Выберите категорию:

Griponorm-ichish uchun eritma tayyorlashga kukun

TIBBIYОTDA QO‘LLANILISНIGA DOIR YO‘RIQNOMA

GRIPONORM

Preparatning savdo nomi: Griponorm

Ta’sir etuvchi moddalar (XPN): Parasetamol, feniramin maleati, fenilefrin gidroxloridi, askorbin kislotasi.

Dori shakli: Ichish uchun eritma tayyorlashga kukun.

Tarkibi: Bir paketcha quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: Parasetamol 325 mg, feniramin maleati 20 mg, fenilefrin gidroxloridi 10 mg, askorbin kislotasi 50 mg.

Yordamchi moddalar: olma kislotasi, natriy sitrat, «Sunset Yellow» bo‘yovchi moddasi (E110), xinolin sariq bo‘yovchi moddasi (E104), titan dioksidi, saxaroza, limon hushbo‘yi 3201, kalsiy fosfat, limon kislotasi.

Ta’rifi: Oq rangli, sariq notekis dog‘lari bo‘lgan, qumoqlar va begona zarrachalarsiz sitrus xidli granulalangan sochiluvchan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK belgilarini yo‘qotish uchun vosita.

ATX kodi: N02BE51

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat, isitmani tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi, allergiyaga qarshi ta’sirga ega.

Qo‘llanilishi

Yuqori harorat, kuchli qaltirash, tanani zirqillashi, bosh va mushak og‘riqlari, tumov, burunni bitishi, aksirish bilan birga kechuvchi infeksion-yallig‘lanish kasalliklari gripp, O‘RVI («shamollash»).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning alohida komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Xomiladorlik, emizish davri. Portal gipertenziya, alkogolizm, buyrak yetishmovchiligi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza fermentining tanqisligi, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Quyidagilarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi: arterial gipertenziya, qandli diabet, yopiq burchakli glaukoma, jigar va buyraklarning og‘ir kasalliklari, o‘pka kasalliklari (shu jumladan bronxial astma), prostata bezining adenomasidagi siyishni qiyinlashishlari, qon kasalliklari, tug‘ma giperbilirubinemiya (Jil’ber, Dubin-Djonson va Rotor sindromi).

Qo‘llash usuli va dozalari Ichga.

Bir paketcha ichidagisi 1 stakan qaynatilgan issiq suvda eritiladi. Issiq holda iste’mol qilinadi. Xohishga qarab shakar qo‘shish mumkin. Takroriy dozani har 4 soat o‘tganidan keyin qabul qilish mumkin (24 soat davomida 3 dozadan ko‘p emas). Preparatni sutkaning har qanday vaqtida qo‘llash mumkin, biroq eng yaxshi samarani tunga, uyqudan oldin qabul qilish keltiradi. Agarda preparatni qabul qilish boshlanganidan keyin 3 kun davomida belgilarining yengillashuvi kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Nojo‘ya ta’sirlari

Allergik reaksiyalar (toshma, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish), yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, psixomotor reaksiyalar tezligini pasayishi, charchoqlik hissi, og‘izni qurishi, siydikni tutilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, me’dada og‘riqlar, yurak urishi, arterial bosimni oshishi, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, midriaz, akkomodasiya parezi, ko‘z ichki bosimining oshishi mumkin. Parasetamol borligini hisobga olib: kam – qon tizimining buzilishi ( anemiya, trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz); uzoq vaqt katta dozalar qabul qilinganida gepatotoksik va nefrotik ta’siri, gemolitik anemiya, metgemoglobinemiya, pansitopeniya bo‘lishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq, og‘ir hollarda jigar yetishmovchiligi, ensefalopatiya va komatoz holat rivojlanadi. Davolash: me’dani yuvish, birinchi 6 soatda faollantirilgan ko‘mir, SH-guruh donatorlarini va doza oshirib yuborilganidan keyin 8-9 soat o‘tgach glutation sintezining o‘tmishdoshlari – metionin va 12 soatdan keyin N-asetilsistein yuborish.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Monoaminooksidaza ingibitorlarini qabul qilganda preparatni qabul qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi. Parasetamolning gepatotoksik ta’sirini xavfi barbituratlar, fenitoin, karbamazepin, rifampisin, zidovudin va jigarning mikrosomal fermentlarining boshqa induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida oshadi. Etanol, sedativ vositalar ta’sirini kuchaytiradi.

Etanol feniraminning sedativ ta’sirini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi va antipsixotik vositalar, fenotiazin xosilalari siydikni tutilishi, og‘izni qurishi va qabziyatlarni rivojlanishi xavfini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigarning zaharli shikastlanishidan saqlanish uchun, preparatni alkogolli ichimliklar bilan qabul qilish mumkin emas. Preparatni qabul qilish vaqtida avtomobilni yeki boshqa mexanizmlarni boshqarish tavsiya qilinmaydi. Shikastlangan paketchalardagi dorini ishlatmaslik kerak.

Chiqarilish shakli

Ichish uchun eritma tayyorlashga kukun 22,1 g dan №10, №20, №30, №100 paketchalarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saklansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

×