Выберите категорию:

Pentofiral- inyeksiya uchun eritma

TIBBIYOTDA QO‘LLANILIShIGA DOIR YO‘RIQNOMA

PENTOFIRAL

Preparatning savdo nomi: Pentofiral

Ta’sir etuvchi modda (XPN): Pentoksifillin

Dori shakli: inyeksiya uchun eritma.

Tarkibi:

5 ml eritma (1 ampula) quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: Pentoksifillin -100 mg.

Yordamchi moddalar: natriy xloridi, in’eksiya uchun suv.

Ta’rifi: tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruxi: Periferik qon aylanishi buzilishlarini davolash uchun vositalar.

ATX kodi: C04AD03

Farmakologik xususiyatlari

Pentoksifillin metilksantinning hosilasidir. Pentoksifillinning ta’sir mexanizmini fosfodiesterazani susayishi va qon tomirlarining silliq mushak xujayralarida, qon xujayralarida, shuningdek, boshqa to‘qima va a’zolarda SAMF ni to‘planishi bilan bog‘laydilar. Pentoksifillin trombositlar va eritrositlarning agregasiyasini tormozlaydi, ularning egiluvchanligini oshiradi, qon plazmasida fibrinogenning oshgan konsetratsiyasini kamaytiradi va fibrinolizni kuchaytiradi, bu qonning qovushqoqligini kamaytiradi va uning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi. Bundan tashqari, pentoksifillin kuchsiz miotrop qon tomirlarni kengaytiruvchi ta’sirni chaqiradi, tomirlarning umumiy periferik qarshiligini biroz kamaytiradi hamda musbat inotrop ta’sirga ega. Pentoksifillinni qo‘llash natijasida eng yuqori darajada qo‘l-oyoqlarda, markaziy nerv tizimida, o‘rtacha darajada – buyraklarda mikrosirkulyasiya va to‘qimalarni kislorod bilan
ta’minlanishi yaxshilanadi. Preparat koronar tomirlarni biroz kengaytiradi.

Farmakokinetikasi

Asosiy farmakologik faol metaboliti 1-(5-gidroksigeksil)-3,7-dimetilksantin (metabolit I) qon plazmasida o‘zgarmagan moddaning konsentratsiyasidan 2 marta ortiq konsentratsiyada aniqlanadi va u bilan qaytar biokimeviy muvozanat holatida bo‘ladi. Shuning uchun pentoksifillin va uning metabolitini faol bir butun modda sifatida qaralishi mumkin.
Pentoksifillinning yarim chiqarilish davri (T1/2) 1,6 soatni tashkil qiladi.

Pentoksifillin to‘liq metabolizmga uchraydi, 90% dan ortig‘i kon’yugasiyalanmagan suvda eruvchan qutblangan metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Dozaning 4% dan kamrog‘i axlat bilan chiqariladi. Buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda metabolitlarni chiqarilishi sekinlashgan. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda pentoksifillinning T1/2 ning uzayishi aniqlangan.

Qo‘llanilishi

Aterosklerotik ensefalopatiya, ishemik serebral insul’t; dissirkulyator ensefalopatiya, periferik qon aylanishining ateroskleroz, qandli diabet (shu jumladan diabetik angiopatiya), yallig‘lanish oqibatidagi buzilishlari; venalarni shikastlanishi yoki mikrosirkulyasiyani buzilishi (posttromboflebitik sindrom, trofik yaralar, gangrena, muzlash) bilan bog‘liq to‘qimalarda trofik buzilishlar; obliteratsiyalovchi endarteriit, angioneyropatiya (Reyno kasalligi), ko‘zda qon aylanishini buzilishi (ko‘zning to‘r pardasi va tomirli pardalarida qon aylanishini o‘tkir, nim o‘tkir surunkali yetishmovchiligi); eshitishni pasayishi bilan kechuvchi ichki quloqning faoliyatini tomir genezli buzilishi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga (v/i) infuziyalar preparatni parenteral yuborishning eng samarali shaklidir, ular yaxshi o‘zlashtiriladi. Dozalash tartibi shifokor tomonidan belgilanadi va qon aylanishining buzilishlarini og‘irlik darajasi, tana vazni va davolashni o‘zlashtirilishiga bog‘liq. Infuziyani, faqat agarda eritma tiniq bo‘lsagina o‘tkazish mumkin.

