Reforet- infuziya uchun eritma

TIBBIYОTDA QO‘LLANILISНGA DOIR YO‘RIQNOMA

REFORET®

Preparatning savdo nomi: Reforet ®

Ta’sir etuvchi moddalar (XPN): ornidazol, levofloksasin

Dori shakli: infuziya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 5 mg ornidazol, 2,5 mg levofloksasin;

yordamchi moddalar: dinatriy edetati, natriy xloridi, vodorod xlorid kislotasi yoki natriy gidroksid, in’eksiya uchun suv.

Ta’rifi: tiniq, rangsiz yoki och-sarg‘ish rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: mikroblarga qarshi vosita

ATX kodi: J01RA05.

Farmakologik xususiyatlari

Levofloksasin

Farmakodinamikasi
Levofloksasin – ftorxinolonlar guruhiga mansub sintetik antibakterial preparat va ofloksasin dori vositasining rasemik aralashmasining S-enantiomeri.

Ta’sir mexanizmi

Ftorxinolonlar guruhiga mansub antibakterial preparat sifatida levofloksasin DNK-DNK- giraza va topoizomeraza ІV kompleksiga ta’sir qiladi.

Farmakokinetika/farmakodinamika nisbati

Levofloksasinning bakterial faolligi darajasi qon zardobida maksimal konsentratsiya (Smax) yoki farmakokinetik egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) hamda minimal ingibisiya qiluvchi (bostiruvchi) konsentratsiya (MIK (MBK)) o‘rtasidagi nisbatga bog‘liq.

Rezistentlik mexanizmi
Rezistentlikning asosiy mexanizmi gyr-A genlaridagi mutasiya oqibati bo‘lib hisoblanadi. In vitro sharoitda levofloksasin va boshqa ftorxinolonlar o‘rtasida kesishgan rezistentlik mavjud. Ta’sir ko‘rsatish mexanizmi tufayli odatda levofloksasin va antibakterial vositalarning boshqa sinflari o‘rtasida kesishgan rezistentlik mavjud bo‘lmaydi.

Antibakterial spektr

Rezistentlikning tarqalganligi tanlangan turlar uchun geografik jihatdan va vaqt bo‘yicha farqlanishi mumkin, shu sababli ayniqsa og‘ir infeksiyalarni davolashda rezistentlik to‘g‘risidagi mahalliy ma’lumotlarni olish maqbul bo‘ladi. Rezistentlikning mahalliy tarqalganligi ayrim infeksiya turlarida preparat naf keltirishiga shubha tug‘dirsa, zarurat bo‘lganida mutaxassisga maslahat olish uchun murojaat qilish lozim.

Odatda sezgir turlari

Aerob grammusbat bakteriyalar

Staphylococcus aureus metisilinga sezgir, Staphylococcus saprophyticus, Streptococci, S va G guruhi, Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes

Aerob grammanfiy bakteriyalar

Burkholderia cepacia, Eikenella corrodens, Haemophilus influenzae, Haemophilus para- influenzae, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Pasteurella multocida, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri

Anaerob bakteriyalar

Peptostreptococcus

Boshqalar

Chlamydophila pneumoniae, Chlamydophila psittaci, Chlamidia trachomatis, Legionella pneumophila, Mycoplasma pneumoniae, Mycoplasma hominis, Ureaplasma urealyticum

Orttirilgan (ikkilamchi) rezistentlik muammoli bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlar

Aerob grammusbat bakteriyalar

Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus metisilinga rezistent, Staphylococcus coagulase spp.

Aerob grammanfiy bakteriyalar

Acinetobacter baumannii, Citrobacter freundii, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Morganella morganii, Proteus mirabilis, Providencia stuartii, Pseudomonas aeruginosa, Serratia marcescens

Anaerob bakteriyalar

Bacteroides fragilis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotamicron, Bacteroides vulgatus, Clostridium difficile

Boshqa ma’lumotlar

P. aeruginosa chaqirgan gospital infeksiyalarida majmuaviy davolashga ehtiyoj bo‘lishi mumkin.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Vena ichiga va peroral yuborilganida levofloksasin farmakokinetikasida jiddiy farqlar yo‘q. Vena ichiga yuborilganidan keyin preparat bronxlar shilliq qavatida va o‘pka to‘qimasining bronxial sekretida (o‘pkadagi konsentratsiya qon plazmasidagi konsentratsiyadan yuqori bo‘ladi), siydikda to‘planadi. Orqa miya suyuqligiga levofloksasin qiyin o‘tadi.

