Vermin®- suspenziya

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VERMIN ®

VERMIN

Preparatning savdo nomi: Vermin ®

Ta’sir etuvchi modda (XPN): Albendazol

Dori shakli: Suspenziya

Tarkibi:

faol modda: Albendazol – 400 mg

yordamchi modda: natriy saxarin, natriy benzoati, limon kislotasi, guar qatroni, ksantan qatroni, suvsiz kremniy dioksidi (aerosil), qalampir yalpiz moyi, saxaroza, mentol, tvin–80 (polisorbit 80), sorbitol, metilparaben, propilparaben, natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Ta’rifi: Oq yoki deyarli oq rangli, o‘ziga xos hidli suspenziya.

Farmakoterapevtik guruhi: Antigel’mint vosita.

ATX kodi: R02SА03

Farmakologik xususiyatlari

Mono- va poliinvaziyalarda samarali bo‘lgan gijjalarga qarshi vosita. Beta-tubulinning polimerizasiyasini tanlab bostiradi, gel’mintlar ichak kanali hujayralarining  mikrotubulyar tizimi faolligini buzadi, glyukozani utilizasiyasini bostiradi, dumaloq chuvalchanglarning mushak hujayralaridagi sekretor granulalar va boshqa organellalarning harakatlanishini bloklab, ularni nobud bo‘lishiga olib keladi. Sestodalarning ayniqsa lichinkali shakllariga, Echinococcus granulosus va Taenia solium, nematodalar – Strongyloides stercolatis ga nisbatan faol.

Qo‘llanilishi

Lyamblioz, oksiuroz, askaridoz, ankilostomoz, trixurioz, angiloz, tenioz va trixinellyozda davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi. Qo‘llashdan avval, flakon ichidagi vosita bir xil suspenziya hosil bo‘lguncha chayqatiladi.

Curgi dori vositalarini qo‘llash va maxsus parhez talab qilinmaydi.

  • Oksiuroz: 1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik doza 200 mg, ya’ni 5 ml ni (1/2 flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi: 7 kundan keyin takrorlanadigan bir martalik doza;

Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar uchun – sutkalik doza 400 mg, ya’ni 10 ml ni ( 1 flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi: 7 kundan keyin takrorlanadigan bir martalik doza.

Gigienaning qat’iy choralariga rioya qilish va bemor bilan yaqin muloqatda bo‘lganlar ham davolanishlari kerak.

  • Askaridoz, ankilostomoz, trixurioz: 1 dan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik doza 200 mg, ya’ni 5 ml ni (1/2 flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolashning davomiyligi: bir martalik doza;
  • Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkalik doza 400 mg, ya’ni 10 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi: bir martalik dozani tashkil qiladi.
  • Trixurioz holida, xususan, agar ahlatning parazitologik tahlili natijalari davolashdan so‘ng 3 hafta o‘tganidan keyin ijobiy bo‘lsa, takroriy davolash kursini o‘tkazish kerak.
  • Angiloz, tenioz (boshqa parazit invaziyalar bilan bog‘liq bo‘lgan): kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkalik doza 400 mg, ya’ni 10 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolashning davomiyligi: kamida ketma-ket 3 kun davomida takrorlanadigan bir sutkalik dozani tashkil qiladi.
  • Ангилоз ва тениоз ҳолларида, хусусан, агар ахлатнинг паразитологик таҳлили натижалари даволашдан сўнг 3 ҳафта ўтганидан кейин ижобий бўлса, такрорий даволаш курсини ўтказиш керак.
  • Lyamblioz: bolalar uchun sutkalik doza 400 mg, ya’ni 10 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi: bir sutkalik doza kamida ketma-ket 5 kun davomida takrorlanadi.
  • Trixinellez: bolalar uchun sutkalik doza kuniga – 15 mg/kg, ikkita bir martalik dozaga bo‘lib.
  • Kattalar uchun: 800 mg, ya’ni 20 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi va kuniga ikkita bir martalik dozaga bo‘lib qabul qilinadi. Davolashning davomiyligi: bir martalik doza ertalab va kechqurun, kasallik belgilarining jiddiyligiga va davolanishni qanchalik tez boshlanishiga qarab, 10-15 kun davomida olib boriladi.

Nojo‘ya ta’sirlari

Me’da-ichak buzilishlari (diareya, qusish, qorin og‘rig‘i), bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uzoq vaqt qo‘llanganida gipertermiya, sochlarni vaqtinchalik to‘kilishi, teri toshmalari bo‘lishi mumkin.

Kam hollarda qon tahlilida (leykositlar, eritrositlar, trombositlar sonining kamayishi) yoki jigar ko‘rsatgichlarida vaqtinchalik o‘zgarishlar kuzatilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik va benzimidazalning va boshqa xosilalariga;
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • to‘r pardaning zararlanishi;

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Deksametazon, prazikvantel va simetidin albendazolning qondagi konsentratsiyasini oshiradi.

Simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, o‘t-safro va exinokkok kistasida albendazolning konsentratsiyasi oshishi aniqlangan, bu exinokokkozni davolashning samaradorligini oshirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat trixinellyozni davolash uchun ishlatilganida jigar faoliyatida va qon tahlillarida o‘zgarishlarning havfi tufayli, muntazam qon tahlillarini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Trixinellyoz invaziyalarini davolashda dori vositasining samaradorligini oshirish uchun invaziya boshlangandan keyin davolashni iloji boricha tezroq boshlash kerak.

Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Davolanish vaqtida homiladorlik aniqlangan holda, zudlik bilan shifokor nazoratidan o‘tish va davolanishni davom ettirish zaruriyatini xal etish darkor.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya ta’sir belgilari kuchayishi mumkin.

Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish. Zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Suspenziya 400 mg/10 ml,  10 ml dan flakonlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

3 yil.  Yaroklilik muddati o‘tgandan so‘ng kullanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

    ×