Nevaron® Neo – inyeksiya uchun eritma

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

NEVARON® NEO

Preparatning savdo nomi: Nevaron® Neo

Ta’sir etuvchi moddalar (XPN): tiamin gidroxloridi + piridoksin gidroxloridi + sianokobalamin+ lidokain gidroxloridi

Dori shakli: In’eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

2 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 100,0mg tiamin gidroxloridi, 100,0mg piridoksin gidroxloridi, 1,0mg sianokobalamin, 20,0mg lidokain gidroxloridi;

yordamchi moddalar: benzil spirti, natriy polifosfati, kaliy ferrisianidi, natriy gidroksidi, in’eksiya uchun suv 2 ml gacha.

Ta’rifi: qizil rangli tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Vitamin.

ATX kodi: A11E

Farmakologik xususiyatlari

B guruhi neyrotrop vitaminlari nervlar va harakat apparatining yallig‘lanish va degenerativ kasalliklariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qon oqimini kuchayishiga yordam beradi va nerv tizimining ishini yaxshilaydi.

Tiamin keyinchalik uglevodlarning metabolizmida, shuningdek TPF (tiamin pirofosfat) va ATF (adenozin trifosfat) sintezida ishtiroki bilan Krebs siklida asosiy rol’ o‘ynaydi.

Piridoksin protein metabolizmida, va qisman, uglevodlar va yog‘lar metabolizmida ishtirok etadi. Ikkala vitaminlarning fiziologik funksiyasi, bir-birining ta’sirini potensiyalashi hisobiga nerv, nerv-mushak va yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta’siri bilan ifodalanadi. Keng tarqalgan V6 vitaminining tanqisligi holatlari bu vitaminlar yuborilganidan keyin tez bartaraf qilinadi.

Sianokobalamin mielin qobig‘ining sintezida ishtirok etadi, gemopoezni rag‘batlantiradi, periferik nerv tizimini shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riq tuyg‘ularini kamaytiradi, folat kislotasini faollashishi orqali nuklein almashinuvini rag‘batlantiradi.

Lidokain – mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita, mahalliy anasteziyaning barcha turlarini: terminal, infil’trasion, o‘tkazuvchi anasteziyani chaqiradi.

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga yuborilganidan keyin tiamin in’eksiya joyidan tez so‘riladi va qonga tushadi (birinchi kuni 50mg doza yuborilganidan keyin 15 minut o‘tgach 484 ng/ml) va uning leykositlarda 15%, eritrositlarda 75% va plazmada 10% miqdori bilan organizmda notekis taqsimlanadi. Organizmda vitaminning ahamiyatli zahiralarining yo‘qligi tufayli, u organizmga xar kuni tushishi kerak. Tiamin gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi va ona sutida aniqlanadi. Tiamin siydik bilan al’fa-fazada 0,15 soat o‘tgach, beta-fazada – 1 soat o‘tgach va terminal fazada – 2 kun davomida chiqariladi. Asosiy metabolitlari: tiaminkarbon kislotasi, piramin va ayrim noma’lum metabolitlaridir. Hamma vitaminlar orasida tiamin organizmda eng kam miqdorlarda saqlanadi. Katta odamning organizmi taxminan 30mg tiaminni 80% tiamin pirofosfati, 10% tiamin trifosfati ko‘rinishida va qolgan miqdorini tiamin monofosfati ko‘rinishida saqlaydi.

Mushak ichiga yuborilgan in’eksiyadan keyin piridoksin qon havzasiga tez so‘riladi va CH2OH guruhining 5-nchi holatda fosfat kislotasini qoldig‘ini organik moddalar molekulasiga qo‘shilishidan keyin koenzim rolini o‘ynab, organizmda taqsimlanadi. Vitaminning taxminan 80% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Piridoksin butun organizm bo‘ylab taqsimlanadi va yo‘ldosh orqali o‘tadi va ona sutida aniqlanadi, jigarda to‘planadi va 4-piridoksin kislotasigacha oksidlanadi, u so‘rilganidan keyin maksimum 2-5 soat o‘tgach siydik bilan chiqariladi. Odam organizmida 40-150mg V6 vitamini saqlanadi va uning har kungi chiqarilishi 2,2-2,4% o‘rnini qoplash tezligida taxminan 1,7-3,6mg ni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Kelib chiqishi turlicha bo‘lgan nerv tizimining kasalliklari va sindromlarini: nevralgiya, nevrit, yuz nervining parezi, retrobul’bar nevrit, ganglionitlar (shu jumladan o‘rab oluvchi temiratki), pleksopatiya, neyropatiya, polineyropatiya (diabetik, alkogolli va boshq.), tungi mushak tirishishlari, ayniqsa keksa yosh guruhlaridagi, umurtqa pog‘onasi osteoxondrozini nevrologik ko‘rinishlari: radikulopatiya, lyumboishalgiya, mushak-tonik sindromlarini majmuaviy davolash tarkibida patogenetik va simptomatik vosita sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

In’eksiya mushak ichiga chuqur qilinadi, kuniga bir maxal.