Taqsimlanishi

Levofloksasinning taxminan 30-40% qon zardobi oqsillari bilan bog‘lanadi. Sutkada 1 marta 500 mg dan ko‘p marta qo‘llanganida levofloksasinning to‘planish samarasi deyarli yo‘q. Sutkada ikki marta 500 mg dan dozada qo‘llanilganidan keyin preparatning sezilarli bo‘lmagan, ammo taxmin qilinadigan to‘planish samarasi mavjud. Barqaror holatga 3 kun davomida erishiladi.

Organizm to‘qimalari va suyuqliklariga o‘tishi

Bronxlar shilliq qavatlariga, o‘pka to‘qimalarining bronxial sekretiga (O‘TBS) o‘tishi

Preparat 500 mg peroral qo‘llanilganidan keyin bronxlar shilliq qavatida va o‘pka to‘qimasining bronxial sekretida levofloksasinning maksimal konsentratsiyasi muvofiq ravishda 8,3 mkg/g va 10,8 mkg/ml ni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkichlarga preparat qabul qilinganidan keyin bir soat davomida erishilgan.

O‘pka to‘qimalariga o‘tishi

Preparat 500 mg peroral qo‘llanilganidan keyin o‘pka to‘qimalarida levofloksasinning maksimal konsentratsiyasi 11,3 mkg/ml ni tashkil etgan va preparat qabul qilinganidan keyin 4-6 soatdan so‘ng erishilgan. O‘pkadagi konsentratsiya qon plazmasidagi konsentratsiyadan yuqori bo‘ladi.

Qovuq ichiga o‘tishi

Qovuq ichiga levofloksasinning 4-6,7 mkg/ml ni tashkil etgan maksimal konsentratsiyasiga preparat 3 kun davomida sutkada muvofiq ravishda bir yoki ikki marta 500 mg dan dozada qo‘llanilganidan keyin erishilgan.

Serebrospinal (orqa miya) suyuqligiga o‘tishi

Levofloksasin orqa miya suyuqligiga yomon o‘tadi.

Prostata to‘qimalariga o‘tishi

Preparat 3 kun davomida sutkada bir marta 500 mg dan dozada qo‘llanilganida prostata to‘qimalarida levofloksasinning o‘rtacha konsentratsiyasi 2 soatdan, 6 soatdan va 24 soatdan so‘ng muvofiq ravishda 8,7 mkg/g, 8,2 mkg/g va 2 mkg/g ni, prostata/plazma konsentratsiyasining o‘rtacha koeffisienti 1,84 ni tashkil etgan.

Siydikdagi konsentratsiyasi

Levofloksasinning 150 mg, 300 mg va 500 mg li dozasi ichga bir marta qabul qilingandan keyin 8-12 soat o‘tgach siydikdagi o‘rtacha konsentratsiyasi muvofiq ravishda 44 mg/l, 91 mg/l va 200 mg/l ni tashkil etgan.

Biotransformasiyasi

Levofloksasin juda ham sezilmas darajada metabolizmga uchraydi, dismetil-levofloksasin i levofloksasin N-oksid metabolitlar bo‘lib hisoblanadi. Ushbu metabolitlar siydik bilan ajraladigan preparatning 5% kam miqdorini tashkil etadi. Levofloksasin stereokimyoviy jihatdan barqaror hisoblanadi va xoral struktura inversiyasiga olib kelmaydi.

Chiqarilishi

Levofloksasin peroral va vena ichiga yuborilganidan keyin qon plazmasidan nisbatan sekin chiqariladi (yarim chiqarilish davri 6-8 soatni tashkil etadi). Preparat odatda buyraklar orqali chiqariladi (yuborilgan dozaning 85 %).

Vena ichiga va peroral yuborilganida levofloksasin farmakokinetikasida jiddiy farqlar yo‘q, bu esa peroral va vena ichiga yuborilishi usullari o‘zaro almashina olish mumkinligi haqida dalolat beradi.

Proporsionallik

Levofloksasin 50-600 mg diapazonda to‘g‘ri proporsional farmakokinetikaga ega.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Buyrak yetishmovchiligi levofloksasin farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatadi. Buyrak faoliyati pasayganida buyrak orqali chiqarilishi va klirensi pasayadi, yarim chiqarilish davrlari esa oshadi.

