Выберите категорию:

Enzirem® Neo – kapsulalar

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

ENZIREM® NEO

Preparatning savdo nomi: Enzirem® Neo

Ta’sir etuvchi modda (XPN): Pankreatin

Dori shakli: kapsulalar.

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda:

10000 TB dozasi uchun: pankreatin fermentativ faolligi lipaza buyicha 10000 TB Yevr.F, amilaza bo‘yicha 8000 TB Yevr.F, proteaza bo‘yicha 600 TB Yevr.F

25000 TB dozasi uchun: pankreatin fermentativ faolligi lipaza buyicha 25000 TB Yevr.F, amilaza bo‘yicha 18000 TB Yevr.F, proteaza bo‘yicha 1000 TB Yevr.F

Yordamchi moddalar: trietilsitrat, tal’k, metakril kislota sopolimeri.

Ta’rifi: «0» o‘lchamdagi zarg‘aldoq rangli qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – och qaymoq rangdan to‘q jigarranggacha, pelletlar bilan to‘ldirilgan.

Farmakoterapevtik guruxi: Ovqat xazm qilish uchun ferment vosita.

ATX kodi: А09АА02

Farmakologik xususiyatlari

Ferment preparati. Me’da osti bezi fermentlarining (lipazalar, amilazalar va proteazalar) tanqisligini to‘ldiradi, ular ovqat moddalarini ingichka ichakda yanada to‘liqroq so‘rilishiga yordam berib, muvofiq o‘simlik va hayvon yog‘larini (gliseringa va yog‘ kislotalarigacha), polisaxaridlarni (dekstrinlar va monosaxaridlargacha) va oqsillarni (peptidlar va aminokislotalargacha) gidroliz qiladi. Ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

Preparat me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi va mahalliy ta’sir qiladi.

Preparatning maxsus dori shakli me’da shirasining inaktivasiyasi oqibatida fermentlarning faolligining pasayishidan saqlash imkonini beradi.

Kapsulada saqlanadigan va kislotaga chidamli qobiq bilan qoplangan preparat granulalari, me’dada ichidagisi bilan bir hil aralashadi va o‘n ikki barmoq ichakka tushadi. Fermentlarning tez ajralib chiqarilishi va faollashuvi uning kuchsiz kislotali yoki neytral muhitda, granulalarning qobig‘i parchalanadigan joyda boshlanadi.

Granulalar pH 5,5 dan past me’da muhitida turg‘un. Me’da shirasining ishtirokida 45 minut davomida chidamli. Fermentativ faollikning ajralib chiqishi pH 6 da 75-100% ni, 1 soat davomida, pH 6,8 da, 100% ni 30 minut davomida tashkil qiladi, pH 8 da 15 minut davomida to‘liq ajralib chiqadi. Substratlar bilan o‘zaro ta’sirlangandan keyin proteaza, lipaza va amilaza ichakning quyi bo‘limlarda faolligini yo‘qotish va ichak ichidagisi bilan birga organizmdan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Bolalarda va kattalarda uchraydigan me’da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligi. Me’da osti bezining va oshqozon ichak kasaliklarini ekzokrin funksional yetishmovchiligi bilan bog‘lik kasaliklarda uchraydi, shulardan:

  • mukovissidoz,
  • surunkali pankreatit,
  • me’da osti bezini jaroxligidan so‘ng,
  • gastrektomiyadan so‘ng,
  • me’da osti bezining raki,
  • oshqozon kisman rezeksiyasi (masalan Bil’rot II,)
  • me’da osti bezi yoki safro yo‘llarini o‘sma oqibatidagi obstruksiyasi,
  • Shvaxman-Daymond sindromi.

Noxush asoratlardan xoli bo‘lish maqsadida shifokor maslaxatidan so‘ng ishlatilsin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga.

Doza me’da osti bezi faoliyatining yetishmovchilik darajasiga va parxezning tarkibiga qarab individual tanlanadi.

Kapsulalarni butunligicha, sindirmasdan va chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga ovqat bilan birga yoki ovqat qabul qilinganidan so‘ng qabul qilish kerak.

Kichik bolalarda yoki keksa yoshdagi bemorlarda yutish qiyin bo‘lganda kapsula ehtiyotkorlik bilan ochilib, mikrogranulalar chaynashni talab qilmaydigan suyuklik, masalan, nordon suyuq ovqatga – olma pyuresi yoki meva sharbati (pH < 5,5) bilan birga qabul qilinadi. Kapsulalardagi mikrogranulalarni issiq suvga solish tavsiya etilmaydi. Mikrogranulalarni ovqat yoki suyuqlik bilan aralashmasini saqlash mumkin emas, aralashmalar tayyorlanganidan so‘ng darxol qabul qilinishi lozim.

