Выберите категорию:

Enserta- plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

TIBBIYOTDA QO‘LLANILIShIGA DOIR YO‘RIQNOMA ENSERTA

Preparatning savdo nomi: Enserta

Ta’sir etuvchi modda (XPN): Entekavir

Dori shakli: Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka saqlaydi:

faol modda: entekavir 0,5 mg yoki 1,0 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy stearati, mikrokristallik sellyuloza, polivinilpirrolidon K-30, makkajoxori kraxmali, tal’k;

qobig‘ining tarkibi: tal’k, gidroksipropilmetilsellyuloza, polietilenglikol’ 4000 (makrogol 4000), kanakunjut moyi, titan dioksid, tvin-80 (polisorbat-80).

Ta’rifi: Dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Viruslarga qarshi vosita.

ATX kodi: J05AF10.

Farmakologik hususiyatlari

Entekavir HBV polimerazaga nisbatan kuchli va selektiv faollikka ega bo‘lgan guanozin nukleozidining analogi hisoblanadi. Entekavir hujayra ichidan yarim chiqarilish davri 15 soat bo‘lgan faol trifosfat (TR) ni hosil qilib fosforlanadi. Hujayra ichidagi TR ning konsentratsiyasi hujayra tashqarisidagi entekavirning miqdori bilan bevosita bog‘langan, garchi “plato”ning dastlabki darajasiga erishilgandan so‘ng preparatni ahamiyatli darajada to‘planishi kuzatilmaydi. Tabiiy substrati deoksiguanozin-TR bilan raqobatlashishi orqali, entekavir-TR virus polimerazasining barcha funksional faoliyatini: (1) HBV polimerazani praymingi, (2) iRNK ning pregenomidan salbiy zanjirini qayta transkripsiyasi va (3) HBV ning DNK sidan ijobiy zanjirini sintezlanishini ingibirlaydi. Entekavir-TR Ki 18-40 mkm bo‘lgan ft va 5 hujayralarning DNK polimerazalarini kuchsiz ingibitori hisoblanadi. Bundan tashqari, entek avir-TR va entek avirni yuqori konsentratsiyalarida polimeraza va HepG2 hujayralarning mitoxondriyalarida DNK sinteziga nisbatan nojo‘ya samaralar kuzatilmagan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Sog‘lom odamlarda entekavir tez so‘riladi, va plazmada maksimal konsentratsiyasi 0,5-1,5 soatdan keyin aniqlanadi. Entekavir 0,1 mg dan 1 mg gacha dozada takroran qabul qilinganida maksimal konsentratsiyasini (Cmax) va “konsentratsiya-vaqt” egriligi ostidagi maydonni (AUC) preparatni dozasiga proporsional ravishda oshishi kuzatiladi. Muvozanatli holatga ichga kuniga bir marta qabul qilinganida 6-10 kundan keyin erishiladi, bunda plazmadagi konsentratsiyasi taxminan 2 marta oshadi. Muvozanatli holatda preparatning maksimal (Cmax) va minimal (Cmin) konsentratsiyalari 0,5 mg dozada qabul qilinganida muvofiq 4,2 va 0,3 ng/ml, 1 mg dozada qabul qilinganida muvofiq 8,2 va 0,5 ng/ml ni tashkil qilgan. Sog‘lom odamlarda preparatning tabletka va ichga qabul qilish uchun eritma shakllarining biokiraolishligi taqqoslanganida tabletkalarning biokiraolishligi 100% ga teng bo‘lgan, ya’ni bu ikki dori shakllari o‘zaro o‘rnini bosuvchan hisoblanadi. 0,5 mg entekavir yog‘ning miqdori yuqori bo‘lgan ovqat yoki yengil ovqat bilan ichga qabul qilinganida preparatning so‘rilishini minimal darajada kechikishi (ovqat bilan birga qabul qilinganida 1-1,5 soatga va och qoringa qabul qilinganida 0,75 soatga kechikkan), Cmax ni 44-46% ga, va AUC ni 18-20% ga pasayishi kuzatilgan.

Taqsimlanishi

Entekavirni baholanadigan taqsimlanish hajmi organizmdagi umumiy suv miqdoridan oshgan, bu preparatni to‘qimalarga yaxshi o‘tishidan dalolat beradi. In vitro sharoitlarda entekavir odam zardobi oqsillari bilan taxminan 13% ga bog‘lanadi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Entekavir CYP450 fermentlar tizimining substrati, ingibitori yoki induktori hisoblanmaydi. Belgilangan 14S-entekavir odamlarga va kalamushlarga yuborilgandan so‘ng oksidlangan yoki asetillangan metabolitlari aniqlanmagan, II faza metabolitlari (glyukuronidlar va sul’fatlar) katta bo‘lmagan miqdorda aniqlangan.

Plazmada entekavirning konsentrasiyasi maksimal darajaga yetganidan so‘ng bioekspotensial ravishda pasaygan, bunda yarim chiqarilish davri 128-149 soatni tashkil etgan. Preparat kuniga bir marta qabul qilinganida preparatning konsentratsiyasini 2 martaga oshishi (kumulyasiyasi) kuzatilgan, ya’ni samarali yarim hayot davri taxminan 24 soatni tashkil etgan.