Keksa yoshdagi pasientlar

Yosh va keksa yoshdagi pasientlarda levofloksasin farmakokinetikasida kreatinin klirensi bilan bog‘liq farqlardan tashqari sezilarli farqlar yo‘q.

Gender farqlanishlari

Ayol va erkak jinsdagi pasientlar bo‘yicha o‘tkazilgan alohida tahlil levofloksasin farmakokinetikasida jins bilan bog‘liq sezilarli bo‘lmagan farqlarni namoyon etgan. Ushbu gender farqlanishlari klinik jihatdan ahamiyatli ekanligini tasdiqlovchi dalillar mavjud emas.

Ornidazol

Farmakodinamikasi

Ornidazolning ta’sir etish mexanizmi unga sezgir mikroorganizmlarda DNK strukturasining buzilishi bilan bog‘liq. Ornidazol Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis) larga, shuningdek Bacteroides, Fusobacterium spp. kabi ayrim anaerob bakteriyalarga; Clostridium spp. anaerob grammusbat bakteriyalarga, Eubacterium spp. sezgir shtammlariga; Peptococcus spp. anaerob grammusbat kokklarga, Peptostreptococcus spp ga nisbatan faol hisoblanadi.

Mikrob hujayrasiga yengil ravishda o‘ta oladi va DNK bilan bog‘langan holda, replikasiya jarayonini buzadi.

Farmakokinetikasi

Ornidazol gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali yaxshi o‘ta oladi, orqa miya suyuqligiga, safroga o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajraladi. Vena ichiga 15 mg/kg dozada yuborilganida va keyinchalik har 1 kg uchun 7,5 mg dozada har 6 soatda yuborilganida muvozanat konsentratsiyasi 18-26 mkg/ml ni tashkil etadi. Organizmda preparatning taxminan 30-60% gidroksil guruhini qo‘shilishi, oksidlanish va glyukuronizasiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi. Ornidazol ko‘proq (60-80%) siydik orqali deyarli 20% o‘zgarmagan ko‘rinishda, 6-15% axlat orqali organizmdan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Preparatning komponentlariga sezgir qo‘zg‘atuvchilar (mikroorganizmlar va sodda hayvonlar) chaqirgan siydik-tanosil yo‘llarining aralash infeksiyalarini davolash.

Ginekologik operatsiyalar o‘tkazilganidan keyingi yiringli-yallig‘lanish asoratlarini oldini olish.

Nafas yo‘llarining o‘tkir infeksiyalarini davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga tomchilab yuboriladi.

Preparatning sutkalik dozasi 100 ml ni (500 mg ornidazol va 250 mg levofloksasin) tashkil etadi. Davolash davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq. Bemor holati barqarorlashgandan keyin, levofloksasin va ornidazolni peroral qabul qilishga o‘tish kerak. Davolashni kasallikning klinik simptomlari yo‘qolganidan yoki qo‘zg‘atuvchini yo‘qolganligini tasdiqlovchi laboratoriya ma’lumotlari olinganidan keyin 48-72 soat mobaynida davom ettirish lozim.

Og‘ir infeksiya hollarida preparatning maksimal sutkalik dozasi sutkasiga 1-2 marta yuborish uchun 200 ml (1000 mg ornidazol va 500 mg levofloksasin) ni tashkil etadi.

Kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam buyrak faoliyatlari buzilishi bo‘lgan katta yoshdagi pasientlar uchun dozalash (doza levofloksasinga ko‘ra hisoblanadi):

Kreatinin klirensiDozalash tartibi
  minutiga 50-20 mlbirinchi doza – 250 mg keyingilari– 125 mg/24 soatbirinchi doza – 500 mg keyingilari– 250 mg/24 soatbirinchi doza – 500 mg keyingilari– 250 mg/12 soat
  minutiga 19-10 mlbirinchi doza – 250 mg keyingilari– 125 mg/48 soatbirinchi doza – 500 mg keyingilari– 125 mg/24 soatbirinchi doza – 500 mg keyingilari– 125 mg/12 soat
10 ml/min (shuningdek gemodializ va SAPD 1)birinchi doza – 250 mg keyingilari– 125 mg/48 soatbirinchi doza – 500 mg keyingilari– 125 mg/24 soatbirinchi doza – 500 mg keyingilari– 125 mg/24 soat

