Laboratoriya

Dori vositalarini ishlab chiqarishda Barcha zarur sharoitlar va talablarga qat’iy rioya etish maqsadida, «Remedy Group» MChJ QKda sifatni boshqarish tizimi ishlab chiqilgan va yo‘lga qo‘yilgan. Korxonada sifat xizmati Sifatni ta’minlash bo‘limi va Sifatni nazorat qilish bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.

«Remedy Group» MChJ QKda Sifatni nazorat qilish bo‘limi tashkiliy tuzilmaga ko‘ra ishlab chiqarishdan alohida va mustaqil bo‘lib, milliy va xalqaro standartlar talablariga rioya etishni doimiy nazorat qiladi. Bo‘lim tarkibiga zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalariga ega bo‘lgan ikkita sinov laboratoriyalari kiradi: fizik-kimyoviy va mikrobiologik laboratoriyalar.

SNQ bo‘limidagi laboratoriyalar xonalari u yerda bajariladigan ishlarga qarab va olib boriladigan jarayonlarni inobatga olgan holda zonalarga bo‘lib loyihalashtirilgan.

SNQ bo‘limi laboratoriyalarida barcha kerakli tadqiqotlarni amalga oshirish uchun me’yoriy hujjatlar, laborator asbob uskunalar, raektivlar, standart va nazorat namunalari, sarflanadigan materiallar mavjud;

SNQ bo‘limi xom-ashyo va materiallarning kiruvchi nazoratini olib boradi, dori vositalarini ishlab chiqarishda ichki nazoratni o‘rnatadi va tayyor mahsulotni nazorat qiladi.

SNQ bo‘limining asosiy tamoyillari va ustivorliklari:

  • xom-ashyo va tayyor mahsulotlar sifati haqida ishonchli ma’lumotlar berish;
  • texnik va me’yoriy huquqiy bazani doimiy takomillashtirish;
  • mutaxassislar malakasini doimiy oshirib borish;
  • Ichki va xalqaro tajribaga asoslanib tizimni doimiy takomillashtirib borish;
  • nazorat uslublarini takomillashtirish;
  • Barcha o‘tkazilgan sinov va amaliyotlarni hujjatlashtirish;

SNQ bo‘limining asosiy funksiyalari:

  • Ishlab chiqarishda keltirilgan xom-ashyolarni ( dori vositalari – substansiyalar ), birlamchi qadoqlash materiallari (flakonlar, ampulalar, fol’galar va blisterlash uchun PVX plenkalari), ikkilamchi qadoqlash materiallari va chop ettirilgan mahsulatlarni (etiketkalar, penallar, dorini qo‘llash bo‘yicha instruksilar) kirish nazorati;
  • Ishlab chiqarish jarayonida nazorat olib borish:
  • Texnologik jarayonnig har bir bosqichida nazorat nuqtilari belgilangan bo‘lib, ushbu nuqtalardan o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida yarimtayyor mahsulotlardan namunalar olinadi;
  • Dorining turg‘unligini va arxivga olingan hamda nazoratdagi namunalarni saqlash jarayonini o‘rganish;
  • Nuqsonli mahsulot chiqarilishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
  • Xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlardan namunalar olish;
  • Ishlab chiqarish va omborxona hududlarining, ish joylarining va asbob-uskunalarining sanitariya holatini nazorat qilish;
  • Xom-ashyoni saqlash va tayyor mahsulotlarni saqlash omborxonalarida saqlash sharoitlariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • Xom-ashyo va materiallarni yetkazib beruvchilarini tanlashda ishtirok etish;
  • Xom-ashyo va materiallarning, yarimtayyor va tayyor mahsulotlarning texnik shartlarini ishlab chiqish