Kostaferol –ichish uchun tomchilar

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

KOSTAFEROL

Preparatning savdo nomi: Kostaferol

Ta’sir etuvchi modda (XPN): Xolikal’siferol

Dori shakli: Ichish uchun tomchilar

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Ta’sir etuvchi modda: Xolekal’siferol – 15 000 XB

Yordamchi moddalar: Makrogol glisirilrisinoleat, saxaroza, natriy gidrofosfat dodekagidrati, limon kislota monogidrati, arpabodiyon xushbo‘yi, benzil spirti, tozalangan suv.

Ta’rifi: Rangsiz, tiniq yoki biroz tovlanuvchi, arpabodiyon xidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruxi: Vitaminlar

ATX kodi: A11CC05

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

D3 vitaminining suvli eritmasi, yog‘li eritmasiga qaraganda yaxshiroq so‘riladi (bu muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda qo‘llanganida ahamiyatga ega). Og‘iz orqali qo‘llanilganidan so‘ng kolekal’siferol ingichka ichakda so‘riladi. Jigar va buyraklarda metabolizmga uchraydi. Kolekal’siferolning qondan yarimchiqarilish davri bir necha kunni tashkil qiladi va buyrak yetishmovchiligida uzayishi mumkin. Preparat yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ona sutiga o‘tadi. Organizmdan siydik va ahlat bilan chiqariladi.

Farmakokinetikasi

D3 vitamini raxitga qarshi faol omildir. D vitaminining eng muhim funksiyasi kal’siy va fosfatlarning metabolizmini boshqarish hisoblanadi, bu skeletning minerallanishi va o‘sishiga yordam beradi. D3 vitamini odamda quyosh nurlarining ta’siri ostida terida hosil bo‘ladigan D vitaminining tabiiy shakli hisoblanadi. Ichakdan kal’siy va fosfatlarni so‘rilishida, mineral tuzlarni tashilishida va suyaklarni kal’sifikasiyasi jarayonida muhim rol’ o‘ynaydi, shuningdek buyraklar orqali kal’siy va fosfatlarni chiqarilishini boshqaradi. Kal’siy ionlarining konsentratsiyasi skelet mushaklarining tonusini tutib turish, nerv ko‘zg‘aluvchanligini o‘tkazish, qon ivishi jarayoni bilan bog‘lik qator muhim biokimyoviy jarayonlarga ta’sir qiladi. D vitamini shuningdek limfokinlarni ishlab chiqarilishiga ta’sir qilib, immun tizimining ish faoliyatida qatnashadi.

Qo‘llanilishi

  • D vitaminining tanqisligini oldini olish va davolash
  • raxitni oldini olish va davolash
  • raxitga o‘xshash kasalliklarni (nasliy tubulopatiyalar) oldini olish va davolash
  • gipokal’semik tetaniya
  • osteomalyasiyalar va suyaklar metabolizmining buzilishi bilan birga kechuvchi kasalliklar (gipoparatireoz va soxta gipoparatireoz kabilar)
  • osteoporozni, shu jumladan postmenopauzal osteoporozni majmuaviy davolash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat og‘iz orqali oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.

1 tomchi taxminan 500 XB D3 vitamini saqlaydi.

Preparat kuyidagi dozalarda ishlatiladi:

Oldini olish:

  • muddatida tug‘ilgan chaqaloqlar xayotining 3-4 xaftasidan boshlab, 2-3 yoshgacha to‘g‘ri parvarish qilish va ochiq havoda yetarlicha bo‘lganda: sutkada 500-1000 XB (1-2 tomchi)
  • muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda xayotining 7-10 kunlikdan boshlab, yomon xayotiy sharoitlarda bo‘lgan egizaklar va chaqaloqlar: sutkada 1000-1500 XB (2-3 tomchi). Yilning yozgi mavsumida
    dozani sutkada 500 XB (1 tomchigacha) cheklash mumkin.
  • homilador ayollar: homiladorlikning butun davri vaqtida kundalik doza sutkada 500 XB (1 tomchi) D3 vitamini yoki homiladorlikning 28 xaftasidan boshlab sutkada 1000 XB (2 tomchi) qabul
    qilinadi.
  • menopauzadan keyingi davrda sutkada 500-1000 XB (1-2 tomchi).

Terapevtik dozalari:

  • raxitda: raxitning og‘irlik darajasi (I, II yoki III) va kechish variantiga qarab, har kuni 2000-5000 XB (4-10 tomchi) dan, 4-6 hafta davomida klinik holat, qon va siydikning biokimyoviy ko‘rsatkichlarini (kal’siy, fosfor, ishqoriy fosfataza) sinchkov nazorati ostida. 3-5 kun davomida 2000 XB dan boshlanadi. So‘ngra yaxshi o‘zlashtirilganida doza shaxsiy davolash dozasigacha (ko‘pincha 3000 XB) oshiriladi. 5000 XB doza yaqqol suyak o‘zgarishlardagina buyuriladi.

Zarurat tug‘ilganda bir xaftalik tanaffusdan so‘ng davolash ko‘rsini takrorlash mumkin.

Davolash yaqqol davolash samarasiga erishilguncha o‘tkaziladi, keyinchalik sutkada 500-1500 XB profilaktik dozaga o‘tiladi.

