkada bir marta, 3 sutka davomida, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi.

Nojo‘ya ta’sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorin og‘riqlari, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, “jigar” transaminazalar faolligining oshishi.  Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, meningeal simptomlar. Qon yaratish tizimi tomonidan: suyak ko‘migida qon yaratilishining susayishi, leykopeniya, granulositopeniya, agranulositoz, trombositopeniya, pansitopeniya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyraklar faoliyatini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish.

Boshqalar: gipertermiya (tana haroratining oshishi), arterial bosimning oshishi, qaytariluvchan alopesiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktasiya davri (ko‘krak suti bilan emizish), 6 yoshgacha – havfsizligi aniqlanmagan.   Ehtiyotkorlik bilan: suyak ko‘migida qon yaratilishining susayishi, jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, ko‘z to‘r pardasining patologiyasi.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Deksametazon, prazikvantel va simetidin qondagi albendazol konsentratsiyasini oshiradi.

Simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, o‘t-safro va exinokkok kistasining ichidagisida albendazolning konsentratsiyasini aniqlagan, bu exinokokkozni davolashning samaradorligini oshirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Albendazol suyak ko‘migida qon yaratilishining susayishida, jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, ko‘z to‘r pardasining patologiyasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparat bilan davolash davrida qon tahlilini har 28 kunlik siklning boshida va har 2 haftada o‘tkazish kerak. Leykopeniya rivojlanganida davolashni to‘xtatish kerak. Albendazol bilan davolashni davom ettirish faqat agarda leykositlar va neyrotrofil leykositlarning umumiy miqdorini pasayishi o‘rtacha bo‘lsa mumkin.

Preparatni katta dozalarda qabul qilayotgan pasientlar jigar faoliyatini doimiy nazoratida sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Reproduktiv yoshdagi ayollarda davolashni boshlashdan avval, homiladorlikni yo‘qligiga yuzasidan test o‘tkaziladi. Davolanish vaqtida ishonchli kontrasepsiyadan foydalanish shart.

Ko‘zlarni zararlanishi bilan bo‘lgan neyrosistiserkozda albendazol bilan davolashni boshlashdan avval, ko‘z to‘r pardasini tekshirish kerak (uning patologiyasini chuqurlashib ketish havfi tufayli tekshirish lozim).

Neyrosistiserkozi bo‘lgan pasientlar steroidlar (GKS) va tirishishga qarshi preparatlar bilan muvofiq davolashni olishlari kerak. Oral va vena ichiga yuboriladigan kortikosteroidlar sistaga qarshi davolashni birinchi haftasida gipertenziv hurujlarni bartaraf qilishi uchun qo‘llanadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish. Zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 200 mg №2 va 400 mg №1 dan kontur-uyali o‘ramda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganida so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

×