Ferrat-С®- inyeksiya uchun eritma

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

FERRAT-C®

FERRAT-C

Preparatning savdo nomi: Ferrat-C®

Ta’sir etuvchi modda (XPN): temir (III) gidroksidining polimal’toza kompleksi.

Dori shakli: in’eksiya uchun 100 mg/2 ml eritma.

Tarkibi:

2 ml eritma(1 ampula) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: temir (III) gidroksidining polimal’toza kompleksi – 322,5 mg(100 mg elementar temirga xisoblanganda)

yordamchi moddalar: natriy xlorid, natriy gidroksid, in’eksiya uchun suv.

Ta’rifi: qizg‘ish-jigarrang rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Eritropoezni rag‘batlantiruvchi vositalar.

ATX kodi: B03AC

Farmakologik xususiyatlari

Anemiyaga qarshi preparat. Mushak ichiga (m/i) yuborilganidan keyin temir, temir (III) gidroksidining polimal’toza kompleksidan faol ingridient ko‘rinishida asosan jigarda to‘planadi. U yerda gemoglobin, mioglobin va temir saqlovchi fermentlarning tarkibiga kiradi, shuningdek organizmda ferritin ko‘rinishida zahiralanadi. Temir parenteral yuborilganida qonning ko‘rsatkichlari tomonidan javob reaksiyasi, ular samarali bo‘lgan bemorlarda temir tuzlari og‘iz orqali yuborilgandagiga qaraganda, tezroq kuzatilmaydi. Temirning boshqa preparatlari kabi u eritropoezga ta’sir ko‘rsatmaydi va temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalarda samarasiz.

Farmakokinetikasi

M/i yuborilganidan keyin kompleks limfa tizimi orqali qon oqimiga tushadi (dozaning 15% – 15 minutdan keyin, 44% – 30 minutdan keyin). In’eksiya qilinganidan keyin, temirning maksimal konsentratsiyasiga (Cmax) taxminan 24 soat o‘tgach erishiladi. Makromolekulyar kompleks plazmadan retikulo-entelial tizimiga o‘tadi, u yerda temir gidroksidi va polimal’tozaga parchalanadi. Qon oqimida temir transferrin bilan bog‘lanadi va to‘qimalarda ferritin tarkibida saqlanadi. Suyak ko‘migida gemoglobinga kiradi va eritropoez jarayonida ishtirok etadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 3-4 sutka. Temirning faqat ko‘p bo‘lmagan miqdori organizmdan chiqariladi. Polimal’toza oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi va buyrak orqali chiqariladi.

Temir tanqisligi bo‘lgan bemorlarda preparatning farmakokinetikasi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Temirning protoporfiringa kirishi temir tanqisligi anemiyasining og‘irlik darajasiga bog‘liqligi yaxshi ma’lum. Gemoglobinning darajasi pasaygan holda, u jadalroq bo‘ladi va gemoglobinning darajasi normallashishi bilan kamayadi

Qo‘llanilishi

Preparat qon yo‘qotilishida, temir saqlovchi preparatlarni og‘iz orqali qabul qilishning iloji bo‘lmagan, samarasiz yoki samaradorligi yetarli darajada bo‘lmagan hollarda (masalan, og‘iz orqali qabul qilinadigan temir preparatlari bilan davolashni ta’siri bo‘lmagan yoki o‘zlashtiraolmagan shaxslarda, kam so‘rilishi bo‘lgan yoki og‘iz orqali qabul qilinadigan temir preparatlarini uzoq muddat va muntazam qabul qilishga rozi bo‘lmagan, me’da-ichak yo‘llarining kasalliklari (masalan, yarali kolit) bo‘lgan, ichga qabul qilish uchun temir preparatlari kasallikning zo‘rayishini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan bemorlarda) temir tanqisligini davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Eritma faqat mushak ichiga (m/i) yuboriladi! Preparatning davolovchi dozasini birinchi marta yuborishdan oldin m/i sinamasini o‘tkazish kerak. Kattalarga preparatning ¼ dan ½ gacha dozasi (25 mg dan 50 mg gacha temir), bolalarga sutkalik dozaning yarmi yuboriladi. Yuborilganidan so‘ng 15 minut davomida nojo‘ya reaksiyalari bo‘lmaganida preparatning boshlang‘ich dozasining qolgan qismini yuborish mumkin. Anafilaktik shok rivojlanganida tezkor yordam ko‘rsatish uchun vositalar bo‘lishi kerak.