Bemorni ayniqsa suyuqlik yuqotishda yetarlicha suyuqlik qabul qilishini ta’minlash lozim. Suyuqlikni kam miqdorda iste’mol qilinishi ich kotishiga yoki ich qotishining kuchayishiga olib keladi.

Mukovissidozda bolalar va kattalarda qo‘llanadigan doza

  • Doza tana vazniga bog‘liq va davolashni boshida ovqat qabul qilish vaqtida 4 yoshdan kichik bolalarda – 1000 lipaza TB/kg, 4 yoshdan kattalarda – 500 lipaza TB/kg ni tashkil qiladi.
  • Doza kasallik belgilarining yaqqolligiga, steatoriyani va optimal ovqat holatini tutib turish buyicha nazorat natijalariga bog‘liq.
  • Bemorlarni ko‘pchiligida doza 1000 lipaza TB/kg tana vaznidan yoki istemol qilingan yog‘ni 4000 lipaza birligi/g dan kam bo‘lishi yoki undan ortmasligi lozim.

Ekzokrin holati bilan uchraydigan me’da osti bezi yetishmovchiligida beriladigan doza.

Dozani bemorni individual holati inobatga olgan holda, ovqatni hazm bo‘lish jarayonini darajasi va ovqatdagi yog‘lar miqdoriga asosan belgilash lozim. Asosiy ovqat qabul qilishdagi doza 25000 dan 80000 lipaza TB ni, yengil tamaddi qilish vaqtida asosiy dozani yarimini tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta’sirlari

O‘rtacha terapevtik dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta’siri 1% dan kam hollarda kuzatiladi.

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: alohida hollarda – diareya, qabziyat, me’da sohasida diskomfort hissi, ko‘ngil aynishi.

Allergik reaksiyalar: alohida hollarda – teri toshmalari.

Moddalar almashinuvi tomonidan: uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganda giperurikozuriya va haddan ziyod yuqori dozalarda – qon plazmasida siydik kislotasining miqdorini oshishi mumkin.

Boshqalar: preparat yuqori dozalarda bolalarda qo‘llanganida anal sohasida ta’sirlanish paydo bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik
  • o‘tkir pankreatit
  • surunkali pankreatitning zo‘rayishi.

Maxsus ko‘rsatmalar.

Mukovissidozda preparatning dozasi iste’mol qilinayotgan ovqatning sifati va miqdorini hisobi bilan yog‘larning gidrolizi uchun zarur bo‘lgan fermentlarning miqdoriga adekvat bo‘lishi kerak. Mukovissidoz bo‘yicha preparat bilan uzoq muddat davolangan bolalar muntazam mutaxassisda kuzatilishlari kerak. Mukovissidozda pankreatin kerakli dozadan oshirib yuborilgan holda chambar ichakning iliosekal va yuqoriga ko‘tariluvchi qismida strikturlar (fibroz kolonopatiyalar) rivojlanishi mumkin.

Preparatni homiladorlikda qo‘llashning xavfsizligiga yetarli o‘rganilmagan.

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llash faqat ona uchun davolashdan kutilayotgan samara, homila yoki bola uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda mumkin.

Asoratlarning paydo bo‘lishini bartaraf qilish uchun preparatni faqat shifokor maslahatidan keyin qo‘llash kerak.

Preparat avtomobilni xaydash, mashina va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Temirning so‘rilishini (ayniqsa uzoq muddat qo‘llanganda) pasaytiradi. Gistamin N2-reseptorlarining blokatorlari, proton nasosining ingibitorlari yoki antasid preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash, pankreatinning samarasini oshishiga olib kelishi mumkin. Simetadin, bikarbonatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, folatlarning darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish va/yoki folat kislotasini buyurish tavsiya qilinadi. Pankreatin akarbozani va miglitolning samarasini kamaytirishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Xaddan ziyod yuqori dozalar qabul qilinganda giperurikemiya va giperurikozuriya, bolalarda qabziyat bo‘lishi mumkin.

Davolash: preparatni bekor qilish va zarurati bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar 10000 TB va 25000 TB kontur-uyali o‘ramda.

Saqlash sharoiti

Kuruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

×