Bizning faoliyatimiz

Remedy Group kompaniyasi har yili O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijda sog‘liqni saqlash sohasiga oid ilmiy-amaliy anjumanlar, ko‘rgazmalarda faol ishtirok etadi.

Bizning kompaniyamiz 2021 yil 27-29 iyul kunlari Sankt Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomli xalqaro mahalliy mahsulotlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi va u yerda 100 dan ortiq mahsulotlarimiz namoyish etildi.

Kompaniyamiz 2021 yil 5 oktyabr kuni Turkmaniston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Nurmuxammed Amannepesovning rasmiy tashrifiga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasining yetakchi farmasevtika kompaniyalari mahsulotlari ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Ko‘rgazma Bolalar Milliy tibbiyot markazida o‘tkazildi.

Kompaniya 2021 yilning 28-29 oktyabr’ kunlari O‘zbekiston Respublikasi gematologlari va transfuziologlarining ishtirokida “Gemotologiya va transfuziologiyaning 80 yillik taraqqiyoti: yutuqlari va istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.