1 – Gemodializ yoki surunkali ambulatoriya peritoneal dializi (SAPD) dan keyin qo‘shimcha dozalar kerak emas.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozalash. Levofloksasin jigarda kam darajada metabolizmga uchraganligi sababli dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Keksa yoshdagi pasientlarda dozalash. Agar buyrak faoliyati buzilmagan bo‘lsa, dozaga tuzatish kiritishga ehtiyoj yo‘q. Vena ichiga yuborish uchun eritma preparatni vena ichiga asta-sekin tomchilab infuziyasi yo‘li bilan yuboriladi. 100 ml preparat (500 mg ornidazol va 250 mg levofloksasin) eritmasini yuborish davomiyligi 60 minutdan kam bo‘lmasligi kerak.

Pasientning holatiga ko‘ra bir necha kundan keyin preparatni vena ichiga yuborishdan aynan shu dozada peroral qabul qilishga o‘tish mumkin.

Davolash davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq. Boshqa antibakterial vositalarni qo‘llashdagi kabi ushbu preparat bilan davolashni tana harorati normaga kelganidan yoki qo‘zg‘atuvchilar yo‘qolganligi mikrobiologik testlar bilan tasdiqlanganidan keyin kamida 48-72 soat mobaynida davom ettirish tavsiya etiladi.

Nojo‘ya ta’sirlari

Nojo‘ya reaksiyalar quyida keltirilgan MedRA a’zolar tizimi tasnifiga muvofiq ta’riflangan. Uchrash tez-tezligi quyidagi shartli belgilardan kelib chiqib aniqlanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez- tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, ≤1/100), kam hollarda (≥1/10000, ≤1/1000), juda kam hollarda (≤1/10000), noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha baholashning imkoni yo‘q).

Qon tizimi va limfa tizimi tomonidan

Tez-tez emas: leykopeniya, eozinofiliya.

Kam hollarda: trombositopeniya, neytropeniya.

Juda kam hollarda: agranulositoz.

Noma’lum: pansitopeniya, gemolitik anemiya.

Immun tizimi tomonidan

Juda kam hollarda: eshakemi, bronxospazm va ehtimol og‘ir nafas siqilishi belgilari bo‘lgan anafilaktik shok.

Anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar ba’zan birinchi dozani qabul qilgandan so‘ng yuzaga kelishi mumkin.

Ruhiyat tomonidan

Tez-tez emas: uyqusizlik, asabiylashish.

Kam hollarda: psixotik buzilishlar, depressiya, ongni chalkashishi, bezovtalik, qo‘zg‘aluvchanlik, xavotirlik.

Juda kam hollarda: o‘z-o‘ziga shikast yetkazish xulq-atvorli psixotik reaksiyalar, shu jumladan o‘z joniga qasd qilishga qaratilgan fikr va harakatlar, gallyusinasiyalar.

Nerv tizimi tomonidan

Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik. Kam hollarda: tirishishlar, tremor, paresteziyalar, rigidlik, koordinasiyani buzilishi.

Juda kam hollarda: sensor yoki sensomotor periferik neyropatiya, disgevziya (ta’m bilishni sub’ektiv buzilishi), shu jumladan agevziya (ta’m bilishni yo‘qolishi), parosmiya (hid bilishni buzilishi), shu jumladan anosmiya (hid bilishni yo‘qolishi), vaqtinchalik hushdan ketish.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan

Kam hollarda: taxikardiya, arterial bosimni pasayishi.

Juda kam hollarda: kollaps.

Noma’lum: QT intervalini uzayishi.

Ovqat hazm qilish yo‘llari/moddalar almashinuvi tomonidan

Tez-tez: diareya, ko‘ngil aynishi.

Kam hollarda: ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izda metall ta’mi.

Juda kam hollarda: kolitni, shu jumladan soxtamembranoz kolitni namoyon qiladigan qonli ich ketishi, ishtahani yo‘qligi, og‘iz qurishi, tilni karash bilan qoplanishi, qusish, ovqat hazm qilishni buzilishi, gipoglikemiya, anoreksiya.

Gepatobiliar buzilishlar.

Tez-tez: jigar fermentlari (ALT, AST, IF, GGTP) ko‘rsatkichlarini oshishi.

Tez-tez emas: bilirubinni oshishi.

