Sebrolan – inyeksiya uchun eritma

QO‘LLASH BO‘YIChA YO‘RIQNOMA

SEBROLAN

Preparatning savdo nomi: SEBROLAN

Ta’sir etuvchi modda (XPN): Serebrolizin

Dori shakli: in’eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

1 ml eritma kuyidagilarni saklaydi:

Faol modda: Serebrolizin konsentrati 215,2 mg/ml yoki kukuni 40 mg/ml (cho‘chqaning yoki qoramol bosh miyasidan olingan aminokislota peptidlar yig‘indisi)

Yordamchi moddalar: Natriy gidroksid, in’eksiya uchun suv.

Ta’rifi: Tiniq, qaxrabo rangli suyuqlik

Farmakoterapevtik guruhi: Nootrop vosita

ATX kodi: N06BX

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Preparat gematoensefalik to‘siqdan o‘tuvchi va bevosita nerv hujayralariga tushadigan past molekulyar biologik faol neyropeptidlarni saqlovchi konsentratdir.

Preparat miyaning aerob energetik metabolizmining samaradorligini oshiradi, rivojlanayotgan va qariyotgan miyada hujayra ichida oqsil sintezini yaxshilaydi.

Neyronlarni shikastlovchi ta’sirdan himoya qiladi.

Preparat neyron-spesifik neyrotrofik faollikka ega.

Preparat anglash faoliyatini buzilishlarida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, diqqatni jamlanishini, eslab qolish jarayonlarini va qisqa muddatli xotira bilan bog‘liq axborotni qayta aytib berishni yaxshilaydi, ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va saqlab qolish qobiliyatini oshiradi, aqliy faoliyat jarayonini faollashtiradi, kayfiyatni yaxshilaydi, ijobiy emosiyalarni shakllanishiga yordam berib, shu yo‘l bilan xulqqa uyg‘unlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Preparat murakkab tarkibli, faol fraksiyasi biologik faol oligopeptidlarning muvozanatli va turg‘un aralashmasidan iborat bo‘lib, umumiy ko‘p funksional xarakatlar bilan aloxida komponentlarning muntazam farmokokinetik taxliliga ruxsat bermaydi.

Qo‘llanilishi

Serebrovaskulyar yetishmovchilik (dissirkulyator ensefalopatiya), ishemik insul’t (o‘tkir fazasi va reabilitasiya bosqichi), gemorragik insul’tdan keyingi holat, miyani travmatik shikastlanishi (miyani chayqalishi, bosh-miya jarohati, miyada jarrohlik aralashuvidan keyingi holat), bolalarda aqliy rivojlanishni kechikishi, bolalarda diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi, turli genezli demensiya sindromi (presenil demensiya – Al’sgeymer kasalligi, senil Al’sgeymer turidagi, qon tomir kasalliklari oqibatidagi – mul’tiinfarkt shakli, aralash shakllari), antidepressantlarga rezistent bo‘lgan endogen depressiyada (kompleks davolash tarkibida) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat parenteral qabul qilinadi. Dozalar va davolash davomiyligi kasallikning xarakteri, og‘irligiga, shuningdek bemornin yoshiga bog‘liq. Preparatni bir marotaba 50 ml gacha bo‘lgan dozada yuborish mumkin, lekin davolash kursini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Tavsiya qilinadigan davolash kursi 10 – 20 kun davomida kunlik in’eksiyalar ko‘rinishida o‘tkaziladi.

O‘tkir holatlarda (ishemik insul’t, bosh-miya jarohati, neyroxirurgik operatsiyalardan keyingi aosratlar) – 10 ml dan 50 ml gacha.

Bosh miya insul’ti va miyaning travmatik shikastlanishini rezidual davri – 5 ml dan 50 ml gacha.

Psixoorganik sindrom va depressiya – 5 ml dan 30 ml gacha.

Al’sgeymer kasalligi, qon tomir kasalligi va aralash al’sgeymer-qon tomir genezli demensiya – 5 ml dan 30 ml gacha.

Neyropediatriya amaliyoti – 0,1 – 0,2 ml/kg tana vazniga.

Davolash samaradorligini oshirish uchun bemorning xolati davolashdan so‘ng yaxshilanguniga qadar qayta davolash kurslari amalga oshirilishi mumkin. Birinchi kurs utkazilganidan sung in’eksiyalar davriyligi xaftada 2 yeki 3 martagacha qisqarishi mumkin.

Preparat in’eksiya ko‘rinishida parenteral m/i (5 ml gacha) va v/i (10 ml gacha) qabul qilinadi. Preparatni 10 ml dan 50 ml gacha bo‘lgan xajmi faqatgina vena ichiga infuziya uchun mo‘ljallangan eritmalarda aralashtirgan xolda sekin yuboriladi.

Infuziya davomiyligi 15 daqiqadan 60 daqikagacha.

Nojo‘ya ta’sirlari

Oshqozon – ichak tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qayd qilish, diareya, anoreksiya, abdominal og‘riqlar, soxtamembranoz enterokolit, jigar transaminazalarining faollanishi, giperbilirubinemiya, gepatit, disbakterioz.

Yurak – qon tomir tizimi tomonidan: arterial qon bosimining pasayishi, kon tomir kollapsi, taxikardiya.

Modda almashinuvi tomonidan: gipoglikemiya (ishtaxa oshishi, terlash, qaltirash).

MNT va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, xolsizlik, uyquchanlik, uyqusizlik, paresteziyalar, tashvishlanish, qo‘rquv, gallyusinasiyalar, ongni chalkashishi, depressiya, xarakat buzilishlari, tutqanoq.

Sezgi organlari: qo‘rish, eshitish, xid sezish, ta’m sezish va taktil sezuvchanlik qobiliyatlarining pasayishi.

Suyak – muskul tizimi tomonidan: artralgiya, mialgiya, pay cho‘zilishi, muskul xolsizligi, tendinit.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: giperkreatininemiya, interstisial nefrit.

Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, agranulositoz, trombositopeniya, pansitopeniya, gemorragiyalar.

Dermatologik reaksiyalar: fotosensibilizasiya, qichishish, teri va shilliq qavatlarining shishi, xatarli ekssudativ eritema (Stiven-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layel sindromi).

Allergik reaksiyalar: eshakemi, bronxospazm, nafas qisishi, anafilaktik shok, allergik pnevmonit, vaskulit.

Boshqalar: porfiriya kuchayishi, rabdomioliz, doimiy isitma, superinfeksiya rivojlanishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, tutqanoq xuruji. Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik (I uch oyligi),laktasiya davri.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Antidepressatlarning samarasini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ampula ochilganidan keyin eritma darhol ishlatilishi lozim.

Preparatni homiladorlik vaqtida (ayniqsa I uch oylikda), emizish davrida, faqat davolashning ijobiy samarasi va uni qo‘llanishi bilan bog‘liq xavf nisbati sinchkovlik bilan tahlil qilingandan keyingina buyurilishi mumkin.

Preparat transport vositalari va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Ehtiyotkorlik choralari

Preparat allergik diatezlarda, tutqanoqda, katta tutqanoq xurujlarida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat qo‘llanganida hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborish hollari ta’riflanmagan.

Chiqarilish shakli

1ml, 2ml, 5ml, 10 ml dan ampulalarda.

Saqlash sharoiti

Kuruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºС dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

×