  • raxitga o‘xshash kassaliklarni davolashda: yoshi, tana vazni va kasallikning og‘irligiga qarab sutkada 20 000-30 000 XB (40-60 tomchi), qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari va siydik taxlilini nazorati ostida. Davolash kursi 4-6 xafta.

Davolash shifokor nazorati ostida o‘tkaziladi.

  • menopauzadan keyingi osteoporozni majmuaviy davolashda: sutkada 500-1000 XB (1-2 tomchi).

Dozalash odatda ovqat bilan kirayotgan D vitaminining miqdorini hisobga olgan holda buyuriladi.

Nojo‘ya ta’sirlari

Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida qayd etilmaydi.

D3 vitaminiga kam hollarda qayd etiladigan shaxsiy yuqori sezuvchanlikda yoki uzoq vaqt davomida xaddan tashqari katta dozalarni qo‘llash natijasida D3 gipervitaminozi paydo bo‘lishi mumkin:

  • ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish
  • bosh, mushak va bo‘g‘im og‘riqlari
  • qabziyat, og‘izni qurishi, poliuriya
  • ruhiyatni buzilishi, shu jumladan depressiya, tana vaznining kamayishi, qonda kal’siy miqdorini va uni peshob bilan chiqarilishining oshishi
  • buyraklarda toshlarni hosil bo‘lishi va yumshoq to‘qimalarni kal’sifikasiyasi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • D gipervitaminozi
  • qon va siydikda kal’siyning yuqori darajasi
  • kal’siyli buyrak toshlari
  • sarkoidoz
  • preparatning komponentlariga, ayniqsa benzil spirtiga yuqori sezuvchanlik
  • jigar va buyrak yetishmovchiligi.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Tutqanoqqa qarshi vositalar, rifampisin, xolestiramin D3 vitaminining so‘rilishini pasaytiradi. Tiazid diuretiklari bilan bir vaqtda qo‘llash giperkal’siemiyani namoyon bo‘lishi xavfini oshiradi.

Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llash, ularning zaxarli ta’sirini kuchaytirishi mumkin (yurak ritmining buzilishlarini namoyon bo‘lishi xavfi oshadi).

Maxsus ko‘rsatmalar

Dozani oshirib yuborishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aniq ehtiyojni shaxsiy ravishda ta’minlashda bu vitaminni mumkin bo‘lgan barcha manbalarni hisobga olish lozim.

D3 vitaminning davomiy qo‘llangan xaddan tashqari yuqori dozalar yoki zarb dozalari, surunkali D3 gipervitaminozning sababi bo‘lishi mumkin. Bolaning D vitaminiga sutkalik extiyoji va uni qo‘llash usuli shifokor tomonidan shaxsiy ravishda belgilanishi va xar safar davriy tekshiruvlar vaqtida, ayniqsa hayotning ilk oylarida, to‘g‘rilashlar kiritilishi lozim.

Xarakatsiz bemorlarda extiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.


D3 vitamini bilan bir vaqtda kal’siy preparatlarini katta dozalarda qo‘llash mumkin emas. Davolash qon va siydikda kal’siy miqdorini davriy nazorati ostida olib boriladi. Preparat keksa yoshli shaxslarga buyurilganida extiyotkorlikka amal qilish lozim, chunki bu toifa shaxslarda kal’siyning organizmda to‘planishi kuchayadi.

Homiladorlik va laktasiya.

Homiladorlik davrida, dozani oshirib yuborish hollarida teratogen ta’sirini ko‘rinishlari yuz berishi mumkinligi tufayli, D3 vitaminini katta dozalarda qo‘llash mumkin emas.

Bola emizadigan ayollarga D3 vitaminini ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim – ona tomonidan yuqori dozalarda qabul qilingan preparat, bolada dozani oshirib yuborish simptomlarini chiqarishi mumkin.

Transport vositalarni boshqarish va mexanik moslamalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’siri.

Ta’sir qilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, bezovtalik, chanqoqlik, poliuriya, ich ketishi, ichak sanchig‘i. Eng ko‘p uchraydigan simptomlari bosh, mushak va bo‘g‘im og‘riqlari, ruhiyatni buzilishi, shu jumladan depressiya, stupor, ataksiya va rivojlanib boruvchi tana vaznini yo‘qotilishidir. Al’buminuriya, eritrosituriya va poliuriya, kaliyni yuqori yo‘qotilishi, gipostenuriya, nikturiya va arterial bosimni oshishi bilan kechuvchi buyraklar faoliyatini buzilishi rivojlanadi. Og‘ir hollarda shox pardaning xiralashishi, kam hollarda ko‘rish nervi so‘rg‘ichining shishi, xatto katarakta rivojlanishigacha bo‘lgan rangdor pardani yallig‘lanishi paydo bo‘lishi mumkin. Buyrakda toshlar hosil bo‘lishi mumkin, yumshoq to‘qimalarni shu jumladan, qon tomirlari, yurak, o‘pka va terini kal’siylanishi ro‘y beradi. Kam hollarda xolestatik sariqlik rivojlanadi.

Davolash: preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Shifokorga murojaat qilish kerak. Ko‘p miqdorda suyuqlik ichish. Lozim bo‘lsa gospitalizasiya talab qilinishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun tomchilar 15 000 XB/ml 10 ml, 20 ml, 30 ml dan flakon-tomchilagichlar, flakonlar.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

    ×