TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA
ALSEXOLIN
Preparatning savdo nomi: Al’sexolin
Ta’sir etuvchi modda (XPN): Xolina al’fosserat
Dori shakli: In’eksiya uchun eritma
Tarkibi:
1 ampula tarkibi:
Ta’sir etuvchi modda: Xolina al’fossera-1000 mg/4 ml (xolina al’fosserat gidrati ko‘rinishi-1222,34 mg)
Yordamchi moddalar: In’eksiya uchun suv
Ta’rifi: Shaffof,rangsiz yoki och-sariq rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruxi: Nootrop preparat
ATX kodi: N07AX02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
MNT ga yuqori ta’sir ko‘rsatuvchi xolinomimetik markaziy ta’sir. Preparat 40,5% metabolik ximoyalangan xolin saqlaydi. Xolina al’fosserat organizmda bosh miya fermentlar ta’sirida gliserofosfatgacha biotrasformatsiyalanuvchi xolin va al’fosseratga parchalanadi. Xolin asetilxolin sintezida ishtirok etib, nerv impulslarini jo‘natilishida ishtirok etadi, gliserofosfat esa fosfatidilxolin membranalar neyronlarini muxim omil bo‘lib, natijada membrananing egiluvchanligi va reseptorlari faoliyati yaxshilanadi.
Preparat miya qon aylanishini yaxshilaydi, bosh miya metabolik jarayonlarni kuchaytirib, bosh miya retikulyar formasiyalarni strukturasini aktivlashtiradi va bosh miya jaroxatlaridagi ongni tiklaydi. Neyronlar membranasining fosfolipid o‘zgarishlari va xolinergik aktivlikni pasayishi kabi involyusion psixoorganik sindrom faktorlariga profilaktik xamda korreksiyallovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Preparat gematoensefalik to‘siq orqali oson o‘tadi, asosan miyada to‘planadi( 45% konsentratsiyasi qon zardobida) shuningdek jigar va o‘pkada. Chiqarish asosan o‘pkada kabonat angidrid (85%) shaklida. Qolgan qismi buyraklar va ichak orqali chiqariladi.
Qo’llanilishi
- Asosan miya shikastlanishlarining o‘tkir davri ( shu.j. ongni buzilishi va koma xolatida);
- Degenerativ va involyusion psixoorganik sindromlar va xotiraning yo‘qolishi, ongning chalkashishi,dezorientasiya, motivasiyaning tushishi, inisiativlik va e’tibor konsentratsiyasi qobiliyatlari bilan xarakterlanuvchi birlamchi va ikkilamchi funksiyalarning buzilishlari;
- emosional va xulq-atvor soxasidagi o‘zgarishlar: xissiy qobilyatsizlik, kuchli jizzakilik, qizikuvchanlikni pasayishi; keksalik psevdomelanxoliyasi;
- mul’tiinfarkt demensiyasi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat mushak ichiga va vena ichiga mo‘ljalangan.
Bemorning axvoli o‘tkir xolatlarda m/i ga sutkada 1 g dozada sutkada yoki v/i – sutkada 1 g dan 3 g gacha.
V/i yuborilishda 4 ml preparatni 50 ml fiziologik eritma bilan suyultiriladi; infuziya tezligi- 60-80 tomchi/daq. Davolash
davomiyligi odatda 10 kunni tashkil qiladi, ammo extiyoj bo‘lsa davolashni ijobiy dinamika paydo bo‘lguncha davom ettirish mumkin.
Nojo‘ya ta’sirlari
Ko‘ngil aynishi(dofaminergik jarayonlar rag‘batlanishi xisobiga), allergik reaksiyalar.
Odatda, preparat uzoq qabul qilishda xam yaxshi o‘zlashtiriladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- xomiladorlik va laktasiya.
Dorilarning o’zaro ta’siri
Preparatning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro mutanosibligi o‘rganilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Xomiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Xomiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Davolash davrida emizishni to‘xtatish zarur.
Pediatriyada qo‘llanilishi
Bolalarda qo‘llashdagi tajribalar mavjud emas.
Avtotransport vositalari va mexanizmlarni boshqarishga ta’siri
Preparat bemorni avtomobil boshqarish va potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishida dozani kamaytirishdan yoki davolashni to‘xtatilgandan so‘ng o‘tuvchi ko‘ngil aynishi,bezovtalik, uyqusizlik.
Davolash- simptomatik.
Chiqarilish shakli
Ineksiya uchun eritma 1000 mg/4ml №5, № 10 (ampulalar)
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!
Yaroqlilik muddati
2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resept bo‘yicha beriladi.