Alsexolin-inyeksiya uchun eritma

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

ALSEXOLIN

Preparatning savdo nomi: Al’sexolin

Ta’sir etuvchi modda (XPN): Xolina al’fosserat

Dori shakli: In’eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ampula tarkibi:

Ta’sir etuvchi modda: Xolina al’fossera-1000 mg/4 ml (xolina al’fosserat gidrati ko‘rinishi-1222,34 mg)

Yordamchi moddalar: In’eksiya uchun suv

Ta’rifi: Shaffof,rangsiz yoki och-sariq rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruxi: Nootrop preparat

ATX kodi: N07AX02

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamika

MNT ga yuqori ta’sir ko‘rsatuvchi xolinomimetik markaziy ta’sir. Preparat 40,5% metabolik ximoyalangan xolin saqlaydi. Xolina al’fosserat organizmda bosh miya fermentlar ta’sirida gliserofosfatgacha biotrasformatsiyalanuvchi xolin va al’fosseratga parchalanadi. Xolin asetilxolin sintezida ishtirok etib, nerv impulslarini jo‘natilishida ishtirok etadi, gliserofosfat esa fosfatidilxolin membranalar neyronlarini muxim omil bo‘lib, natijada membrananing egiluvchanligi va reseptorlari faoliyati yaxshilanadi.

Preparat miya qon aylanishini yaxshilaydi, bosh miya metabolik jarayonlarni kuchaytirib, bosh miya retikulyar formasiyalarni strukturasini aktivlashtiradi va bosh miya jaroxatlaridagi ongni tiklaydi. Neyronlar membranasining fosfolipid o‘zgarishlari va xolinergik aktivlikni pasayishi kabi involyusion psixoorganik sindrom faktorlariga profilaktik xamda korreksiyallovchi ta’sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Preparat gematoensefalik to‘siq orqali oson o‘tadi, asosan miyada to‘planadi( 45% konsentratsiyasi qon zardobida) shuningdek jigar va o‘pkada. Chiqarish asosan o‘pkada kabonat angidrid (85%) shaklida. Qolgan qismi buyraklar va ichak orqali chiqariladi.

Qo’llanilishi

  • Asosan miya shikastlanishlarining o‘tkir davri ( shu.j. ongni buzilishi va koma xolatida);
  • Degenerativ va involyusion psixoorganik sindromlar va xotiraning yo‘qolishi, ongning chalkashishi,dezorientasiya, motivasiyaning tushishi, inisiativlik va e’tibor konsentratsiyasi qobiliyatlari bilan xarakterlanuvchi birlamchi va ikkilamchi funksiyalarning buzilishlari;
  • emosional va xulq-atvor soxasidagi o‘zgarishlar: xissiy qobilyatsizlik, kuchli jizzakilik, qizikuvchanlikni pasayishi; keksalik psevdomelanxoliyasi;
  • mul’tiinfarkt demensiyasi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat mushak ichiga va vena ichiga mo‘ljalangan.

Bemorning axvoli o‘tkir xolatlarda m/i ga sutkada 1 g dozada sutkada yoki v/i – sutkada 1 g dan 3 g gacha.

V/i yuborilishda 4 ml preparatni 50 ml fiziologik eritma bilan suyultiriladi; infuziya tezligi- 60-80 tomchi/daq. Davolash
davomiyligi odatda 10 kunni tashkil qiladi, ammo extiyoj bo‘lsa davolashni ijobiy dinamika paydo bo‘lguncha davom ettirish mumkin.

Nojo‘ya ta’sirlari

Ko‘ngil aynishi(dofaminergik jarayonlar rag‘batlanishi xisobiga), allergik reaksiyalar.

Odatda, preparat uzoq qabul qilishda xam yaxshi o‘zlashtiriladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • xomiladorlik va laktasiya.

Dorilarning o’zaro ta’siri

Preparatning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro mutanosibligi o‘rganilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Xomiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Xomiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Davolash davrida emizishni to‘xtatish zarur.

Pediatriyada qo‘llanilishi

Bolalarda qo‘llashdagi tajribalar mavjud emas.

Avtotransport vositalari va mexanizmlarni boshqarishga ta’siri

Preparat bemorni avtomobil boshqarish va potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishida dozani kamaytirishdan yoki davolashni to‘xtatilgandan so‘ng o‘tuvchi ko‘ngil aynishi,bezovtalik, uyqusizlik.

Davolash- simptomatik.

Chiqarilish shakli

Ineksiya uchun eritma 1000 mg/4ml №5, № 10 (ampulalar)

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resept bo‘yicha beriladi.

×