Nifustal- ichish uchun suspenziya

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

NIFUSTAL

Preparatning savdo nomi: Nifustal

Ta’sir etuvchi modda (XPN): Nifuroksazid

Dori shakli: ichish uchun suspenziya

Tarkibi:

5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: nifuroksazid – 220 mg;

yordamchi moddalar: karbomer, saxaroza, limon kislotasi, natriy gidroksidi metilparaben (E219), 30% simetikon emul’siyasi, banan essensiyasi, tozalangan suv.

Ta’rifi: banan hidli, och-sariq rangli suspenziya; saqlanganida biroz cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin, lekin chayqatilganidan keyin, flakon tubida zich cho‘kma hosil qilmay, bir xil suspenziya holatiga qaytadi.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibakterial sintetik vosita (nitrofuran gur).

ATX Kodi: A07AX03.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Nifuroksazid 5-nitrofuran hosilasiga mansub. Ichak bo‘shlig‘ida grammusbat Staphylococcus oilasi va ba’zi grammanfiy Enterobacteriaceae oilasi: Yersinia spp., Escherichia spp.,, Citobacter spp.,, Enterobacter spp., Klebsiella spp., Salmonella spp. bakteriyalarga nisbatan mahalliy antibakterial ta’sirga ega.

Nifuroksazid Proteus vulgaris, Proteus mirabilis va Psudomonas aeruginosa turi bakteriyalariga nisbatan antibakterial faollik ko‘rsatmaydi.

Nifuroksazid saprofit ichak florasiga ta’sir qilmaydi. Nifuroksazidga chidamli shtammlarini rivojlanishiga olib kelmaydi. Aniq ta’sir mexanizmi ma’lum emas. Nifuroksazid bakterial hujayralarda oqsil sintezini buzishi va degidrogenaza faolligini susaytirishi mumkin. Samaradorligi ichak bo‘shlig‘idagi rN muhitiga bog‘liq emas.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin nifuroksazid ovqat hazm qilish yo‘llarida deyarli so‘rilmaydi. Ichak orqali axlat bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Staphylococcus spp., Salmonella spp., Escherichia coli shtammlariga sezgir va invaziya alomatlari bo‘lmagan (masalan, umumiy axvolni yomonlashishi, isitma ko‘tarilishi, toksikoinfeksiya va b.) kelib chiqishi bakterial bo‘lgan o‘tkir diareyada qo‘llaniladi. Dozasi va regidratasiya usuli (peroral yoki vena ichiga) pasientning holatiga, yoshiga, xamroh kasalliklariga va diareya og‘irligiga qarab aniqlanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi. Qo‘llashdan oldin bir xil suspenziya olingunicha flakonni yaxshilab chayqatish kerak. Zarurat bo‘lganida suspentziyani suv bilan ichish mumkin. Preparat ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar qabul qilinadi.

Bolalar uchun dozalar:

  • 2 oylikdan 6 oylikkacha – 2,5 ml li 1-2 o‘lchov qoshig‘i sutkada 2 marta, har 12 soatda buyuriladi;
  • 7 oylikdan 6 yoshgacha – 5 ml li 1 o‘lchov qoshig‘i sutkada 3 marta, har 8 soatda buyuriladi;
  • kattalar va 7 yoshdan oshgan bolalarga – 5 ml li 1 o‘lchov qoshig‘i sutkada 4 marta, har 6 soatda buyuriladi;

Shifokor maslahatisiz nifuroksazidni 3 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas. Agarda bundan keyin simptomlar yo‘qolmasa, simptomlarning sababini aniqlash maqsadida sinchkovroq diagnostika qilish, shuningdek antibiotikoterapiyani o‘tkazish kerakligini ko‘rib chiqish lozim.

O‘tkir diareyani davolash vaqtida albatta pasient umumiy ahvoliga qarab suyuqlik tanqisligini doimo peroral to‘ldirish kerak.

2,5 ml li 1 o‘lchov qoshig‘i 110 mg nifuroksazid saqlaydi.

5 ml li 1 o‘lchov qoshig‘i 220 mg nifuroksazid saqlaydi.

