Выберите категорию:

Timpraymin- inyeksion eritma tayyorlash uchun liofillangan kukun

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

TIMPRAYMIN

Preparatning savdo nomi: Timpraymin

Ta’sir etuvchi modda (XPN): arginil-al’fa-al’fa-aspartil-lizil-valil-tirozil-arginin (timopentin)

Dori shakli: in’eksion eritma tayyorlash uchun liofillangan kukun

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: timopentin – 1,0 mg

yordamchi moddalar: mannitol, muzlatilgan sirka kislotasi, natriy gidroksid.

Ta’rifi: oq rangli liofillangan kukun.

Farmakoterapevtik guruxi: immunomodulyator vosita.

ATX kodi: L03

Farmakologik xususiyatlari

Timopentin – bu immun tizimi faoliyatini ikki fazali boshqarish uchun qo‘llanadigan dori vositasi.

Farmakodinamikasi

Timopentin T-limfositlarni faollashishi va proliferatsiyasini induksiya qiladi, shuningdek antitelolar ishlab chiqarilishini oshiradi va T-limfositlarni CD4+/CD8+ kichik turi nisbatini normallashtiradi. Timopentin hujayra immunitetini boshqaradi/oshiradi, periferik qonda mitogen-faollashtirilgan T-limfositlarni yetilishini rag‘batlantiradi, hujayra antigeni yoki mitogeni tomonidan turli sitokinlarning (IFN-α, -γ, IL-2 va IL-3 kabilarni) faollashishini oshiradi, T-hujayra limfokin reseptori darajasini oshishiga olib keladi. T-4 hujayra-yordamchilar faollashishi limfositlarning reaksiyasini kuchaytiradi. Bundan tashqari, xemotaksisning muvofiq zaxirasini o‘zgartirish yo‘li bilan o‘tmishdosh NK hujayralarga (tabiiy killerlar) ta’sir ko‘rsatishi mumkin, IFN ta’siridan keyin o‘tmishdosh hujayralar, hujayralar uchun toksikroq bo‘lib qoladi. Shunday qilib preparat odam hujayra immunitetining faoliyatini boshqarish va kuchaytirish uchun mo‘ljallangan.

Farmakokinetikasi

Inyeksiya joyidan to‘lik so‘riladi va qon plazmasida proteaza va aminopeptidaza tomonidan juda tez parchalanadi. T1/2 taxminan 30 sekundni tashkil qiladi. T1/2 plazmadagiga qaraganda qorin bo‘shlig‘ida uzunrok va taxminan 3,5-7 minutni tashkil qiladi. 25% li preparatni qo‘llangandan keyin 10 minut o‘tgach so‘lakda aniqlash mumkin. Timopentin bir martalik in’eksiyadan keyin juda tez nishon hujayraga ta’sir qiladi, qayta qo‘llanganda samarasi bir necha kun davom etadi.

Qo’llanilishi

Turli etiologiyali immuntanqisligi va toksik xolatlarni oldini olish va davolash:

  • turli etiologiyali surunkali yallig‘lanish kasalliklari;
  • 18 yoshdan katta bemorlardagi surunkali V gepatiti;
  • 18 yoshdan keyin ayrisimon bezni kichiklashishi bilan bog‘liq hujayra immunitetini buzilishi;
  • T-hujayralarning turli birlamchi yoki ikkilamchi yetishmovchiligi;
  • autoimmun kasalliklar (revmatoid artrit, tizimli eritematoz yugirik va boshqalar);
  • turli kasalliklar chaqirgan hujayra immunitetini buzilishlari;
  • infeksion kasalliklar (shu jumladan opportunistik infeksiyalar): sitomegalovirusli infeksiya, gerpetik infeksiya, toksoplazmoz, xlamidioz (xlamidiyli infeksiya), pnevmosistoz, kriptosporidioz, OITV-infeksiya/ SPID, surunkali virusli gepatitlar, surunkali brusellez, difteriya (shu jumladan bakteriya tashuvchilik);
  • o‘smalar (shu jumladan havfli o‘smalar);
  • kuyishlar, uzoq bitmaydigan jaroxatlar;
  • sepsis, yiringli-septik asoratlar, septik endokardit;
  • bronxoobstruktiv sindrom;
  • xolesistopankreatit;
  • psoriaz;
  • bakterial va virusli infeksiyalarga qarshi vaksinasiyada ad’yuvant sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Mushak ichiga, vena ichiga, tomchilab qo‘llanadi.

