Lignova-Lakto- tabletkalar

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

LIGNOVA LAKTO

Preparatning savdo nomi: Lignova Lakto

Ta’sir etuvchi moddalar (XPN): Gidrolizlangan lignin, laktuloza

Dori shakli: Tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: Gidrolizlangan lignin (quruq moddaga qayta hisoblaganda) – 355,0 mg; laktuloza (100% moddaga hisoblanganda) – 120,0 mg.

yordamchi moddalar: natriy kroskarmelloza, magniy stearati, mikrokristallik sellyuloza,polivinlipirrolidon.

Ta’rifi: Oq-kulrang dog‘lari bo‘lgan to‘q-jigarrang rangli, riskali va faskali, yassi silindr shaklli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Eubiotik.

ATX kodi: A07FA01

Farmakologik xususiyatlari

Preparatning farmakologik ta’siri tarkibiga kiruvchi faol komponentlar – lignin va laktulozaning xususiyatlari bilan bog‘liq.

Gidrolizlangan lignin – yog‘och komponentlari gidrolizining mahsulotlaridan tashkil topgan tabiiy enterosorbent, yuqori sorbsiyalovchi (yutuvchi) faollikka va nospesifik dezintoksikasion ta’sirga ega. Ichakda patogen bakteriyalarni va bakterial toksinlarni, dori preparatlarini, og‘ir metall tuzlarini, alkogolni, allergenlarni, shuningdek modda almashinuvining ayrim oshiqcha mahsulotlarni, shu jumladan bilirubin, xolesterin, gistamin, serotonin, mochevina, endogen toksikozni rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan boshqa metabolitlarni bog‘laydi va organizmdan chiqaradi.

Zaharli emas, so‘rilmaydi, ichakdan 24 soat davomida to‘liq chiqariladi.

Laktuloza – sintetik disaxarid, uning molekulasi galaktoza va fruktoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Laktuloza me’dada va ichakning yuqori bo‘limlarida so‘rilmaydi va gidrolizga uchramaydi. Tabletkadan yo‘g‘on ichakda substrat sifatida ajralib chiqqan laktuloza, bifidobakteriyalar va laktobasillalarni o‘sishini rag‘batlantirib, ichakning normal mikroflorasi tomonidan fermentlanadi. Laktulozani yo‘g‘on ichakdagi gidrolizi natijasida, patogen mikroorganizmlarini o‘sishini susaytiruvchi va buning oqibatida azot saqlovchi toksik moddalarni xosil bo‘lishini kamaytiruvchi organik – sut, sirka va chumoli kislotalari hosil bo‘ladi. Ta’riflangan jarayon yo‘g‘on ichak ichida osmotik bosimni oshishiga va peristal’tikani rag‘batlantirilishiga olib keladi.

Preparatni majmuaviy ta’siri yo‘g‘on ichakning mikrobiosenozini me’yorlashuviga va endogen toksik holatlarining jadalligini pasayishiga yo‘naltirilgan.

Qo‘llanilishi

Ichak mikroflorasini buzilishi, shu jumladan antibiotikoterapiya natijasidagi; ta’sirlangan ichak sindromini, gepatitlar va jigar sirrozini, allergik kasalliklarni (atopik dermatit, eshakemi) majmuaviy davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, zarurati bo‘lganida – ovqatdan va boshqa dori vositalarini qabul qilishdan bir soat oldin oldindan maydalab, suv bilan ichiladi.

  • kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 2-3 tabletkadan kuniga 3 marta,
  • 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta,
  • 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1 tabletkadan kuniga 3 marta,
  • 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1/2 tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi.

Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi -2-3 hafta.

Preparatni uzoq ishlatilishi va davolashni qayta kurslari faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.

Nojo‘ya ta’sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar, kam hollarda – meteorizm, diareya bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, ichak tutilishi, me’da-ichakdan qon ketishlari, galaktozemiya. Prepartni me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishida, ichak atoniyasida ishlatish maqsadga muvofiq emas.

Dorilar bilan o‘zaro ta’siri

Ichga bir vaqtda qabul qilinayotgan ayrim preparatlarning davolash samarasini pasayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni boshqa dori preparatlari bilan alohida qabul qilish qoidasiga rioya qilgan holda majmuaviy davolashda ishlatish mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: qabziyat, qorinda og‘riqlar kuzatilishi mumkin.

Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtatish lozim.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar №10 (1×10), №20 (2×10), №30 (3×10), №40 (4×10), №50 (5×10), №60 (6×10) (kontur-uyali o‘ramlarda), №20, №30, №40, №50, №60 (flakonlarda).

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

×