Juda kam hollarda: gepatit.

Noma’lum: sariqlik va jigarning og‘ir shikastlanish hollari, shu jumladan asosan asosiy kasalligi og‘ir bo‘lgan pasientlarda preparat tarkibiga kiruvchi levofloksasin qabul qilinganida o‘tkir jigar yetishmovchiligi hollari bo‘lishi mumkin.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan

Tez-tez emas: toshma, qichishish, terini qizarishi.

Kam hollarda: eshakemi.

Juda kam hollarda: teri va shilliq qavatlarning (masalan, yuz terisi va halqum shilliq qavatining) angionevrotik shish, quyosh va ul’trabinafsha nurlanishlarga sezuvchanlikni oshishi, porfiriya.

Noma’lum: toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), Stivens-Djonson sindromi, ekssudativ ko‘p shaklli eritema, gipergidroz.

Ba’zan birinchi dozani qabul qilgandayoq teri-shilliq qavatlar tomonidan reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin.

Tayanch-harakat apparati tomonidan.

Kam hollarda: paylarni shikastlanishi, shu jumladan yallig‘lanishi, bo‘g‘im yoki mushaklarda og‘riq.

Juda kam hollarda: pay (masalan, axill payi) uzilishi. Ushbu nojo‘ya ta’sir davolash boshlaganidan 48 soat ichida namoyon bo‘lishi va ikkala oyoq axill paylarini shikastlantirishi mumkin. Mushak holsizligi, bu og‘ir miasteniya mavjud bo‘lgan bemorlar uchun muhim o‘rin tutadi, mushaklarni shikastlanishi (rabdomioliz).

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan

Tez-tez emas: qon zardobida kreatinin ko‘rsatkichlarini oshishi.

Juda kam hollarda: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (interstisial nefrit oqibatida). Yuborilgan joyda umumiy buzilishlar va holatlar.

Tez-tez emas: asteniya. Juda kam hollarda: pireksiya.

Noma’lum: og‘riq (shu jumladan bel, ko‘krak va qo‘l-oyoqlardagi og‘riq).

Infeksiya va invaziyalar

Tez-tez emas: mikozlar (va boshqa rezistent mikroorganizmlarning proliferatsiyasi).

Ko‘rish a’zolari tomonidan

Juda kam hollarda: ko‘rishni buzilishi. Eshitish a’zolari tomonidan va vestibulyar buzilishlar

Tez-tez emas: vertigo.

Juda kam hollarda: eshitish qobiliyatini buzilishi.

Noma’lum: quloq shang‘illashi.

Nafas olish tizimi tomonidan

Kam hollarda: bronxospazm, hansirash.

Juda kam hollarda: allergik pnevmonit.

Boshqa nojo‘ya ta’sirlari: ekstrapiramid simptomlar va harakat koordinasiyasini boshqa buzilishlari, gipersensitiv vaskulit, porfiriyasi bo‘lgan pasientlarda porfiriya xurujlari. Har qanday antibakterial vositalarni qo‘llash inson organizmidagi normal mikroflorani buzilishi bilan bog‘liq buzilishlarga olib kelishi mumkin. Shu sababga ko‘ra, qo‘shimcha davolashni talab qiluvchi ikkilamchi infeksiya rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Levofloksasinga yoki ornidazolning boshqa ftorxinolonlarga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; markaziy nerv tizimining organik kasalliklari: tutqanoq, tarqoq skleroz; anamnezida ftorxinolonlar qo‘llanganidan keyingi pay uzilishlari, qon aylanishini buzilishi, surunkali alkogolizmda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Levofloksasin

Levofloksasin va teofillinni bir vaqtda buyurilishi qon plazmasida teofillin konsentratsiyasini oshishiga va uning yarim chiqarilish davrini uzayishiga olib kelishi mumkin. Probenesid, azlosillin qon plazmasida preparat konsentratsiyasini oshiradi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) levofloksasinni markaziy nerv tizimiga ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Levofloksasin siklosporinning nefrotoksikligini va ayrim NYaQPning neyrotoksikligini oshiradi. Varfarin bir vaqtda qabul qilinganida koagulyasiya ko‘rsatkichlarini nazorat qilish zarur. Peroral gipoglikemik vositalar bir vaqtda qabul qilinganida qonda glyukoza darajasini nazorat qilish lozim. Karboangidraza, natriy sitrati ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilinishi kristalluriyani rivojlanish xavfini oshiradi.