Kattalarga quyidagi davolash sxemalari tavsiya qilinadi:

  1. V/i ga infuziya 100-600 mg pentoksifillinni Ringer laktat eritmasi, 0,9% natriy xloridi eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasining 100-500 ml da sutkada 1-2 marta o‘tkaziladi. V/i ga tomchilab yuboriladigan infuziyaning davomiyligi 60-360 daqiqani tashkil qiladi, ya’ni 100 mg pentoksifillinni yuborilishi kamida 60 daqiqa davom etishi kerak. Infuziya, maksimal sutkalik doza (infuzion va peroral) 1200 mg ni tashkil kilishni hisobga olib, pentoksifillinni – (400 mg), peroral qabul qilish bilan to‘ldirilishi mumkin.
  2. Pasientning ahvoli og‘ir bo‘lganida (ayniqsa doimiy og‘riqda, gangrenada yoki trofik yaralarda) preparatning infuziyasini 24 soat davomida o‘tkazish mumkin. Bunday yuborish sxemasida dozani 0,6 mg/kg/soat xisobidan belgilanadi. Tana vazni 70 kg bo‘lgan bemor uchun bunday yo‘l bilan hisoblangan sutkalik doza 1000 mg ni, tana vazni 80 kg bo‘lgan bemor uchun 1150 mg ni tashkil kiladi.
    Pasientning tana vaznidan qat’iy nazar maksimal sutkalik doza 1200 mg ni tashkil kiladi.
    Infuzion eritmaning hajmi yo‘ldosh kasalliklarni, bemorning holatini xisobga olib shaxsiy ravishda belgilanadi va sutkada o‘rtacha 1-1,5 l ni tashkil qiladi.
  3. Ayrim hollarda preparat 5 ml (100 mg) dan v/i ga in’eksiya yo‘li bilan qo‘llanadi. In’eksiyani asta-sekin, 5 daqiqa davomida, bemor – yotgan holatida bo‘lganida bajariladi. Keksa yoshdagi bemorlar. Keksa yoshdagi bemor uchun dozani to‘g‘rilashning zarurati yo‘q. Parenteral davolash kursining davomiyligi davolash o‘tkazayotgan shifokor tomonidan belgilanadi.

Bemorning holati yaxshilanganidan keyin, preparatning tabletka shaklini qo‘llab, davolashni davom ettirish tavsiya qilingan.

Nojo‘ya ta’sirlari

Organizmning ayrim tizimlari bo‘yicha nojo‘ya reaksiyalarni paydo bo‘lish tez-tezligi quyidagicha:

Yurak-tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya; tez-tez emas – periferik shishlar, yuzni qizarishi yoki qizib ketish xissi (quyilishlar), juda kam hollarda – kukrakda g‘ayri – tabiiy og‘rik, arterial gipotenziya, stenokardiyaning progressiyalanishi, hansirash, aritmiya, yurak urishi.

Qon va limfatik tizim tomonidan: yakka holatlarda – trombositopeniya va trombositopenik purpura, leykopeniya, pansitopeniya (u o‘lim bilan yakunlanishi mumkin), rotrombin vaqtini uzayishi, gipofibrinogenemiya, anemiya, aplastik anemiya, qon ketishlari (masalan, teri, shilliq qavatlar, me’da, ichak, burun qon tomirlaridan qon ketishlari).

Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, aseptik meningit (yuqori dozalarda qo‘llanganda); yakka holatlarda – qo‘llarni qaltirashi, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, xavotirlik, qo‘rquv hissi, xushni yo‘qotish, uyquni buzilishi, gallyusinasiyalar, ko‘z oldini korong‘ilashishi, qo‘l-oyoqlarni uvishishi, gipergidroz, tirishishlar, paresteziyalar kuzatiladi.

Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rishni buzilishi, skotoma, ko‘z yoshini oqishi, kon’yunktivitlar, quloqlarda og‘rik, migren’, ko‘zning to‘r pardasiga qon quyilishi, to‘r pardani ko‘chishi.

Me’da-ichak yullari tomonidan: tez-tez – me’da-ichak buzilishlari, me’dada bosim xissi, uni to‘lib ketish xissi, diareya; tez-tez emas – ko‘ngil aynishi, qusish (shu jumladan bir necha marta), meteorizm, epigastral og‘riqlar, anoreksiya, ichak atoniyasi, qabziyatlar, tomoqni qurishi, chanqoqlik.

Metabolizm tomonidan: juda kam hollarda – gipoglikemiya, gipokaliemiya. Immun tizimi tomonidan: yakka hollarda – allergik reaksiyalar (shokkacha rivojlanuvchi anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar, angionevrotik shish, bronxospazm, terini qizarishi, qichishish, toshmalar, eshakemi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), Stivens- Djonson sindromi.

