Aminorem-infuziya uchun eritma

QO‘LLASh BO‘YIChA YO‘RIQNOMA

AMINOREM

Preparatning savdo nomi: Aminorem

Ta’sir etuvchi moddalar (XPN): aminokislotalar: L-prolin, L-serin, L- alanin, L-izoleysin, L-leysin, L-asparagin kislotasi, L-tirozin, L-glutamin kislotasi, L-fenilalanin, L-arginin gidroxloridi, L-lizin gidroxloridi, L- valin, L-treonin, L-gistidin gidroxlorid monogidrati, L-triptofan, L- metionin, L-sistin/L-sistein gidroxlorid monogidrati, glisin.

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

100 ml eritma kuyidagilarni saklaydi:

Faol moddalar:

L-prolin – 0.1g

L-serin- 0.1g

L-alanin- 0.2g

L-izoleysin – 0.352g

L-leysin- 0.49g

L-asparagin kislotasi- 0.25g

L-tirozin- 0.025g

L-glutamin kislotasi- 0.075g

L-fenilalanin- 0.533g

L-arginin gidroxloridi- 0.50g

L-lizin gidroxloridi- 0.43g

L-valin- 0.36g

L-treonin- 0.25g

L-gistidin gidroxlorid monogidrati- 0.25g

L-triptofan- 0.09g

L-metionin- 0.225g

L-sistin- 0.01g

yoki L-sistein gidroxlorid monogidrati- 0.0172g

Glisin- 0.76g

Yordamchi moddalar: 1M natriy gidroksid eritmasi, sorbit, natriy metabisulfit (natriy disulfit ), inyeksiya uchun suv 100 ml gacha.

Ta’rifi: Rangsiz yoki deyarli rangsiz tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Parenteral oziqlantirish vositasi, aminokislotalar.

ATX kodi: В05ВА01

Farmakologik xususiyatlari

Farmokodinamikasi

Parenteral oziqlantirish uchun L-aminokislotalarning infuzion eritmasi. Aminokislotalar – bu oqsillar sintezi uchun zarur bo‘lgan komponentlardir. Preparatda saqlanuvchi aminokislotalar L – shaklda bo‘ladi, bu oqsil biosintezida ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatini ta’minlaydi. Aminokislotalarni saqlovchi eritmalar, energiyani tashuvchilar, elektrolitlar va suyuqlik bilan bir vaqtda organizmning holatini yaxshilash yoki tutib turish yoki tana vaznining yo‘qotilishini minimumga kamaytirish maqsadida parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadi. Patologik holatlarda aminokislotalarni ekzogen yuborishning iloji bo‘lmagan sharoitlarda qon plazmasida aminokislotalarning to‘plamini ham, ayrim aminokislotalarning mutloq konsentratsiyasi ham, ularning qon plazmasidagi foiz nisbatini tipik yaqqol o‘zgarishi rivojlanadi.

Preparat barcha sakkiz almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni, shuningdek shartli almashtirilishi mumkin bo‘lgan L-arginin va L-gistidinni saqlaydi. L-arginin ammiakning mochevinaga aylanishiga yordam beradi, jigarda oqsillarning katabolizmida hosil bo‘luvchi ammoniyning zaharli ionlarini bog‘lab oladi. L-aminokislotalar anabolik jarayonlarda (oqsillar sintezi) qatnashadi, katabolik jarayonlarni sekinlashtiradi, reparatsiya jarayonlarini tezlashtiradi, organizmning ekstra- va intrasellyulyar suyuqliklarining gemostazini boshqaruvchi bufer tizimining bir qismi hisoblanadi. Sorbit energiya tashuvchisi hisoblanadi, jigarda fosforlanadi va fruktoza-6- fosfatga aylanadi. Sorbit al’degid va keton guruhlarini saqlamasligi tufayli glyukozaga nisbatan aminokislotalarni erituvchisi sifatida yaxshiroqdir, chunki ular aminokislotalarning aminoguruhlari bilan majmuada aminokislotalarning ta’sirini pasaytiruvchi komplekslarni hosil qilmaydi.

Farmakokinetikasi

Preparatning biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. Preparat yuborilganidan keyin aminokislotalar oqsil sinteziga kirishadilar. Proteinlar va boshqa biomolekulalarning sinteziga kirishmagan aminokislotalarning ortiqcha miqdori to‘planmaydi (yog‘ kislotalari va glyukozadan farqli ravishda), balki α-aminoguruh dezaminlanishi yo‘li bilan parchalanadi va mochevinani hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Ohirgisi buyraklar orqali chiqariladi. Aminokislotalarning ozgina qismi (5%) o‘zgarmagan xolda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Quyidagilarda parenteral oqsilli oziqlantirish uchun qo‘llanadi:

  • turli genezli gipoproteinemiyalar va suyuqlikni yo‘qotishlari;
  • operatsiyadan oldingi va keyingi davrda ovqatni odatdagidek qabul qilishni imkoniyati yo‘qligi yoki keskin cheklangani;
  • katta chuqur kuyishlar (ayniqsa, kuyish oqibatidagi holdan toyish);
  • jarohatlar, sinishlar, yiringli jarayonlar, sepsis;
  • ichakning yallig‘lanish kasalliklari, kaxeksiya, zaharlanishlar;
  • me’da-ichak yo‘llarining (MIY) havfli o‘smalari, doimiy isitmali holatlar;
  • bolalarda oqsilli distrofiyalar, gipotrofiyalar, MIY nuqsonlarida qo‘llanadi.

