Metofarc-ichish uchun emulsiya

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

METOFARC

Preparatning savdo nomi: Metofark

Ta’sir etuvchi modda (XPN): Simetikon

Dori shakli: ichish uchun emul’siya

Tarkibi: 1 ml kuyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: Simetikon – 66,66 mg.

Yordamchi moddalar: natriy saxarinati, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, natriy karmelloza, limon kislota monogidrati, malina xushbo‘yi, tozalangan suv.

Ta’rifi: Quyuq, tiniq bo‘lmagan oq va oqdan krem rangigacha tusli ko‘rinishdagi meva xidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruxi: Meteorizmga karshi vosita.

ATX kodi: 03AX13

Farmakologik xususiyatlari

Meteorizmni kamaytiruvchi preparat. Fazalar bo‘linishi chegarasida sirt tarangligini pasaytirib, ozuqa osilmasida va me’da-ichak yullari(MIY)ning shillig‘ida gaz pufakchalarini xosil bo‘lishini qiyinlashtiradi va ularni parchalanishiga yordam beradi. Bunda ajralib chiqayotgan gazlar ichak devorlari tomonidan yutilishi yoki peristaltika tufayli chikarilishi mumkin. Bu og‘riqli dam bo‘lishlarini chaqiruvchi katta gazli, shilliqli kondomeratlarning xosil bo‘lishini oldini oladi.

Sono va rentgenografiyada tasvir nuqsonlarining paydo bo‘lishini oldini oladi; kontrast plyonkani parchalanishiga to‘sqinlik kilib yo‘gon ichakning shilliq qavatini kontrast preparatlar bilan yaxshi yopilishiga yordam beradi.

Kimyoviy inertligi tufayli MIY dagi mikroorganizmlar va fermentlarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ovqatning so‘rilishini kamaytirmaydi, me’da shirasinig reaksiyasi va xajmini o‘zgartirmaydi.

Farmakokinetika

Simetikon peroral yuborilganidan keyin MIY dan so‘rilmaydi. Va axlat bilan o‘zgarmagan xolda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • MIY da kuchli gaz xosil bo‘lishi va gazlarni to‘planishi (og‘riqli sanchqilarni, qorin bo‘shlig‘ida to‘lib ketishi xissi, dispepsiya, meteorizm (shu jumladan operatsiyadan keyingi davrdagi), Remgel’d sindromi, aerofagiya).
  • qorin bushlig‘i va kichik chanok a’zolarining diagnostik tekshiruvlarga tayyorlash (rentgenografiya, sonografiya, gastroskopiya va duolenoskopiya- ko‘pik xosil bo‘lishini oldini olish).

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni ovqatdan keyin ichga qabul qilish buyuriladi.

Iste’mol qilishdan oldin bir xil emul’siya bo‘lgunicha chaykatish kerak.

Prepartning dozasini aniq o‘lchash uchun, tomchilash vaqtida flakonni vertikal ushlash kerak.

MIY soxasida kuchli gaz xosil bo‘lishi va gazlarni to‘planishi: xayotining 28 chi kunidan boshlab 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 8 tomchidan (20 mg simetikon) sutkada 4 marta; 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 14 tomchidan (35 mg simetikon) sutkada 4 marta; 6 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 16 tomchidan (40 mg simetikon) sutkada 4 marta. Preparatni qulayroq qo‘llash uchun, xususan kichik bolalarda, uni kaynatib sovutilgan suv, bolalar ozuqasi ,yoki gazlanmagan suyuqlikning oz miqdori bilan oldindan aralashtirish mumkin.

Davolash loxaslik yuqolgunicha davom ettiriladi.

Diagnostik muolojalarga tayyorlash (MIYning rentgenografik tadqiqoti) tadqiqotlardan bir kun oldin sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) quyidagi dozani qabul qilish kerak: xayotining 28 chi kunidan boshlab 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 10 tomchidan (25 mg simetikon) sutkada 2 marta; 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 16 tomchidan (40 mg simetikon) sutkada 2 marta; 6 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 20 tomchidan (50 mg simetikon) sutkada 2 marta.

MIY ni sonografik tadqiqotlari: tadqiqotlardan bir kun oldin sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) rentgenografik tadqiqotga tayyorlashdagi kabi preparatning xuddi shunday miqdorini qabul qilish kerak. Tadqiqot boshlanishidan uch soat oldin dozani takrorlash kerak.

Nojo‘ya ta’sirlari

Allergik reaksiyalar rivojlanishi extimoli bor.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • ichakning o‘tkazmasligi;
  • MIY ning obstruktiv kasalliklari;
  • xayotining 28 kunigacha bo‘lgan chaqaloqlar;
  • simetikonga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik davrida ona uchun davolashdan kutilgan foyda homila uchun rivojlanishi mumkin bo‘lgan havfdan ahamiyatli darajada ustun bo‘lgan holatdagina preparatni qo‘llash tavsiya etiladi. Preparatni emizikli ayollarga ko‘llash xavfsizligi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Emizish davrida preparatni faqat zarurat bo‘lganida qo‘llash mumkin.

Bolalarda qo‘llash

Chaqaloqlarda xayotining 28 chi kunigacha preparatni qo‘llash man etiladi.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Simetikon peroral antikoagulyantlarning so‘rilishini buzilishini chaqirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat kand saqlamaydi, qandli diabeti va ovkat xazm bo‘lishi buzilishi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin.

Preparatni qo‘llash davrida gazlangan ichimliklarni ichish tavsiya qilinmaydi.

Preparatni qabul qilish ayrim diagnostik testlar, masalan gazak katronini ishlatishi bilan o‘tkaziluvchi testini natijalarini o‘zgartirishi mumkin.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’sir qilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilganligi xaqida ma’lumotlar mavjud emas.

Simetikon MIYda so‘rilmaydi va dozani oshirib yuborish xayot va sog‘liq uchun xavf tug‘dirmaydi.

Chiqarilish shakli

Ichish uchun emul’siya 66,66 mg/ml 30 ml, 50 ml, 100 ml (flakonlar o‘lchov qoshig‘i yoki stakancha bilan to‘plamda yoki ularsiz).

Saqlash sharoiti

Preparat yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 15°C dan 25°C gacha xaroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz ruxsat etilgan.

×