Nojo‘ya ta’sirlari

Qon yaratish va limfatik tizim tomonidan:

Granulositopeniyaning bir holati ta’riflangan.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan:

Nifuroksazidga shaxsiy yuqori sezuvchanlik holida qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi va diareyani zo‘rayishi paydo bo‘lishi mumkin. Kuchsiz jadallikka ega bunday simptomlarni paydo bo‘lishida maxsus davolashni qo‘llash yoki nifuroksazidni qo‘llashni to‘xtatishning zarurati yo‘q. Yuqorida sanab o‘tilgan kuchli jadallikka ega simptomlar rivojlanganida dorini qabul qilishni to‘xtatish lozim. Keyinchalik bemor nitrofuran hosilalarini qabul qilmasligi kerak.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan:

Kam hollarda teri toshmalar ko‘rinishidagi teri reaksiyalari (≥1/10000 dan ≤1/1000 gacha) paydo bo‘lishi mumkin. Keksa yoshli shaxsda pustulezning bir holati va nifuroksazidga kontakt allergiya natijasida tugunli qichitmaning bir holati ta’riflangan.

Odatda nifuroksazid yaxshi o‘zlashtiriladi, deyarli nojo‘ya ta’sirlarni namoyon qilmaydi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Nifuroksazidni uning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlikda, shuningdek 5-nitrofuran hosilalariga allergiyada qo‘llash mumkin emas. Preparatni vaqtidan oldin tug‘ilgan va 2 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Nifuroksazid bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarni istemol qilish disul’firamsimon reaksiyalarni qo‘zg‘atishi mumkin. Nifuroksazid bilan davolanishda preparatning kuchli adsorbsion xususiyatlari tufayli, peroral vositalarni bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish lozim.

Maxsus ko‘rsatmalar

3 kun davolashdan keyin diareya davom etgan hollarda shifokor bilan maslaxatlashish zarur. Shifokor simptomlarning sabablarini aniqlash maqsadida chuqur diagnostikani o‘tkazishi va antibiotikoterapiyani boshlash masalasini ko‘rib chiqishi kerak.

Nifuroksazidni sharbatlar, xom sabzavot va mevalar, achchiq va hazm qilinishi qiyin bo‘lgan ovqatni inkor qilingan qat’iy parhezga rioya qilib qo‘llash kerak.

Nifuroksazid bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish mumkin emas, chunki alkogol’ organizmni preparatga bo‘lgan sezuvchanligini oshiradi va diareyani kuchayishi, qusish, qorinda og‘riq, terini qizarishi, tanani yuqori qismida va yuzda issiqlik xissi, boshda shovqin, nafas olishni qiyinlashishi, taxikardiya, qo‘rquv xissi kabi reaksiyalarni qo‘zg‘atishi mumkin.

Dori vositasida saxaroza bo‘lganligi tufayli, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani so‘rilishini buzilishi yoki saxaroza-izomal’tozaning yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan, kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan pasientlar bu preparatni qabul qilmasliklari kerak.

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Nifuroksazidni homiladorlik davrida qo‘llanishi:

Nifuroksazidni homiladorlik davrida qo‘llashga taalluqli klinik ma’lumotlar yo‘q.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homiladorlikni kechishi, embrion va homilani rivojlanishiga, tug‘ruqni kechishiga yoki tug‘ruqdan keyin bolani rivojlanishiga na bevosita, na bilvosita ta’sirini ko‘rsatmadi.

Nifuroksazidni homilador ayollarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Buyurishdan oldin davolovchi shifokor kutilayotgan foyda, havfni sinchkovlik bilan chamalab ko‘rishi kerak.

Nifuroksazidni emizish davrida qo‘llanishi:

Nifuroksazid me’da-ichak yo‘llarida so‘rilmaydi. Shunga qaramasdan, yetarli klinik ma’lumotlarning yo‘qligi sababli, emizikli ayollarga nifuroksazidni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Homilador, emizikli ayollar nifuroksazidni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishi lizim.

Preparatni transport vositasi va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri

Nifuroksazid transport vositasi va mexanizm boshqarish qobiliyat ta’sir ko‘rsatmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Ichga qabul qilish uchun nifuroksazid suspenziya shaklidagi preparatini no’malum miqdorda bir hollatda 2 yoshdagi bolada dozani oshirib yuborilishi ta’riflangan. Dozani oshirib yuborilishi diareya va uyquchilik ko‘rinishda bo‘lib, o‘z-o‘zidan o‘tib ketgan. Doza oshirib yuborilgan hollarda me’dani yuvish va simptomatik davolash tavsiya qilinadi.

Chiqarilish shakli

Ichish uchun suspenziya 220 mg/5 ml 90 ml (flakonlar o‘lchov qoshig‘i yoki stakancha bilan to‘plamda).

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Flakon ochilganidan keyin suspenziyaning yaroqlilik muddati – 14 kun.

Yaroklilik muddati o‘tgandan so‘ng kullanilmasin.

Dorixonalarda berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

    ×