Yaqqol og‘riq sindromi hollarida qonda preparatning yuqori darajasiga tez erishish uchun davolashni 5-10 kun davomida har kuni 2,0 ml dan boshlash maqsadga muvofiq. Keyinchalik og‘riq sindromi kamayganidan keyin va kasallikning yengil shakllarida, ichga qabul qilish uchun dori shakliga yoki in’eksiya kamaytirish (2-3 xavta davomida xaftasiga 2-3marta) ga davolashni ichga qabul qilish uchun dori shakli bilan davom ettirish mumkin. Shifokor tomonidan davolashni har haftada nazorat qilish tavsiya etiladi. Ichga qabul qilish uchun dori shakli bilan davolashga o‘tishni, mumkin bo‘lgan eng qisqa muddatda amalga oshirish tavsiya etiladi.

Nojo‘ya ta’sirlari

Noxush nojo‘ya reaksiyalarning paydo bo‘lishini tez-tezligi JSST tasnifiga muvofiq keltirilgan:

Juda tez-tez10 nafar davolanayotganlardan 1tadan ko‘proq
Tez-tez10 nafar davolanayotganlardan 1tadan kamroq, lekin 100 nafaridan 1tadan ko‘proq
Tez-tez emas100 nafar davolanayotganlardan 1tadan kamroq, lekin 1000 nafaridan 1tadan ko‘proq
Kam hollarda1000 nafar davolanayotganlardan 1tadan kamroq, lekin 10000 nafaridan 1tadan ko‘proq
Juda kam hollarda10000 nafardan 1tadan kamroq, shu jumladan alohida hollar ham

*alohida hollarda – simptomlari noma’lum tez-tezlik bilan namoyon bo‘ladi.

Immun tizimi tomonidan:

Kam hollarda: allergik reaksiyalar (teri toshmasi, nafasni qiyinlashishi, anafilaktik shok, Kvinke shishi).

Nerv tizimi tomonidan:

Alohida hollarda: bosh aylanishi, ongni chalkashishi;

Yurak-tomir tizimi tomonidan:

Juda kam: taxikardiya;

Alohida hollarda: bradikardiya, aritmiya;

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan:

Alohida hollarda: qusish;

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan:

Juda kam hollarda: ko‘p terlash, akne, qichishish, eshakemi;

Suyak-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan:

Alohida hollarda: tirishishlar;

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:

Alohida hollarda: preparat yuborilgan joyda ta’sirlanish paydo bo‘lishi mumkin;

Tez yuborilganida va doza oshirib yuborilganida tizimli reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralaridan birontasi yomonlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Homiladorlik va emizish davri («Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi» bo‘limiga qarang). 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi. Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Sul’fitlarni saqlovchi eritmalarda tiamin butunlay parchalanadi. Va oqibatda, tiaminni parchalanishini mahsulotlari boshqa vitaminlarning ta’sirini faolsizlantiradi. Tiamin oksidlovchi-qaytaruvchi birikmalar bilan nomutanosib, shu jumladan: yoditlar, karbonatlar, asetatlar, tanin kaslotasi, ammoniy temir sitrati, fenobarbital, riboflavin, benzilpenisillin, dekstroza, desul’fitlar va boshq., mis tiaminni parchalanishini tezlashtiradi; bundan tashqari tiamin rN qiymati oshganida (3 dan ko‘proq) o‘zining samaradorligini yo‘qotadi. Piridoksinning terapevtik dozalari bir vaqtda qabul qilinganida levodopaning samarasini susaytiradi (levodopaning antiparkinsonik ta’siri yo‘qoladi). Shuningdek sikloserin, penisillam, izoniazin bilan o‘zaro ta’siri kuzatiladi. Lidokain parenteral qo‘llanganida norepinefrin qo‘shimcha ishlatilganida, yurakka nojo‘ya ta’siri kuchayishi mumkin. Shuningdek sul’fonamidlar bilan o‘zaro ta’siri kuzatiladi. Sianokobalamin og‘ir metall tuzlari bilan nomutanosib. Riboflavin shuningdek destruktiv ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa yorug‘lik bir vaqtda ta’sir qilganida; nikotinamid fotolizni tezlashtiradi, antioksidantlar esa ingibirlovchi ta’sir ko‘rsatadilar.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tasodifan vena ichiga yuborilganida bemor shifokor nazorati ostida bo‘lishi yoki simptomlarining og‘irligiga qarab, gospitalizasiya qilinishi kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qarang).

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati

Transport vositalarini haydovchilari va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslar tomonidan preparatni qo‘llashga nisbatan ogohlantirishlar bo‘yicha ma’lumot yo‘q.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib borilishini davolash preparatni bekor qilish va simptomatik davolashdan iborat.

Chiqarilish shakli

In’eksiya uchun 2 ml eritma kontur uyali o‘ramlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

×