Probenesid va simetidin

Probenesid va simetidin levofloksasinni chiqarilishiga statistik jihatdan ishonchli ta’sir qiladi. Levofloksasinni buyrak klirensi simetidin mavjud bo‘lganida 24% ga va probenesid mavjud bo‘lganida 34% ga pasayadi. Bu har ikkala preparat levofloksasinni kanalchalari sekresiyasini to‘sishga qodirligi sababli yuz beradi. Biroq tadqiqotlar davomida sinalgan dozalarda statistik ahamiyatga ega kinetik farqlar klinik ahamiyatga ega ekanligi haqiqatdan uzoq hisoblanadi. Levofloksasinni probenesid va simetidin kabi kanalchalari sekresiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalari bilan bir vaqtda, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga, qo‘llashga ehtiyotkorlik bilan qarash kerak.

K vitaminining antagonistlari

K vitaminining antagonistlari (masalan, varfarin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan koagulyasiya testlari ko‘rsatkichlarining (PCh/xalqaro normallashtiruvchi nisbat) oshishi va/yoki qon ketishi haqida xabar berilgan. Shunga qaramay, parallel ravishda K vitaminining antagonistlarini qabul qilayotgan pasientlarda koagulyasiya ko‘rsatkichlarini nazorat qilish zarur.

QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalari

QT intervalini uzaytirishga qodirligi ma’lum bo‘lgan dori vositalarini (masalan, IA va III sinf antiaritmik vositalar, trisiklik antidepressantlar va makrolidlarni) qabul qilayotgan pasientlarga boshqa ftorxinolonlar kabi levofloksasinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Boshqa ma’lumotlar

Farmakologiya klinik tadqiqotlari levofloksasin kal’siy karbonati, digoksin, glibenklamid, ranitidin bilan birga qabul qilinganida levofloksasin farmakokinetikasiga hech qanday klinik ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaganligini namoyon qildi.

Ornidazol

Bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida ornidazol kumarin qatori antikoagulyantlari (varfarin va boshqalar) ta’sirini rag‘batlantiradi, bu esa ularning dozasiga tegishli tuzatishlar kiritishni talab qiladi. Vekuroniy bromidi ta’sirini uzaytiradi.

Nomutunosiblik. Preparat yuborilganda uni boshqa in’eksion eritmalar bilan aralashtirmaslik lozim.

Maxsus ko‘rsatmalar

Faqat davolashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatma bo‘lganida jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan bemorlarga, keksa yoshdagi bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Davolash kursi davomida buyrak va jigar faoliyatini nazorat qilish zarur.

Preparat qo‘llanilayotganida alkogolni iste’mol qilishdan saqlanish lozim.

Preparat bilan davolashda ul’trabinafsha nurlanishini qo‘llash mumkin emas.

Kam hollarda kuzatiladigan tendenit paylarni uzilishiga olib kelish mumkin. Keksa yoshdagi bemorlar bunday asoratga moyilroq bo‘ladilar. Tendenitga shubha qilinganida preparat bilan davolashni zudlik bilan to‘xtatish va shikastlangan payni davolashni boshlash lozim.

Davolash vaqtida og‘ir va uzoq davom etadigan diareya yuzaga kelganida soxtamembranoz kolit tashhisini istisno qilish lozim, u preparat buyurilishini bekor qilishni talab etadi.

Preparatni qo‘llash davrida bemorlar kristalluriyani oldini olish uchun yetarli miqdorda suyuqlikni qabul qilishlari kerak.

Tirishishlarga moyil bo‘lgan pasientlar

Preparatni anamnezda tutqanoq kasalligi bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas, va boshqa xinolonlar bilan bo‘lgani kabi preparatni ilgari markaziy nerv tizimi shikastlanishlari bo‘lgan pasientlar singari tirishishlarga moyil pasientlarga fenbufen va unga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari yoki teofillin kabi tirishishga qarshi tayyorgarlikni oshiruvchi (tirishish bo‘sag‘asini pasaytiruvchi) dori vositalari bilan bir vaqtda davolashda o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Tirishishlar paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatish lozim.