Dozani hisoblash:

Preparatning dozasi shaxsiy hisoblanadi va quyidagi formula bo‘yicha temirning umumiy tanqisligiga muvofiq moslanadi:

Temirning umumiy tanqisligi (mg) = tana vazni (kg) × (Hb ning normal darajasi – bemorning Hb ni darajasi) (g/l × 0,24* + temirning zahirasi (mg)).

Tana vazni 35 kg dan kam bo‘lganida: normal Hb = 130 g/l, bu temirning zahirasi = 15 mg/kg tana vazniga mos keladi.

Tana vazni 35 kg dan ko‘p bo‘lganida: Hb ning normal darajasi = 150 g/l, bu temirning zahirasi = 500 mg mos keladi.

*0,24 omili = 0,0034×0,07×1000 (Hb da temirning miqdori = 0,34%, qonning hajmi = tana vazning 7%, 1000 omili = g dan mg ga o‘tish)

Yuborish uchun ampulalarning umumiy miqdori = temirning umumiy tankisligi (mg) 100 mg

Tana vazni va Hb darajasiga nisbatan bir bemor uchun preparatning umumiy ampulalar miqdorini hisoblash jadvali

 Hb=60 g/lHb=75 g/lHb=90 g/lHb=105 g/l
51,51,51,51,0
103,03,02,52,0
155,04,53,53,0
206,55,55,04,0
258,07,06,05,5
309,58,57,56,5
3512,511,510,09,0
4013,512,011,09,5
4515,013,011,510,0
5016,014,012,010,5
5517,015,013,011,0
6018,016,013,511,5
6519,016,514,512,0
7020,017,515,012,5
7521,018,516,013,0
8022,519,516,513,5
8523,520,517,014,0
9024,521,518,014,5

Agarda kerakli doza maksimal sutkalik dozadan oshsa, preparatni bo‘lib-bo‘lib yuborish kerak.

Dozalash:

Kattalar: har kuni 1 ampuladan (2,0 ml = 100 mg temir)

Bolalar: doza tana vazniga qarab aniqlanadi.

Yo‘l qo‘yiladigan maksimal sutkalik dozalari:

Vazni 5 kg gacha bo‘lgan bolalar:ampulaning 1/4 qismi (0,5 ml=25 mg temir)
Vazni 5 kg dan 10 kg gacha bo‘lgan bolalar:ampulaning 1/2 qismi (1,0 ml=50 mg temir)
Kattalar:2 ampula (4,0 ml = 200 mg temir)

Agarda 1–2 haftadan keyin gematologik parametrlar tomonidan javob reaksiyasi bo‘lmasa (masalan, Hb ning darajasi kuniga taxminan 0,1 g/dl ga oshishi), birlamchi qo‘yilgan tashxisni ko‘rib chiqish kerak. Davolash kursi uchun preparatning umumiy dozasi ampulalarning hisoblangan miqdoridan oshmasligi kerak.