Entekavir asosan buyraklar orqali chiqariladi, bunda muvozanatli holatda siydikda o‘zgarmagan holda 62-73% dozasi aniqlanadi. Buyrak klirensi dozasiga bog‘liq emas va minutiga 360 dan 471 ml gacha diapazonda o‘zgaradi, bu preparatni kalavalar fil’tratsiyasi va naychalar orqali sekresiyasidan dalolat beradi.

Qo‘llanilishi

Virus replikasiyasini belgilari va zardob transaminazalari (ALT yoki AST) ning faollik darajasi yuqori bo‘lgan yoki jigarda yallig‘lanish jarayonini gistologik belgilari bo‘lgan katta yoshdagi odamlarda surunkali B gepatitini davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Entekavirni och qoringa (ya’ni ovqatlangandan so‘ng kamida 2 soatdan keyin va navbatdagi ovqatlanishdan oldin kamida 2 soat oldin) qabul qilish kerak. Jigarni kompensasiyalangan shikastlanishi bo‘lgan pasientlar uchun entekavirning tavsiya etilgan dozasi kuniga bir marta 0,5 mg ni tashkil etadi. Lamivudinga rezistentligi bo‘lgan pasientlarga (ya’ni anamnezida lamivudin bilan davolash fonida V gepatiti virusi bilan viremiya saqlanib turgan, lamivudinga rezistentligi tasdiqlangan pasientlarga) entekavirni 1 mg dan kuniga bir marta buyurish tavsiya etiladi. Jigarni dekompensasiyalangan shikastlanishi bo‘lgan pasientlarga 1,0 mg entekavirni kuniga bir marta buyurish tavsiya etiladi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Kreatinin klirensi pasayganida entekavirning klirensi kamayadi. Kreatinin klirensi minutiga < 50 ml bo‘lgan, shu bilan birga gemodializ va ambulator sharoitda uzoq muddatli peritoneal gemodializdagi pasientlarga entekavirning dozasini 1-jadvalga muvofiq to‘g‘rilash tavsiya etiladi.

1 -jadval: buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun entekavirni tavsiya etilgan dozalari

  Kreatin klirensi (ml./min)  Avval nukleozid preparatlar qabul qilmagan pasientlarLamivudinga rezistentli pasientlar va jigarning dekompensasiyalangan shikastlanishi bo‘lgan pasientlar
≥ 500,5 mg kuniga bir marta1,0 mg kuniga bir marta
30 – ˂ 500,5 mg har 48 soatda1,0 mg har 48 soatda
10 – ˂ 500,5 mg har 72 soatda1,0 mg har 72 soatda
˂ 10 Gemodializ* yoki ambulator sharoitida o‘tkaziladigan uzoq muddatli perinotal dializ  0,5 mg har 5-7 kunda  1,0 mg har 5-7 kunda

*Entekavir gemodializ seansidan so‘ng qabul qilinadi.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda entekavir dozasini to‘g‘irlash talab qilinmaydi. Keksa yoshli pasientlarda entekavir dozasini to‘g‘irlash talab qilinmaydi.

Nojo‘ya ta’sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda (> 1/1000, < 1/100): diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez (> 1/100, < 1/10): bosh aylanishi, toliqish; kam hollarda (> 1/1000, < 1/100): uyqusizlik, bosh aylanishi, uyquchanlik;

Immun tizimi tomonidan: anafilaktoid reaksiyalar;

Teri va teri osti yog‘ to‘qimasi tomonidan: alopesiya, toshma; Jigar tomonidan: transaminazalarning faolligini oshishi;

Moddalar almashinuvi tomonidan: laktasidoz (umumiy holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin bo‘shlig‘ida og‘riq, tana vaznini birdan kamayishi, hansirash, tez-tez nafas olish, mushaklarni bo‘shligi), ayniqsa, jigarni dekompensasiyalangan shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda kuzatiladi;

Bundan tashqari, jigarni dekompensasiyalangan shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda yana quyidagi nojo‘ya samaralar: tez-tez – qonda bikarbonatning konsentratsiyasini pasayishi, ALT ning faolligi va bilirubinning konsentratsiyasini NYuCh (normani yuqori chegarasi) ga nisbatan 2 martadan ko‘p oshishi, al’buminning konsentratsiyasi 2,5 g/dl dan kam bo‘lishi, lipazaning faolligini normaga nisbatan 3 martadan ko‘p oshishi, trombositlarning konsentratsiyasi 50000/mm3 bo‘lishi, kam hollarda – buyrak yetishmovchiligi kuzatilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • entekavir va preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Entekavir asosan buyraklar orqali chiqarilishi tufayli, entekavir va buyraklar faoliyatini pasaytiradigan yoki naychalar sekresiyasi darajasida raqobatlashadigan dori vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, qon zardobida entekavir va bu dori vositalarning konsentratsiyasi oshishi mumkin. Entekavir lamivudin, adefovir dipivoksil yoki tenofovir dizoproksil fumarat bilan bir vaqtda buyurilganida dori vositalarni ahamiyatli darajadagi o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. Buyraklar orqali chiqariladigan yoki buyraklar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa preparatlar bilan entekavirni o‘zaro ta’siri o‘rganilmagan. Entekavir bunday preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganida pasientlarni sinchiklab tibbiy kuzatuvdan o‘tkazish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Nukleozidlarning analoglari bilan monoterapiya holida va antiretrovirus preparatlari bilan majmuada davolanganda laktasidoz va steatozli yaqqol gepatomegaliya, ba’zan pasientni o‘limiga olib keladigan hollar xaqida gapirib o‘tilgan.

