Ensefakolin® Neo – ichish uchun eritma

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ENSEFAKOLIN®NEO

Preparatning savdo nomi: Ensefakolin®Neo

Ta’sir luvchi modda (XPN): Sitikolin

Dori shakli: Ichish uchun eritma.

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: sitikolin natriy – 10,45 g;

Yordamchi moddalar: sorbitol 70%, gliserin, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, natriy sitrati, natriy saxarini, qulupnay xushbo‘yi, kaliy sorbati, limon kislotasi, tozalangan suv 100 ml gacha.

Ta’rifi: rangsiz yoki sarg‘ish rangli, qulupnay hidli tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: nootrop vositalar.

ATX kodi: N06BX06

Farmakologik xususiyatlari

Sitikolin xujayra membranasining (asosan fosfolipidlarning) asosiy ul’trastruktur komponentlarining o‘tmishdoshi bo‘lib, keng ta’sir doirasiga ega – xujayralarning shikastlangan membranalarini tiklanishga yordam beradi, fosfolipazalarning ta’sirini ingibirlaydi, erkin radikallarning ortiqcha hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shuningdek apoptoz mexanizmlariga ta’sir ko‘rsatib, hujayralarning halok bo‘lishini oldini oladi. Insul’tning o‘tkir davrida bosh miya to‘qimasining shikastlanish hajmini kamaytiradi, xolinergik impul’slarni o‘tkazilishini yaxshilaydi. Bosh-miya jarohatida postravmatik komaning davomiyligini va nevrolitik belgilarining yaqqoligini kamaytiradi, bundan tashqari, tiklanish davrining davomiyligini kamayishiga yordam beradi. Bosh miyaning surunkali gipoksiyasida sitikolin xotirani yomonlashishi, tashabbussizlik, kundalik harakatlarni bajarishdagi va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishdagi qiyinchiliklar kabi kognitiv buzilishlarni davolashda samaralidir. Diqqat va ong darajasini oshiradi, shuningdek amneziyaning ko‘rinishlarini kamaytiradi. Degenerativ va qon-tomir etiologiyali nevrologik sezgi va harakat buzilishlarini davolashda samaralidir.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Sitikolin ichga qabul qilinganida yaxshi so‘riladi. Peroral qo‘llanganidan keyin so‘rilishi deyarli to‘liq, biokiraolishligi vena ichiga yuborilganidan keyingi bilan taxminan bir xil.

Metabolizmi

Preparat xolin va sitidinni hosil bo‘lishi bilan ichakda va jigarda metabolizmga uchraydi. Preparat qabul qilinganidan keyin qon plazmasida xolinning konsentratsiyasi sezilarli oshadi.

Taqsimlanishi

Sitikolin xolin fraksiyalarini struktur fosfolipidlarga va sitidin fraksiyalarini sitidin nukleotidlari va nuklein kislotalariga tez kirishi bilan bosh miya strukturalarida ahamiyatli darajada taqsimlanadi. Sitikolin bosh miyaga kiradi va hujayra, sitoplazmatik va mitoxondrial membranalarga faol tizilib olib, struktur fosfolipidlarning fraksiyasini bir qismini hosil qiladi.

Chiqarilishi

Sitikolinning yuborilgan dozasini faqat 15% odam organizmidan chiqariladi: 3% dan kamrog‘i – buyraklar va ichak orqali va taxminan 12% – nafas bilan chiqarilayotgan SO2 bilan chiqariladi.

Preparatni siydik bilan chiqarilishida 2 bosqichni ajratish mumkin: taxminan 36 soat davom etuvchi birinchi bosqich, unda chiqarilish tezligi tez kamayadi va ikkinchi bosqich, unda chiqarilish tezligi ancha sekinroq kamayadi. SO2 bilan chiqarilganida ham shunday holat kuzatiladi, nafas bilan chiqariladigan SO2 ni chiqarilish tezligi taxminan 15 soat o‘tgach tez kamayadi, so‘ngra u ancha sekinroq pasayadi.