Gepatobiliar tizim tomonidan: juda kam hollarda – jigar ichki xolestazi, jigar fermentlari faolligini oshishi, xolesistitni zo‘rayishi, xolestatik gepatit.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: juda kam hollarda – kuchli terlash, yuz terisi va ko‘krak qafasining yuqori qismini giperemiyasi, shishlar, makulopapulyoz toshma, tirnoqlarni yuqori sinuvchanligi.

Yuborish joyidagi o‘zgarishlar: yuborish joyida og‘rik, giperemiya, shish, toshma.

Boshqalar: ta’mni buzilishi, so‘lakni kuchli ajralishi, lanjlik, tomoqda/bo‘yinda og‘rik, laringit, burunni bitishi, tana vaznini oshishi/kamayishi, etni uvishishi, qizish xissi, isitma, gipertermik sindrom.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: jigar transaminazalari (ALT, ACT, LDG) va ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi.

Nojo‘ya reaksiyalarining ko‘pchiligi doza bilan bog‘liq. Ularni, dozani kamaytirish bilan minimumga yetkazish yoki umuman bartaraf etish mumkin.

Agarda og‘ir nojo‘ya reaksiyalar kuzatilsa, davolashni to‘xtatish kerak.

Ko‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • Pentoksifillinga, preparatning boshqa komponentlariga yoki teofillin, kofein, xolin teofillinati, aminofillin yoki teobromin kabi metilksantin guruhining boshqa preparatlariga yuqori sezuvchanlik;
  • massiv qon ketishlari (qon ketishini kuchayish xavfi);
  • ko‘zning to‘r pardasiga, miyaga qon quyilishlar; agarda pentoksifillin bilan davolanish vaqtida ko‘zning to‘r pardasiga, miyaga qon quyilishi yuz bersa, dori vositasini qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak;
  • gemorragik diatez;
  • o‘tkir miokard infarkti;
  • jigar yoki buyrak yetishmovchiligi;
  • me’da yarasi va/yoki ichak yaralari;
  • porfiriya;
  • homiladorlik va emizish davri;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Pentoksifillin va antigipertenziv preparatlarni (xususan, angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlarini) bir vaqtda qo‘llash, oxirgilarning ta’sirini kuchaytiradi, shuning uchun gipotenziv preparatlarning dozasini muvofik ravishda to‘g‘rilash talab qilinadi.

Antikoagulyantlar, qon koagulyasiyasini susaytiruvchi preparatlar. Pentoksifillin va qon koagulyasiyasini kamaytiruvchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish qon ketishi extimolini oshiradi, shuning uchun protrombin vaqtini tez-tez nazorat qilib turish kerak. Pentoksifillin buyurilganida yoki dozalash o‘zgartirilganida, bu bemorlarda antikoagulyant faollikni nazoratini o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Simetidin. Simetidinni bir vaqtda yuborilganda qon zardobida pentoksifillinning konsentratsiyasini ancha oshishi yuz beradi. Pentoksifillinning dozasini oshirib yuborilishi belgilarining paydo bo‘lishini diqqat bilan kuzatish kerak.

H2-reseptorlarining boshqa antagonistlari (famotidin, ranitidin va nizatidin) pentoksifillinning metabolizmiga ancha kam ta’sir qiladi.

Teofillin. Pentoksifillin va teofillinni bir vaqtda yuborilishi qon zardobida teofillinning konsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qon zardobida teofillinning konsentratsiyasini kuzatib turish, zarurati bo‘lganida esa, uning dozasini kamaytirish kerak.

Ketorolak, meloksikam. Pentoksifillin va ketorolakni bir vaqtda qo‘llanishi protrombin vaqtini oshishiga olib kelishi va qon ketish xavfini oshirishi mumkin. Qon ketish xavfi, shuningdek pentoksifillin va meloksikam bir vaqtda qo‘llanganida oshishi mumkin. Shuning uchun bu preparatlar bilan bir vaqtda davolanish tavsiya qilinmaydi.

Siprofloksasin. Siprofloksasin jigarda pentoksifillinning metabolizmini tormozlaydi, shuning uchun pentoksifillin va siprofloksasinni bir vaqtda qo‘llash qon zardobida pentoksifillinning konsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Pentoksifillin va siprofloksasin bilan bir vaqtda davolash zarurati tug‘ilganida pentoksifillinning dozasini ikki martaga kamaytirish tavsiya qilinadi.

