Farmakonazorat

«Remedy Group» MChJ QKning ustivor yo‘nalishlari – mahsulotlarning yuqori sifati va xavfsizligidur.

Amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq (№36 Buyruq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, 5-, 6-, 10-, 15- O‘zbekiston Respublikasi Qonuni «Dori vositalari xaqida», 5-, 15- bo‘limi «Fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risidagi») va Xalqaro tavsiyalar: ICH (E2D Post-Approval Safety Data Management: Definitions and Standards for Expedited Reporting) (E2E Pharmacovigilance Planning) (E2F Development Safety Update Report); Volume 9a of The Rules Governing Medicinal Products in the European Union Sept 2008, The International Society for Pharmacoepidemiology (ISPE): Guidelines for Good Pharmacoepidemiology Practices (GPP) dori vositalarini ishlab chiqaruvchi o‘zi ishlab chiqarayotgan dori vositalarini xavfsizligini ob’ektiv va tegishli tarzda monitoring o‘tkazib turishi shart. Shu sababli korxonada farmakalogik nazorat tizimi faoliyat olib boradi.

Tizim dori vositalari bo‘yicha murojaat etuvchi sub’ektlar (bemorlar, dorishunoslar, shifokorlar va h.k.)dan olingan ma’lumotlarni real klinik amaliyoti sharoitida jamlashni o‘z ichiga oladi.

Hurmatli hamkasblar va dori vositalarini iste’mol qiluvchilar!

Agar sizda salbiy ta’sirlar haqida ma’lumotlar bo‘lsa yoki dorining samaradorligiga erisha olmasangiz Remedy Group MChJ QK shubxali salbiy reaksiya haqidaga xabarni to‘ldirishga taklif qiladi yoki kerakli ma’lumotlarni har qanday qulay usulda taqdim eting:

Tibbiyot / farmasevtika xodimi uchun xabar Shakli: TO‘LDIRING
Iste’molchi uchun xabar Shakli: TO‘LDIRING

Radjabova Munisa Akmalovna
e-mail: munisa.radjabova.90@bk.ru
Uy.tel: (99871) 226 54 65
mob. tel. (99890) 788 62 36

Siz tomondan taqdim etilgan barcha ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi, Qonun bilan belgilangan hollar bundan mustasno.

Shubhali salbiy reaksiya beruvchi yoki samaradorligi yo‘q dori vositalari haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirishdan oldin farmakonazorat sohasidagi asosiy tushunchalar va atamalar bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz.

Atamalar va ta’riflar

Farmakologik nazorat (farmakonazorat) – bu dori vositalarini iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni aniqlash, baholash, tushunish va olidini olish bo‘yicha ilmiy izlanishlar va faoliyat turidir.

Nojo‘ya ta’siri – kasalliklarning oldini olish, diagnostika qilish va davolash uchun tavsiya etilgan odatdagi dozalarda dori vositalarini qo‘llashda yuzaga keladigan istalmagan har qanday salbiy reaksiya.

Dori vositasining kutilgan najo‘ya ta’siri – bu namoyish bo‘lish xarakteri yoki og‘irligi tabiiy mahsulot haqidagi mavjud ma’lumotlarga mos keladigan salbiy reaksiya (masalan, dori vositasidan tibbiy maqsadlarda foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma/varaqa).

Kutilmagan nojo‘ya ta’sir – bu nojo‘ya ta’sir bo‘lib, uning namoyish bo‘lish hususiyati yoki og‘irligi tibbiy mahsulot to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarga mos kelmaydi (masalan, dori vositasidan tibbiy maqsadlarda foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma/varaqa).

Dori vositasining jiddiy nojo‘ya ta’siri – bu quyidagi holatlarga olib keluvchi har qanday nojo‘ya ta’sir

  • o‘lim;
  • shoshilinch kasalxonaga yotqizish yoki uning muddatini uzaytirish talab qilinadigan holat;
  • hayot uchun xavfli xolat;
  • nogironlik yoki qisman va butkul ishga layoqatsizlik;
  • tug‘ma anomaliyalar va nuqsonlarning rivojlanishi.

Dori vositasining jiddiy bo‘lmagan nojo‘ya ta’siri – bu “Jiddiy salbiy ta’sir” me’zonlariga javob bermaydigan har qanday nojo‘ya ta’sir.

Dori vositasining samarador emasligi – kasallikning davri va davomiyligida preparatning davolash ta’siri yo‘qligi.

O‘zaro ta’sir reaksiyalari – bir-birining farmakodinamikasi va farmakokinetikasiga o‘zaro ta’sirining natijasi bo‘lgan bir nechta dorilarni qabul qilish vaqtida yuzaga keladigan reaksiyalar.

Dori vositasini ishlab chiqaruvchi – qadoqlashni qo‘shib hisoblaganda kamida bitta bosqich dori vositasini tayyorlovchi yuridik shaxs.

Shubxali dori vositasi – tayinlanishda har qanday nojo‘ya reaksiyaning klinik ko‘rinishlari bilan tibbiy yo‘nalishni o‘rtasida salbiy bog‘liqlik mavjud bo‘lgan mahsulot.

Seriya raqami – partiyani aniq belgilash maqsadida raqamlarning xarakterli kombinasiyasi (besh, olti yoki yetti sondan iborat). Barcha ko‘rinishlardagi qadoqlarga yoziladi.