Bronxirem ®- ichish uchun eritma

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

BRONXIREM®

Preparatning savdo nomi: Bronxirem®

Ta’sir etuvchi modda (XPN): Ambroksol gidroxloridi

Dori shakli: Ichish uchun eritma.

Tarkibi

5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: Ambroksol gidroxloridi – 15 mg.

Yordamchi moddalar: nipagin, nipazol, gliserin (85%), sorbitol eritmasi 70%, gidroksietilsellyuloza, malina xushbo‘yi, tozalangan suv.

Ta’rifi: Rangsizdan to bir oz jigarranggacha rangli, malina ta’mli, tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar.

ATX kodi : R05CB06

Farmakologik xususiyatlari

Yaqqol balg‘am ko‘chiruvchi ta’sirga ega mukolitik perparat. Preparat bronxlarning shilliq qavatining seroz hujayralarini rag‘batlantirishi hisobiga balg‘amni suyultiradi. Balg‘amning qovushqoqligini pasayishi balg‘amdagi mukopolisaxaridlarning depolimerizasiyasi natijasida yuz beradi. Mukopolisaxaridlarning depolimerizasiyasi, eng avvalo ularning molekulasidagi disul’fid bog‘larni uzilishi bilan bog‘liq. Ambroksol xilpillovchi epiteliyning harakat faolligini kuchaytiradi, mukosiliar trasportni oshiradi, balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining nisbatini me’yorlashtiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va Klark xujayralaridan lizosomalarni ajralib chiqishini kuchaytirib, balg‘amning qovushqoqligini pasaytiradi. Nafas yo‘llaridan balg‘amni chiqarilishini yengillashtiradi. Ambroksol al’veolalarda surfaktant sintezi va sekresiyasini oshirish yo‘li bilan o‘pkalarni prenatal rivojlanishini rag‘batlantiradi. Surfaktantning sintezi nafas tizimining surunkali kasalliklari natijasida pasayadi. Bundan tashqari, sirt faolligiga ega fosfolipidlar va yallig‘lanish oqsillari orasida hosil bo‘ladigan bog‘lar tufayli surfaktantning xususiyatlari o‘zgaradi. Surfaktant hosil bo‘lishini oshishi hisobiga preparat yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, antioksidant xususiyatlarga ega va mahalliy immunitetni oshiradi. Ambroksolning ta’siri 30 minut davomida namoyon bo‘ladi va 6-12 soat davomida saqlanib turadi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin ambroksol me’da-ichak yo‘llaridan amalda to‘liq so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasiga (Smax) taxminan 0,3-0,5 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi 70-80% ni tashkil qiladi. Preparatning kumulyasiyasi aniqlanmagan. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 90%. To‘qimalarga tez kiradi va eng yuqori konsentratsiyasi o‘pkada aniqlanadi. Gematoensefalik to‘siq (GET) va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Jigarda kon’yugasiya yo‘li bilan farmakologik nofaol metabolitlarni hosil qilib metabolizmga uchraydi. Plazmadan yarim chiqarilish davri (T1/2) – 7-12 soat. Buyraklar orqali preparatning taxminan 90% chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Nafas yo‘llarining qovushqoq balg‘amni ajralib chiqishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali kasalliklarini (o‘tkir va surunkali bronxit, obstruktiv bronxit, pnevmoniya, balg‘amning ajralib chiqishi buzilgan bronxial astma, bronxoektatik kasallik, shuningdek burun-tomoq bo‘shlig‘i yallig‘lanishida shilliqni suyulishini yaxshilash uchun) mukolitik davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni ovqatdan keyin ichga qabul qilish lozim. Davolash vaqtida ko‘p miqdorda suyuqlik (sharbat, choy, suv) iste’mol qilish kerak, chunki u preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi.

Boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmaganida quyida keltirilgan dozalash tavsiya qilinadi.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2,5 ml dan kuniga 2 marta;

2 dan 5 yoshgacha 2,5 ml dan kuniga 3 marta;

5 dan 12 yoshgacha 5 ml dan kuniga 2-3 marta buyuriladi;

12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga birinchi 2-3 kunlari 10 ml dan kuniga 2 marta, so‘ngra xuddi shunday yoki 5 ml dan kuniga 3 marta buyurib davom ettiriladi.

Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligiga bog‘liq va uni davolovchi shifokor belgilaydi. Shifokorning tavsiyasisiz preparatni 4-5 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.

Nojo‘ya ta’sirlari

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, gastralgiya, diareya, qabziyat.

Nafas tizimi tomonidan: rinoreya, nafas yo‘llarining shilliq qavatini quruqligi.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, Kvinke angionevrotik shishi, alohida hollarda allergik kontakt dermatit, juda kam hollarda – anafilaktik turdagi o‘tkir og‘ir reaksiyalari (anafilaktik shok, Stivens-Djonson sindromi va Layell sindromi).

Boshqalar: holsizlik, siyishni qiyinlashishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • ambroksolga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • homiladorlik (I uch oyligi) davri;
  • laktasiya davri;
  • me’da va 12-barmoq ichak yara kasalligi;
  • yo‘talga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Preparatni va antibakterial vositalarni (amoksisillin, sefuroksim, doksisiklin, eritromisin) bir vaqtda qabul qilish antibiotiklarni o‘pka to‘qimasiga kirishiga yordam beradi. Tug‘ruq faoliyatini susaytiruvchi preparatlar bilan mutanosib.

Preparat yo‘talga qarshi preparatlar bilan majmuaviy qo‘llanganida yo‘tal refleksini bostirishi tufayli, suyultirilgan sekret xavfli dimlanishi mumkin. Shuning uchun yo‘talga qarshi vositalarni qabul qilish faqat davolovchi shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra o‘tkazilishi kerak.

Kardionoselektiv β-adrenoblokatorlarni qo‘llanishi, bronxospazm tufayli balg‘amni ajralib chiqishini yomonlashtirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bronxlarning motorikasi buzilgan va sekret miqdori oshgan hollarda (masalan, xavfli kipriksimon epiteliy sindromida), bronxlarda shilliqni to‘planib qolish xavfi tufayli, preparatni faqat davolovchi shifokor maslahatidan so‘ng va shifokor nazorati ostida qabul qilish mumkin.

Buyraklar yoki jigar faoliyatini og‘ir buzilishida preparatni qabul qilish orasidagi intervalni oshirish kerak. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga preparatnini buyurilganda 1 o‘lchov qoshig‘i 1,75 g sorbitol saqlashini, bu esa 0,15 NB muvofiq kelishini hisobga olish kerak.

Preparat ni emizish vaqtida va homiladorlikning I uch oyligida qabul qilish mumkin emas. Homiladorlikning II va III uch oyliklarida ambroksolni faqat davolovchi shifokor tavsiyasi bo‘yicha qabul qilish mumkin.

Preparat avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

Allergik reaksiyalarni birinchi belgilari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni bekor qilish kerak.

Preparatning navbatdagi dozasini qabul qilinishi o‘tkazib yuborilgan xollarda, keyingi qabul qilishda preparatning dozasini oshirmaslik kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilganida zaharlanish hollari kuzatilmagan. Ammo ba’zida: qisqa muddatli bezovtalik, ich ketishi doza kuchli oshirib yuborilganida arterial bosimni pasayishi, qusish, ko‘p so‘lak ajralishi kuzatilishi mumkin.

Davolash: bunday hollarda, ayniqsa dozani kuchli oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qilish va uning tavsiyasi bo‘yicha me’dani yuvish, yog‘ saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish, gemodinamik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish, zarurati bo‘lganda simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Chiqarilish shakli

Ichish uchun eritma, 40 ml, 50 ml, 80 ml, 90 ml, 100 ml va 125 ml dan flakonlarda o‘lchov qoshig‘i yoki stakanchasi bilan komplektda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºС dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

×