Kapomiksol- – infuziya uchun eritma

TIBBIYОTDA QO‘LLANILISНIGA DOIR YO‘RIQNOMA

KAPOMIKSOL

Preparatning savdo nomi: Kapomiksol

Dori shakli: Infuziya uchun eritma

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: natriy xloridi – 175 mg, kaliy xloridi – 150 mg, natriy laktati – 224 mg, glyukoza – 2700 mg

Yordamchi moddalar: in’eksiya uchun suv.

Ta’rifi: Tiniq, rangsiz yoki deyarli rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritmalar.

ATX kodi: B05CB

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ionli tarkibi bo‘yicha muvofiqlashtirilgan majmuaviy preparat.

Natriy – hujayradan tashqaridagi asosiy kation. Hujayradan tashqari suyuqlik hajmi uning konsentratsiyasiga bog‘liq: 92% kationlar va hujayradan tashqaridagi barcha osmotik faol zarrachalarning taxminan yarmi unga to‘g‘ri keladi. Xlor anioni bilan birga gomeostazni ushlab turish uchun muhim element hisoblanadi.

Kal’siy mushaklar qisqarishi, nerv to‘qimalarida impul’slarni o‘tishi, qon ivishi jarayonlarida ishtirok etadi. Qon-tomirlar devorining o‘tkazuvchanligini kamayishiga olib keladi, yallig‘lanish shishini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Kaliy – hujayra ichidagi asosiy kation. Neyronlar va mushak hujayralarini qo‘zg‘alish jarayonlarida muhim rol’ o‘ynaydi. Proteinlar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi.

Sut kislotasi anionlari (laktat) vodorod ionlarini biriktirib olib, asidozni bartaraf qiladi. Bikarbonatga nisbatan sekinroq ta’sir qiladi, rN muhitini keskin o‘zgarishlarini chaqirmaydi.

Glyukoza – metabolik jarayonlarni ta’minlash uchun asosiy va eng qulay energiya manbai hisoblanadi.

Shunday qilib, preparat aylanib yuruvchi qon hajmini normallashishiga, mikrosirkulyasiyani yaxshilanishiga, asidozni bartaraf qilishga, intoksikasiyani kamayishiga yordam beradi.

Farmakokinetikasi

Qon tomirlar havzasiga yuborilganida natriy laktati karbonat angidridi va suv bilan o‘zaro ta’sir qilib, natriy bikarbonatini hosil qiladi, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladigan natriy laktatining faqat yarmi (L izomeri) faol hisoblanadi, qolgan yarmi esa (D izomeri) metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.

Natriy xloridi qon tomirlar havzasidan tez chiqariladi, u AQH (aylanib yuruvchi qon hajmi) ni vaqtinchalik oshiradi. Diurezni kuchaytiradi.

Glyukoza molekulalari organizmni energiya bilan ta’minlash jarayonlariga sarflanadi. Glyukoza to‘qimalarga borganidan so‘ng, fosforlanadi va glyukozo-6- fosfatga aylanadi, keyinchalik u moddalar almashinuviga kirishadi (metabolizmning oxirgi mahsulotlari bo‘lib karbonat angidrid gazi va suv hisoblanadi). Gistogematik to‘siqlar orqali barcha a’zolar va to‘qimalarga oson o‘tadi. Organizm tomonidan butunlay o‘zlashtiriladi, buyraklar orqali chiqarilmaydi (siydikda paydo bo‘lishi patologik belgi hisoblanadi).

Qo‘llanilishi

Shok, termik jaroxat, o‘tkir qon yo‘qotilishi; gipogidratasiya (izotonik va gipotonik shakllari); metabolik asidoz; o‘tkir peritonit, ichak tutilishi (suv va tuz balansini to‘g‘rilash uchun); ichak oqmasi bilan kasallangan bemorlarda elektrolitlar buzilishlarini dekompensasiyasida; davolash plazmaferezi (dializ- fil’tratsiya usuli).

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga infuziya sifatida qo‘llaniladi. Dozasi bemorning shi, tana vazni va klinik xolatiga bog‘liq. Asosan quyidagi dozalarda qo‘llaniladi:

Kattalar uchun sutkalik doza 5-20 ml/kg ni tashkil etadi, zarur bo‘lganda 30-40 ml/kg gacha oshirish mumkin. Yuborilish tezligi 60-80 tomchi/min, oqimli yuborish mumkin.

Bolalar uchun sutkalik doza 5-10 ml/kg ni tashkil etadi, yuborish tezligi – 30-60 tomchi/min.

Nojo‘ya ta’sirlari

Anafilaktoid reaksiyalar (taxikardiya, arterial qon bosimining pasayishi, qichishish, teri giperimiyasi, xansirash, gipertermiya), giperkaliemiya. Allergik reaksiyalar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Yuqori sezuvchanlik, alkaloz, xujayradan tashqari gipergidratasiya, gipertonik degidratasiya, gipernatriemiya, katta xajmda suyuqlik yuborish mumkin bo‘lmagan xolatlar: og‘ir surunkali yurak yetishmovchiligi, miya shishi, o‘pka shishi, anuriyada qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta’siri NYaQV, androgenlar, estrogenlar, anabolik gormonlar, kortikotropin, mineralkortikoidlar, vazodilatatorlar va ganglioblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanishi organizmda Na+ ushlanib kolinishini oshirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Aniq gipovolemiya davolanishida kolloid eritmalar, qon va uning komponentlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilai (preparatning qisqa ta’siri oqibatida). Preparat uzoq vaqt qo‘llanilganda plazma va siydikda elektrolitlar nazoratini olib borish kerak.

Xomiladorlik va laktasiya davrida kullanilishi:

Xomiladorlik va laktasiya davrida kullanilishiga nisbatan karshi kursatmalar yuk.

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: ko‘ruv nervi bo‘rtiqlari shishi, miya shishi, qaltiroq, gipertermiya. Natriy xloridning toksik dozasi – 100-150 g.

Chiqarilish shakli

100 ml, 200 ml yoki 250 ml dan flakonlarda tibbiyotda qullanilishga doir yo‘riqnomasi bilan birga.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, xarorati 25°С dan yuqori bo‘lmagan joyda saqlansin. Muzlatilmasin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

×