Operatsiyadan keyingi davrda metabolik va reparativ jarayonlarni yaxshilash zarurati tug‘ilganida qo‘llanadi.

Ovqat hazm qilish, so‘rilish va chiqarilish jarayonlaridagi oqsillar almashinuvining buzilishida va unga yuqori ehtiyoj yoki uni sarf etilishi oqibatida paydo bo‘ladigan oqsil tanqisligini to‘ldirish yoki bartaraf qilish.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga (v/i) tomchilab, bemorning holatini sinchkov kuzatuvi ostida asta-sekin yuboriladi. Preparat pasientning klinik holati va uning aminokislotalar va suyuqlikka bo‘lgan ehtiyoji, tana vazni va katabolizm darajasiga qarab dozalanadi.

Kattalar: 0,6 dan 1,0 g gacha aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 20 ml eritma) buyuriladi.

Katabolik holatlarda – 1,3-2 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma) buyuriladi.

2-18 yoshli bolalar: 1,0-2,0 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma) tashkil qiladi.

Maksimal sutkalik doza – 2,0 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma) tashkil qiladi.

Infuziyaning maksimal tezligi: soatiga 1 kg tana vazniga 2 ml, bu tana vazniga 0,1 g/kg aminokislotaga tengdir.

Kattalarda parenteral oziqlantirishda yuboriladigan suyuqlikning umumiy miqdori tana vazniga sutkada 40 ml/kg dan oshmasligi kerak.

Preparat pasientni enteral yoki peroral oziqlanishga to‘liq o‘tkazilgunga qadar qo‘llanadi.

Nojo‘ya ta’sirlari

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Yakka hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish, etni uvishishi, flebit (ayniqsa tez yuborilganida). Preparatda natriy disul’fiti saqlanishi tufayli yakka hollarda (ayniqsa bronxial astmali pasientlarda) giperergik reaksiyalar, qusish, diareya, dispnoe, bronxial astma hurujlari, ongni buzilishi, shok bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, natriy disul’fitini preparatning boshqa komponenti – triptofan bilan o‘zaro ta’sirining mahsulotlari – qon plazmasida bilirubinning miqdorini va jigar fermentlarining faolligini oshirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar nisbiy va mutlaq baxolanadi.

Nisbiy:

  • giperkaliemiya;
  • yurak yetishmovchiligi;
  • gipergidratsiya;
  • jiddiy buyrak yoki jigar yetishmovchiligi og‘ir darajasida ( yetarli diurez bo‘lmasa);
  • aminokislota almashuvining buzilishi;
  • giponatriemiya;
  • miya jaroxatlarining o‘tkir davri;
  • natriy disul’fitga yuqori sezuvchanlik va preparatning kompanentlariga;
  • metabolik asidoz

Mutlaq:

  • to‘qima gipoksiya – tanadagi xujayralar va to‘qimalarning kislorod bilan yetarli darajada ta’minlamaganligi;
  • beqaror qon aylanishi va xayotga taxdid soladigan zarba va boshqa shartlar.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Boshqa dori vositalari bilan bir eritmada aralashtirish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davrida ko‘rsatmalarga ko‘ra qo‘llash mumkin.

Preparat faqat stasionar sharoitlarida qo‘llanadi. Zardobning yuqori osmolyarligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Jigar va buyrakni o‘rtacha yetishmovchiligida dozalash tartibini to‘g‘rilash talab qilinadi.

Qonning suv va elektrolit balansini, qonda glyukozaning konsentratsiyasini va kislota-ishqor tarkibini nazorat qilish lozim.

To‘liq parenteral oziqlantirishni o‘tkazish uchun bir vaqtda energiya tashuvchilar, elektrolitlar, vitaminlar va mikroelementlarni qo‘shish kerak.

Flakon ochilganidan keyin preparatni darxol ishlatish kerak. Ochilgan flakon saqlanmasin. Avval ishlatilgan flakondagi preparat qayta ko‘llanilmasin. Faqat shikastlanmagan flakondagi tiniq eritma ishlatilsin!

Saqlash sharoitiga rioya qilmaslik va notog‘ri transportirovka qilish natijasida flakonlarda mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin uning natijasida eritmaning mikroblar bilan ifloslanish xavfi oshadi.

Faqat bir marotabalik qo‘llash uchun!

Muzlatilmasin! Isitilmasin!

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilmagan.

Chiqarilish shakli

100 ml, 200 ml va 250 ml dan flakonlarda infuzion eritma.

Saqlash sharoiti

Kuruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

×