Insulin va peroral diabetga qarshi preparatlar. Pentoksifillinning v/i ga yuboriladigan katta dozalari insulin va peroral diabetga qarshi preparatlarning gipoglikemik samaralarini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun insulin yoki gipoglikemik preparatning dozasini muvofiq to‘g‘rilash kerak.

Nitratlar. Pentoksifillin nitratlarning ta’sirini kuchaytiradi.

Eritromisin. Pentoksifillin va eritromisinning o‘zaro ta’siri bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Biroq pentoksifillin va eritromisin birga qo‘llanganida eritromisinning plazmadagi darajasini oshishi zaxarli reaksiyalarni namoyon bo‘lishi bilan qayd etiladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Pentoksifilinni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Preparatni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q.

Anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalarni rivojlanishining birinchi belgilarida preparat bilan davolashni to‘xtatish va yordam uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Preparatni surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanganida, avval qon aylanishini kompensasiya bosqichiga erishish kerak. Diabeti bo‘lgan va insulin yoki peroral antidiabetik vositalar bilan davolanayotgan bemorlarda, preparatning yuqori dozalari qo‘llanganida, qondagi qandning darajasiga bu preparatlarning ta’siri kuchayishi mumkin. Bunday hollarda insulinning yoki peroral diabetga qarshi vositalarning dozasini kamaytirish va ayniksa bemorni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Tizimli qizil yugirik (TQYu) yoki biriktiruvchi to‘qimaning boshka kasalliklari bo‘lgan bemorlarga pentoksifillinni faqat bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf va foyda batafsil tahlil qilinganidan keyin buyurish mumkin. Pentoksifillin bilan davolanish vaqtida aplastik anemiyani rivojlanish xavfi mavjudligi tufayli umumiy qon taxlilini muntazam nazorat qilish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam) bo‘lgan yoki jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda pentoksifillinning chiqarilishi sekinlashgan bulishi mumkin. Tegishli monitoring kerak.

Keksa yoshdagi bemorlarda faol moddaning biokiraolishligini oshishi va chiqarilish tezligini pasayishi tufayli, o‘rtacha terapevtik dozani kamaytirishga zarurat tug‘ilishi mumkin.

Chekish preparatning terapevtik samaradorligini pasaytirishi mumkin. Ayniqsa diqqat bilan kuzatish quyidagilar uchun zarur:

  • og‘ir yurak aritmiyalari bo‘lgan bemorlar;
  • miokard infarkt bo‘lgan bemorlar;
  • arterial gipotenziyasi bo‘lgan bemorlar;
  • serebral va koronar arteriyalarining yaqqol aterosklerozi bo‘lgan bemorlarda, ayniqsa yo‘ldosh arterial gipertenziyada va yurak ritmini buzilishlarida. Bunday bemorlarda preparat qabul qilganida stenokardiya xurujlari, aritmiyalar va arterial gipertenziya yuz berishi mumkin;
  • buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) 30 ml/daq dan kam) bo‘lgan bemorlar;
  • og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar;
  • kon ketishlariga, masalan antikoagulyantlar bilan davolanish yoki kon ivishining buzilishlari bilan bog‘lik yukori moyillikka ega bo‘lgan bemorlar. Qon ketishlari yuzasidan – «Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga karang;
  • anamnezida me’da va un ikki barmok ichakning yarasi bo‘lgan bemorlar;
  • yakinda operatav davolash o‘tkazgan bemorlar (qon ketishini paydo bo‘lishini yuqori xavfi, shu tufayli gemoglobin va gematokrit darajasini muntazam nazorat qilish talab etiladi);
  • arterial bosimni pasayishi yuqori xavf bo‘lishi mumkin bo‘lgan bemorlar (masalan, og‘ir yurak ishemik kasalligi yoki miyaga qonni yetkazib beruvchi tomirlarning stenozi bo‘lgan bemorlar);
  • pentoksifillin va K antivitaminlari (kumarinlar) bilan bir vaqtda davolanayotgan bemorlar;
  • pentoksifillin va diabetga qarshi vositalar bilan bir vaqtda davolanayotgan bemorlar.

Shuningdek markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaksiyalarni paydo bo‘lish ehtimolini xam xisobga olish kerak.

Preparatni bir idishda «Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limida ko‘rsatilgan eritmalardan tashqari, boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Chiqarilish shakli

Inyeksiya uchun 100 mg/5 ml eritma, 5 ml dan ampulalarda №5 (1×5), №10 (2×5)

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Bolalardan asrang!

Yaroklilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

×