  • mushak ichiga in’eksiya: 1 ml in’eksiya uchun steril suvda eritiladi;
  • vena ichiga tomchilab quyish: 250 ml 0,9% li natriy xloridi in’eksion eritmada eritiladi. Preparat quyidagi tavsiyalar bo‘yicha qo‘llanadi.

Immunotanqislik xolatlarini davolash va oldini olish (surunkali yallig‘lanish kasalliklari, T-hujayra yetishmovchiligi, autoimmun kasalliklar, ayrisimon bezni kichrayishi bilan bog‘liq xujayra immunitetini buzilishi, xolesistopankreatit, psoriaz): 1-2 flakondan kuniga 2 marta. Davolash kursi 15-30 kun;

Surunkali B gepatiti: 1-2 flakondan xaftada 3 marta. Davolash kursi 24 xafta.

Infeksion kasalliklar (SMV, uchuq, toksoplazmoz, xlamidioz, pnevmosistoz, kriptosporidoz, OIV-infeksiyasi /OITS, surunkali virusli gepatit, brusellez va boshqalar), o‘smalar,(shu jumladan xavfli o‘smalar):1-2 flakondan kuniga1 marta. Davolash kursi 15 kun. Kurslar orasida 20 kun tanaffus bilan davolashning 3 kursi zarur.

Kuyishlar, uzoq bitmaydigan jarohatlar:1-2 flakondan kuniga 1 marta. Davolash kursi 20 kun.

Sepsis, yiringli – septik asoratlar, septik endokardit:1-2 flakondan kuniga 1 marta. Kurslar orasida 20 kun tanaffus bilan davolashning 3 kursi zarur.

Bronxoobstruktiv sindrom: 2 flakondan kuniga 1 marta. Davolash kursi 15-30 kun;

Bakterial va virusli infeksiyalarga qarshi vaksinasiyada ad’yuvant sifatida:1-2 flakondan kuniga 1 marta, davolash kursi 15-20 kun.

Nojo‘ya ta’sirlari

Odatda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, ayrim bemorlarda ko‘ngil aynishi, yuqori harorat, bosh aylanishi, ko‘krakda og‘irlik hissi, xolsizlik, uyquchanlik kuzatilishi mumkin. Surunkali V gepatiti bilan pasientlarda jigar faoliyatini buzilishlarini belgilarisiz qisqa muddatli ALT oshishi kuzatilishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lganda preparatni qo‘llashni davom ettirish kerak.

Qo’llash mumkin bo’lmagan xolatlar

  • preparatning komponentlarini shahsiy o‘zlashtiraolmaslik (shu jumladan anamnezidagi o‘ta yuqori sezuvchanlik)
  • rezus-konflikt bilan asoratlangan homiladorlik,
  • a’zolarni ko‘chirib o‘tkazishda ko‘llanmaydi.

Dorilarning o’zaro ta’siri

Preparat interferon, antibiotiklar, gormonal, yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi, gipotenziv preparatlar, diuretiklar yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan preparatlar, markaziy nerv tizimi uchun preparatlar, kontraseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda interferensiya kuzatilmaydi, Interferon immun faoliyatini yaxshilab, sinergik ta’sir qiladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat immun tizimining faoliyatini oshirishi tufayli, preparatni immunosupressiv terapiya oluvchi pasientlarda (masalan, a’zolar ko‘chirib o‘tkazilganda), davolashdan foyda mumkin bo‘lgan havfdan yuqori bo‘lgandagidan tashqari hollarda qo‘llash mumkin emas.

Davolash vaqtida jigar faoliyatini doimo nazorat qilish kerak. Preparatni 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda qo‘llash bo‘yicha klinik ma’lumotlar yo‘k. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda, yetarlicha ma’lumotlar bo‘lmaganligi tufayli preparat faqat klinik zaruratda qo‘llanadi. Laktasiya davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak,

Dozani oshirib yuborilishi Ataylab yoki tasodifiy dozani oshirib yuborilish hollari aniqlanmagan. Hayvonlardagi o‘tkir toksiklikni tekshirish, timopentin 10 mg/kg dozada (tekshirilgan eng yuqori doza) hech qanday nojo‘ya reaksiyalar chaqirmasligini ko‘rsatadi.

Chiqarilish shakli

1 mg dan shisha flakonlarda.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, harorati 25ºC dan yuqori bo‘lmagan joyda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

×