Danetro- inyeksiya uchun eritma

TIBBIYОTDA QO‘LLANILISНIGA DOIR YO‘RIQNOMA

DANETRO

Preparatning savdo nomi: Danetro

Ta’sir etuvchi modda (XPN): Ondansetron

Dori shakli: in’eksiya uchun eritma

1 ml eritma tarkibi:

Ta’sir etuvchi modda: ondansetron gidroxloridi – 2,494 mg (ondansetronga ekvivalent 2 mg)

Yordamchi moddalar: limon kislotasi monogidrati,natriy sitrat, natriy xlorid , in’eksiya uchun suv

Ta’rifi: Shaffof, rangsiz eritma

Farmakoterapevtik guruxi: Qusishga qarshi vosita.

ATX kodi: A04AA01

Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi

Qusishga qarshi vosita. O‘simtaga qarshi kimyoterapiya yoki nur terapiyasi fonida va operatsiyadan keyingi davrda ko‘ngil aynishi va qusishni samarali ogoxlantiradi. Ta’sir etish mexanizmi ondansetronning serotonin 5-H3 reseptorini bloklashga qaratilgan.

Ta’sir mexanizmi ondansetronning serotonin 5-HT3 reseptorlarini tanlab blokirovka qilish qobiliyatiga bog‘liq. OIT ning enteroxromamaffin xujayralaridan ajralib chiquvchi afferent serotonin nerv tolalari qo‘zg‘alishi o‘simtalarga qarshi terapiyadan ko‘ngil aynishi va qusishni sodir bo‘lishida katta axamiyatga ega deb ishoniladi.

5-HT3 -reseptorini blokirovkalab, ondansetron qusish refleksi paydo bo‘lishini oldini oladi. Bundan tashqari, ondansetron qusish refleksini markaziy aloqalarini so‘ndirib, IV qorincha pastki qismidagi 5-HT3 -reseptorlarini bloklaydi (area postrema).

Farmakokinetikasi

Ondansetronning farmakokinetikasi parametrlari uning ko‘p marotaba yuborilishida o‘zgarmaydi.

So‘rilishi. Ondansetron m/i va v/i yuborilishlarida tizimli ta’siri o‘zgarmaydi.

Taqsimlanishi. Ondansetron plazma oqsillari bilan bog‘lanishni o‘rtacha qobilyatiga ega.(70-76%).

Metabolizm. Ondansetron asosan jigarda turli xil ferment tizimlari ishtirokida metabollanadi. CYP2D6 (polimorfizm spartein/debrizoxinov tipli)fermentnig bo‘lmasligi ondansetron farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Chiqarilishi. Ondansetron tizimli qon aylanishdan asosan jigarda metabolizm orqali chiqariladi. Qabul qilingan dozaning 5% dan kamroq qismi buyraklar orqali o‘zgarmagan xolda chiqariladi. ondansetron T1/2 m/i va v/i yuborishda 3 s tashkil qiladi. Keksa yoshdagi bemorlarda T1/2 5s ga yetishi mumkin,jigar va buyrak kasalliklarida -15–32s.

Qo‘llanilishi O‘simtalarga qarshi kimyo va nur terapiyalar o‘tkazilishdagi ko‘ngil aynishi va qusishni profilaktikasi; Operatsiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qusishni profilaktikasi va davolash;

Qo‘llash usuli va dozalari

Sitostatik terapiya

Dozalash rejimini tanlashda o‘simtaga qarshi o‘tkaziladigan terapiyaning emetogen ta’siri jiddiylik darajasiga qaraladi.

Kattalar uchun sutkalik doza 8-32 mg ni tashkil etadi, quyidagi rejimlar tavsiya etiladi:

O‘rta-emetogen kimyoterapiya yoki radioterapiyada:

8 mg vena ichiga asta sekin yoki mushak ichiga, terapiya boshlanishidan oldin; ,

Yuqori emetogen kimyoterapiyada:

  • Kimyoterapiya boshlanishidan oldin vena ichiga asta sekin 8 mg, so‘ngra xar biri 2-4 soat oralig‘ida yana 8 mg vena ichiga yuboriladi
  • Uzluksiz 24-soatlik 24 mg doza 1 mg/ soat tezlikda preparat infuziyasi;
  • Kimyoterapiyadan oldin 15- daqiqalik infuziya ko‘rinishida 16-32 mg preparat 50-100 ml tegishli infuzion eritmada suyultirilgan xolda;
  • Kimyoterapiyadan oldin ondansetronning samaradorligi glyukokortikosteroid (masalan, 20 mg deksametazona) bir martalik vena ichiga yuborish bilan oshirish mumkin.
  • Kimyoterapiya yoki radioterapiyaning boshlanishidagi birinchi 24-soat kuchli qusishni oldini olish uchun yuqori emetogen terapiya va o‘rta emetogen terapiyalarda qo‘llashdagi kabi- ondansetronni ichga 5 kun qabul qilish tavsiya etiladi.

