Ishlab chiqarish

«REMEDY GROUP» MChJ QKning ishlab chiqarish maydonilari Toshkent shahrining energiya, suv va gaz ta’minoti barqaror bo‘lgan hududida joylashgan. Korxonaning ishlab chiqarish bo‘linmalari GMP (yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti)ning yuqori talablariga javob bera oladigan hududda joylashgan.

Korxonada quyidagi ishlab chiqarish bo‘linmalari mavjud:

  • Ampulalarda inyeksion preparatlar ishlab chiqarish sexi;
  • Shisha flakonlarda (idishlarda) infuzion eritmalar ishlab chiqarish sexi;
  • Polimer BFS flakonlarda infuzion eritmalar ishlab chiqarish sexi;
  • Qattiq shakldagi dori vositalarini ishlab chiqarish sexi;
  • Eritmalar, siroplar va suspenziyalar ishlab chiqarish sexi;
  • Shisha ampulalar ishlab chiqarish sexi;
  • Inyeksiya uchun eritma tayyorlashga liofilizat ishlab chiqarish sexi.

In’eksion dori vositalarini ishlab chiqarish sexi zamonaviy va to‘liq sikldagi asbob uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularda 1ml dan 10 mlgacha bo‘lgan dori vositalari tayyorlanadi. Liofilizasiya hududi ham mavjud bo‘lib, u yerda in’eksion eritmalar tayyorlash uchun liofilizasiya kukunlari ishlab chiqiladi.

Infuzion dori vositalari ikkita liniyada ishlab chiqariladi. Birinchi liniyada shisha idishdagi flakonlarda infuzion eritmalar chiqariladi. «Remedy Group» MChJ QK O‘zbekiston respublikasida birinchilardan bo‘lib aminokislota infuzion eritmalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Ikkinchi liniyada BFS (Blow-Fill-Seal) – Puflash/To‘ldirish/Yopitirish texnologiyalari bo‘yicha plastik flakonlardagi infuzion eritmalar ishlab chiqariladi.

Qattiq formadagi dori vositalarini ishlab chiqarish sexi tabletkalar, kapsulalar va paket shaklidagi dori-darmon ishlab chiqarish uchun barcha zamonaviy uskunalar majmuasi bilan jihozlangan.

Eritmalar, qiyomlar va suspenziyalar ishlab chiqarish sexi og‘iz orqali ichiladigan suyuq dori vositalarini ishlab chiqarish uchun barcha zarur jihozlarga ega.

Korxona sexlarni bug‘ bilan ta’minlash uchun o‘z qozonxoonalariga va gaz yetkazib beruvchi transport liniyasiga ega.