Qo‘llanilishi

  • Ishemik insul’tning o‘tkir davri (majmuaviy davolash tarkibida).
  • Ishemik va gemorragik insul’tlarning tiklanish davri.
  • Bosh-miya jarohati (BMJ), o‘tkir (majmuaviy davolash tarkibida) va tiklanish davri.
  • Degenerativ yeki qon-tomir kelib chiqishiga bog‘liq bo‘lgan serebral patologiyali kognitiv, sensitiv, motorik va neyropsixologik buzilishlar.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat peroral buyuriladi. Qo‘llashdan oldin preparatni oz miqdordagi (120 ml yoki 1/2 stakan) suvda suyultirish kerak. Ovqat vaqtida yoki ovqat qabul qilishlar orasida qabul qilinadi.

Tavsiya qilingan dozalash tartibi

Ishemik insul’t va bosh-miya jarohati (BMJ) ning o‘tkir davri: 1000 mg (10 ml) dan har 12 soatda buyuriladi. Davolashning davomiyligi kamida 6 hafta.

Ishemik va gemorragik insul’tlarning tiklanish davri, bosh-miya jarohatining tiklanish davri, bosh miyaning degenerativ va qon-tomir oqibatidagi kasalliklaridagi kognitiv va xulqiy buzilishlar: Kuniga 500-2000 mg (5-10 ml) kuniga 1-2 marta buyuriladi. Doza va davolashning davomiyligi kasallikning simptomlarini og‘irligiga bog‘liq.

Keksa pasientlar

Preparati keksa pasientlarga buyurilganda dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.

Nojo‘ya ta’sirlari

Nojo‘ya samaralarning tez-tezligi

Juda kam (<1/10000) (shu jumladan xususiy holatlar):

Allergik reaksiyalar (toshma, terini qichishishi, anafilaktik shok), bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qizib ketish hissi, tremor, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, gallyusinasiyalar, shishlar, hansirash, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, ishtaxani pasayishi, falajlangan qo‘l-oyoqlarda uvishish, jigar fermentlari faolligini o‘zgarishi. Ayrim hollarda preparat parasimpatik nerv tizimini rag‘batlantirishi, shuningdek arterial bosimni qisqa muddatli o‘zgarishini chaqirishi mumkin.

Agarda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samalardan birontasi og‘irlashsa, yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralari sezilgan bo‘lsa, bu haqida shifokorga xabar berish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
  • yaqqol vagotoniya (vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismining tonusini ustunligi);
  • fruktozani o‘zlashtiraolmaslik bilan bog‘liq kam uchraydigan nasliy kasalliklar;

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Sitikolin levodopaning samarasini kuchaytiradi. Meklofenoksat saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sovuqda konservantning vaqtinchalik qisman kristallanishi tufayli ozgina miqdorda kristallarhosil bo‘lishi mumkin. Keyinchalik tavsiya qilingan sharoitlarda saqlanganida kristallar bir necha oy davomida erib ketadi. Kristallarning borligi preparatning sifatiga ta’sir qilmaydi. Davolanish davrida maxsus e’tibor va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini (avtomobil’ va boshqa transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operatorning ishi va hokazolar) bajarishda ehtiyotkorlikka amal qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Sitikolinni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha yetarli ma’lumotlar yo‘q. Garchi hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda salbiy ta’siri aniqlanmagan bo‘lsada, homiladorlik davrida preparatni faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyuriladi.

Preparat laktasiya davrida buyurilganida ayollar emizishni to‘xtatishlari lozim, chunki setikolinni ayollar suti bilan chiqarilishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Preparat yangi tugilgan chaqaloqlarda tibbiy ko‘rsatmalar asosida qo‘llanilishi mumkin. Preparat tarkibida sorbitol saqlaydi, shuning uchun fruktozani o‘zlashtira olmaydigan bemorlarga ushbu preparatni ko‘llash mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning kam zaharliligini hisobga olib, dozani oshirib yuborilish hollari ta’riflanmagan.

Chiqarilish shakli

Ichish uchun eritma 100 mg/ml, 30 ml yoki 50 ml dan flakonlarda to‘plamda o‘lchov qoshiqchasi yoki stakancha bilan.

Saqlash sharoiti

Kuruk, yoruglikdan ximoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

×