2 yoshdan katta bolalarda preparat ichiga kimyoterapiyadan oldin 5 mg/m2 tana yuzasiga vena ichiga, so‘ngra 12 soatdan keyin ichga 4 mg qabul qilish tavsiya etiladi; davolashni 4 mg dozada kuniga 2 marotaba 5 kun mobaynida davom ettirish tavsiya etiladi.

Operatsiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish

Kattalarda 4 mg bir marotabalik dozani vena ichiga yoki mushak ichiga asta sekin narkoz boshida yuboriladi.

Vujudga kelgan ko‘ngil aynishini to‘xtatish uchun mushak ichiga yoki sekin vena ichiga 4 mg preparat jo‘natiladi.

Mushak ichiga tananing aynan bir qismiga ondansetron 4mg dan oshmagan dozada yuborilish mumkin!

Bolalarda operatsiyadan keyingi ko‘ngil aynishini oldini olish maqsadida ondansetronni parenteral 0,1 mg/kg(maksimal 4 mg gacha) bir martalik dozada asta- sekin vena ichiga in’eksiya xolda anesteziyadan oldin yoki keyin qo‘llaniladi.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda operatsiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish bo‘yicha tajribalar mavjud emas.

Ondansetronni suyultirish uchun quyidagi eritmalar qo‘llanilishi mumkin: 0,9% natriy xlorid eritmasi, 5% dekstroza eritmasi, Ringer eritmasi, 0,3% kaliy xlorid va 0,9% natriy xlorid eritmasi, 0,3% kaliy xlori va 5% dekstroza eritmasi.

Nojo‘ya ta’sirlari

MNT tomonidan: bosh og‘riqlari; kamdan kam xollarda- ko‘rishning tranzit buzilishlari va bosh aylanishi ( tez v/i yuborishda);

Qon aylanish tizimi tomonidan: kamdan kam xollarda- ko‘krak soxasida og‘riqlar, aritmiya, bradikardiya, arterial gipotenziya.

Xazm qilish tizimi tomonidan: qorin dam bo‘lishi, diareya, qorinda og‘riqlar, qon zardobida transaminaz miqdorini tranzit oshishishi.

Allergik reaksiyalar: kamdan kam xollarda- bronxospazm, angionevritik shishlar, eshakemi, aloxida xollarda-anafilaktik reaksiyalar.

Boshqalar: bosh va epigastra soxasida issiqlik va qon quyilish xissi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Xomiladorlikning I trimestri, ondansetronga yuqori sezuvchanlik;

Dorilarning o’zaro ta’siri Ondansetron jigarda sitoxrom R450 izofermentlar tizimi bilan metabollanishi munosabati bilan, ushbu ferment tizimining induktor yoki ingibitori bo‘lgan dori vositalari bilan birga qo‘llanilishda T1/2 ondansetron va klirensning o‘zgarishlari bo‘lishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar faoliyati mo‘tadil yoki yaqqol buzilishi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilishda dozani 8 mg/sut oshirish tavsiya etilmaydi.

Qorin bo‘shlig‘i soxasidagi xirurgik aralashuvlarda ondansetronni extiyotkorlik bilan qo‘llash zarur, chunki preparatning qo‘llash progressiv ichak tutilishini niqoblashi mumkin.

Xomiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Ondansetronni xomiladorlikning I trimestrida qo‘llash mumkin emas. Emizish davrida preparatni qabul qilish zaruriyati bo‘lsa, qabul qilish davrida emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya ta’sirlarning yanada aniq shaklda rivojlanishi. Dozani oshirib yuborishdagi shubxa bo‘lgan xollarda simptomatik davolash ko‘rsatiladi. Maxsus antidot noma’lum.

Chiqarilish shakli

In’eksiya uchun eritma 4 ml №5, №10 (2×5) (ampulalar)

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resept bo‘yicha beriladi.

×