Laktasidoz rivojlanganligini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan simptomlar: umumiy holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin bo‘shlig‘ida og‘riq, tana vaznini to‘satdan kamayishi, hansirash, nafasni tezlashishi, mushaklarni bo‘shligi. Havf omillari bo‘lib ayollar, semirish, nukleozid analoglarini uzoq muddat qo‘llash, gepatomegaliya hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lganida yoki laktasidoz laborator tasdiqlanganida preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Viruslarga qarshi davolash, shu jumladan entekavir bilan davolash bekor qilinganidan so‘ng gepatitni zo‘rayishi hollari xaqida gapirib o‘tilgan. Ko‘pchilik bunday hollar davolanmagan. Biroq og‘ir asoratlar, shu jumladan fatal asoratlar rivojlanishi mumkin. Bu asoratlarni davolashni bekor qilish bilan bog‘liqligi noma’lum. Davolash to‘xtatilganidan so‘ng jigar faoliyatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak. Zarurat bo‘lganida viruslarga qarshi davolashni qaytadan boshlash mumkin.

B gepatiti / OITV infeksiyasi qo‘shilgan pasientlar

OITV boshqa infeksiyalar bilan qo‘shilgan, antiretrovirus davolash olmayotgan pasientlarga entekavir buyurilganida, OITVni chidamli shtammlari rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak.

B gepatiti / C gepatiti / D gepatiti qo‘shilgan pasientlar

B gepatiti / C gepatiti / D gepatiti qo‘shilgan pasientlarga entekavirning samaradorligi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Jigarni dekompensasiyalangan shikastlanishi bo‘lgan pasientlar

Jigar tomonidan, xususan, jigarni dekompensasiyalangan shikastlanishini Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha Csinfiga mansub bo‘lgan pasientlarda jiddiy nojo‘ya samaralarni rivojlanish havfini yuqori bo‘lishi aniqlangan. Shuningdek bunday pasientlarda laktasidoz va gepatorenal sindrom kabi maxsus nojo‘ya samaralarni rivojlanish havfi yuqori. Shu sababli, laktasidoz va buyraklar faoliyati buzilishini klinik belgilarini aniqlash maqsadida pasientlarni sinchiklab kuzatish, shuningdek ushbu pasientlar guruhida tegishli laborator tahlillar (jigar fermentlarining faolligi, qondagi sut kislotasining konsentratsiyasi, qon zardobidagi kreatinin konsentratsiyasi) ni o‘tkazish kerak.

Lamivudinga rezistentligi bo‘lgan pasientlar

B gepatiti virusida lamivudinga chidamlilik mutasiyasini mavjud bo‘lishi entekavirga rezistentlikni rivojlanish havfini oshiradi. Shu sababli lamivudinga rezistentligi bo‘lgan pasientlarda organizmdagi viruslar miqdorini tez-tez monitoring o‘tkazish va zarurat bo‘lganida chidamlilik mutasiyasini aniqlash uchun tegishli tekshirishlar o‘tkazish talab etiladi.

Buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun dozalash tartibini to‘g‘rilash tavsiya etiladi.

Jigar transplantasiyasi o‘tkazilgan pasientlar

Jigar transplantasiyasi o‘tkazilgan pasientlarda entekavirning havfsizligi va samaradorligi noma’lum. Jigar transplantasiyasi o‘tkazilgan va siklosporin va takrolimus kabi buyraklar faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan immunodepressantlar olayotgan pasientlarni entekavir bilan davolashdan oldin va davolash vaqtida buyraklar faoliyatini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Pasientlar uchun umumiy ma’lumot

Entekavir bilan davolash V gepatitini yuqish havfini kamaytirmasligi xaqida pasientlarga ma’lumot berish kerak va shuning uchun tegishli ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak. Preparatning har bir tabletkasi 120,5 mg (0,5 mg tabletkada) yoki 241 mg (1 mg tabletkada) laktoza saqlaydi. Shu sababli, laktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtirolmasligi, laktazani tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza mal’absorbsiyasi bo‘lgan pasientlarga preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlar ayollarda adekvat va nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Preparatni qo‘llashdan kutilgan potensial foyda homila uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holdagina, preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin.

Entekavirni ona sutiga o‘tishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Preparatni qo‘llash vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Entekavirning dozasini oshirib yuborish hollari qayd etilmagan. Dozasi oshirib yuborilganida pasientlarni sinchiklab tibbiy kuzatish va zarurat bo‘lganida standart tutib turuvchi davolash o‘tkazish kerak.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 0,5 mg va 1,0 mg dan kontur uyali o‘ramlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

×