Gipoglikemiya

Ayniqsa qandli diabet bilan kasallangan, gipoglikemik vositalar (masalan, glibenklamid) bilan peroral yoki insulin bilan yondosh davolangan pasientlarda gipoglikemiya holatlari to‘g‘risida xabar qilingan. Qandli diabet bilan kasallangan pasientlarda qonda glyukoza darajasini sinchkovlik bilan kuzatish tavsiya etiladi

K vitaminining antagonistlarini qabul qilgan pasientlar

Preparatni K vitamini antagonisti (masalan, varfarin) bilan birga qabul qilgan pasientlarda koagulyasiya testlari ko‘rsatkichlari (PCh/xalqaro normallashtiruvchi nisbat) oshishi va/yoki qon ketishi mumkinligi sababli, agar bu dori vositalari bir vaqtda qo‘llanilsa, koagulyasiya testlari bo‘yicha kuzatuvni olib borish lozim.

Psixotik reaksiyalar

Xinolonlarni, shu jumladan levofloksasinni qabul qilayotgan pasientlarda psixotik reaksiyalar haqida xabar qilingan. Juda kam hollarda ushbu reaksiyalar, gohida levofloksasinni faqat yagona dozasi qabul qilinganidan keyin, o‘z joniga qasd qilish fikrlariga va o‘ziga shikast yetkazishga undovchi fe’l-atvorga qadar rivojlangan. Agar pasientda ushbu reaksiyalar yuzaga kelsa, levofloksasinni qabul qilishni to‘xtatish va simptomatik davolashni o‘tkazish lozim. Psixotik buzilishlari yoki anamnezda ruhiy kasalliklari bo‘lgan pasientlarda levofloksasinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.

QT intervalini uzayishi

Quyidagicha kabi QT intervali uzayishi xavfi ma’lum omillari bo‘lgan pasientlarga ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksasinni qo‘llashga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish lozim, masalan:

  • QT intervalini uzayishi tug‘ma sindromi;
  • QT intervalini uzaytirishga qodirligi ma’lum bo‘lgan dori vositalarini (masalan, IA va III sinf antiaritmik vositalar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlarni) bir vaqtda qo‘llash;
  • to‘g‘rilanmagan elektrolit disbalansi (masalan, gipokaliemiya, gipomagniemiya);
  • keksa yoshdagi pasient;
  • yurak kasalligi (masalan yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya).

Periferik neyropatiya

Ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksasinni qabul qilayotgan pasientlarda tezda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sensor yoki sensomotor periferik neyropatiya haqida xabar berilgan. Agar pasientda neyropatiya simptomlari kuzatilayotgan bo‘lsa, qaytmas holat yuzaga kelishini oldini olish uchun levofloksasinni qabul qilish to‘xtatilishi lozim.

Gepatobiliar buzilishlar

Levofloksasin qabul qilinganida ko‘proq og‘ir asosiy kasalliklari, masalan sepsis bo‘lgan pasientlarda hayot uchun xavf tug‘diradigan nekrotik gepatitdan to jigar yetishmovchiligiga qadar holatlar haqida xabar qilingan. Agar bunday holatlar va anoreksiya, sariqlik, siydikning qora rangda ekanligi, qorin sohasida qichishish yoki og‘riqlar kabi jigar kasalligi simptomlari yuzaga kelsa, pasientlarga davolanishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish tavsiya etilishi lozim.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni qo‘llash mumkin emas.

Bolalar

Preparatni qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri.

Preparat stasionar sharoitlarida qo‘llaniladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Levofloksasin

Doza oshirib yuborilganligining ehtimol qilinadigan muhim simptomlari (bosh aylanishi, ongni buzilishi va tirishish xurujlari) markaziy nerv tizimiga taalluqlidir. O‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra terapevtik dozadan yuqori bo‘lgan dozalar qo‘llanganida QT- intervalni uzayishi kuzatilgan. Doza oshirib yuborilgan taqdirda pasientni sinchkovlik bilan kuzatish, shu jumladan EKG o‘tkazilishi zarur. Davolash simptomatik amalga oshiriladi.

Ornidazol

Doza oshirib yuborilganida hushdan ketish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, titroq, tirishishlar, dispeptik buzilishlar bo‘lishi mumkin. Davolash: maxsus antidot noma’lum; simptomatik davolash o‘tkaziladi, tirishishlar paydo bo‘lganida diazepam buyuriladi.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 100 ml, 200 ml (flakonlarda)

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºС dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

×