Lignova- ichish uchun eritma tayyorlashga kukun

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

LIGNOVA

Preparatning savdo nomi: Lignova

Ta’sir etuvchi modda (XPN): gidrolizlangan lignin

Dori shakli: ichish uchun eritma tayyorlashga kukun.

Tarkibi: gidrolizlangan lignin

Ta’rifi: To‘k jigarrangdan kora ranggacha bo‘lgan xidsiz amorf kukun.

Farmakoterapevtik guruxi: Organizm zaxarlanishiga qarshi vosita.

ATX kodi: A07BC

Farmakologik xususiyatlari

Farmokodinamikasi

Preparat paxta tolasining gidrolizlangan mahsuloti –lignin polimeridan iborat tabiiy enterosorbent bo‘lib, uning tarkibiy qismlari fenilpropan va gidrosellyuloza hosilalaridan tashkil topgan.

Preparat yuqori sorbsiyalash va nospesifik zaharsizlantirish xossalariga ega.

Organizmdan patogen bakteriyalar va ularning endotoksinlarini, dori preparatlarini, zaharlarni, og‘ir metallar tuzlarini, alkogolni, allergen moddalarni hamda ba’zi moddalar almashinuvida hosil bo‘ladigan ortiqcha moddalar, shu jumladan, bilirubin, xolesterin, mochevina va endogen zaharlanishga ma’sul metabolitlar.

Preparat zaharsiz bo‘lib, organizmda so‘rilmasdan ichakdan 24 soat davomida chiqib ketadi.

Qo’llanilishi

Kattalar va yosh bolalardagi kelib chiqishi bo‘yicha turli tabiatli endogen va ekzogen zaharlanishlarda zaharsizlantruvchi vosita sifatida:

  • dori preparatlari, alkaloidlar, og‘ir metall tuzlari, alkogol va boshqa zararli moddalar bilan zaharlanish holatlari;
  • solmanellez, dizenteriya, dispepsiya kabi oziq-ovqat orqali zaharlanishlarni majmuaviy davolashda;
  • zaharlanishning aniq belgilari namoyon bo‘ladigan yiringli yallig‘lanish kasalliklarida;
  • jigar va buyraklar yetishmovchiliklari bilan bog‘liq bo‘lgan giperbilirubinemiya va giperazotemiyada;
  • oziq-ovqat va dorilarga nisbatan allergiyalarda;
  • zararli sharoitlarda ishlovchi hodimlarda surunkali kasalliklarning kelib chiqishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ovqatdan va dori qabul qilishdan 1 soat oldin, 5 g preparat 100 ml qaynagan va sovutilgan suvda aralashtirilib ichiladi. Sutkalik doza, kasallanish darajasining og‘irligi, bemorning yoshi va tana vazniga bog‘liq, va sutkada tana vazniga qarab 0,5–1,0 g/kg dan 2-4 mahal qabul qilinadi.

O‘rtacha bir martalik doza: 7-14 yoshli bolalarga – 5 g dan sutkasiga 2-4 mahal; 14 yoshdan kata bo‘lgan bolalarga va kattalarga – 5-10 g dan sutkasiga 3-4 mahal. O‘tkir zaharlanishlarda davolash muddati 3-5 kun, allergiya va surunkali zaharlanish kasalliklarida 14 kungacha. Qayta qabul qilish kursi shifokor tavsiyasiga binoan 2 xaftadan so‘ng amalga oshiriladi. O‘tkir zaxarlanishlarda bemorlarning oshqozoni zond yerdamida preparat bilan yuviladi.

Nojo‘ya ta’sirlari

Preparat organizm tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Preparatni qo‘llash paytida ahlat qora rangga bo‘yalishi mumkin, lekin bu preparatni qo‘llashni to‘xtatishga asos bo‘lmaydi. Kam hollarda allergik reaksiyalar, ich qotishi kuzatilishi mumkin. Preparatni uzoq muddat qo‘llash organizmda vitaminlar va kal’siyning so‘rilishining buzilishiga olib keladi. Shu sababli polivitamin va kal’siy preparatlarini profilaktik tarzda qo‘llash tavsiya qilinadi.

Qo’llash mumkin bo’lmagan xolatlar

Preparatga bo‘lgan individual o‘ta sezuvchanlik holatlari. Preparatni oshqozon va 12-barmoq ichak yara kasalliklarining kuchaygan paytida va ichak atoniyasida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Dorilarning ӯzaro ta’siri Preparatning adsorbsiyalash xususiyatiga egaligi sababli bir vaqtda boshqa preparatlar qo‘llanilishi ularning samaradorligini kamaytirishi mumkin. Shu sababli boshqa dorilarni preparatni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish tavsiya qilinadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ta’riflanmagan.

Dozani oshirib yuborilishi

Ta’riflanmagan.

Chiqarilish shakli

Ichish uchun eritma tayyorlashga kukun 5 g №10 (1×10), №20 (2×10), №30 (3×10) sashe paketlarda yoki 10 g, 35 g, 50 g, 70 g, 105 g, 200 g dan flakonlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

×