In’eksiya texnikasi

In’eksiya texnikasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Preparatni noto‘g‘ri yuborish natijasida in’eksiya joyida og‘riq va terining bo‘yalishi paydo bo‘lishi mumkin. Quyida umumiy qabul qilingan – katta dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga yuborish o‘rniga ventro-dumbaga tavsiya qilingan in’eksiya usuli ta’riflangan:

  • Ignaning uzunligi 5-6 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ignaning teshigi juda keng bo‘lmasligi kerak. Bolalar, huningdek tana vazni katta bo‘lmagan kattalar uchun, ignalar qisqaroq va yo‘g‘onroq bo‘lishi kerak.
  • Hochstetter tavsiyalariga muvofiq, in’eksiya joyi quyidagicha aniqlanadi: umurtqa pog‘onasining yo‘li bo‘yicha bel-yonbosh birikmasiga mos keluvchi sathida A nuqtani belgilang. Agarda bemor o‘ng yonboshida yotgan bo‘lsa, chap qo‘lning o‘rta barmog‘ini A nuqtaga qo‘ying. O‘rta barmoqdan ko‘rsatgich barmoqni shundoq qo‘yingki, u yonbosh toji chizig‘i ostidagi V nuqtada bo‘lsin. Proksimal falanglar, o‘rta va ko‘rsatgich barmoq orasida joylashgan uchburchak in’eksiya joyi bo‘ladi.
  • Instrumentlar odatdagi usulda dezinfeksiyalanadi.
  • Ignani kiritishdan oldin, igna chiqarilganidan keyin teshilish kanalini yaxshi bekilishi uchun terini taxminan 2 sm ga suring. Bu kiritilgan eritmani teri osti to‘qimalariga kirishi va terining bo‘yalishini oldini oladi.
  • Ignani son bo‘g‘imi nuqtasiga qaraganda yonbosh birikmasi nuqtasiga katta burchak ostida teri yuzasiga nisbatan vertikal joylashtiring.
  • In’eksiyadan keyin darhol ignani chiqaring va taxminan 5 minut davomida in’eksiya joyi yonidagi teri sohasini barmoq bilan bosing.
  • In’eksiyadan keyin bemor harakatlanishi kerak.

Nojo‘ya ta’sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.

Isitmali qaltiroq

Mahalliy reaksiyalar: preparatni noto‘g‘ri yuborish texnikasida terini bo‘yalishi, in’eksiya joyida og‘riq va yallig‘lanish reaksiyalarining paydo bo‘lishi.

Boshqalar: arterial gipotenziya, artralgiya, limfa tugunlarining kattalashish.holsizlik. juda kam – allergik yoki anafilaktik reaksiyalar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar (masalan, gemolitik anemiya, B12 vitaminining yetishmasligi chaqirgan megaloblast anemiya, eritropoezni buzilishi, suyak ko‘migining gipoplaziyasi); temirni ko‘payib ketishi (ya’ni gemoxromatoz, gemosideroz); temirning utilizasiyasini buzilishi (masalan, sideroaxrestik anemiya, talassemiya, qo‘rg‘oshin anemiyasi, terini kechki porfiriyasi); Osler-Randyu-Veber sindromi; surunkali poliartrit; bronxial astma; o‘tkir bosqichdagi buyraklarning infeksion kasalliklari; nazorat qilib bo‘lmaydigan giperparatireoz; dekompensasiyalangan jigar sirrozi; infeksion gepatit; homiladorlik (I uch oyligi), vena ichiga (v/i) yuborish uchun ishlatish, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Temirning boshqa barcha preparatlari kabi, preparat ampulalarini og‘iz orqali qabul qilinadigan temir saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki me’da- ichak yo‘llaridan oxirgilarning so‘rilishi kamayadi. Shuning uchun og‘iz orqali qabul qilinadigan temir saqlovchi preparatlar bilan davolashni oxirgi in’eksiya qilinganidan so‘ng kamida 1 haftadan keyin boshlash kerak. AAF ingibitorlari (masalan, Enalapril) bilan bir vaqtda qabul qilish, temirning parenteral preparatlarini tizimli samaralarini kuchaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat faqat temir tanqisligi holatiga tegishli tekshirishlar (masalan, zardobdagi ferritin, gemoglobin, gematokritning darajasi yoki eritrositlarning miqdori, shuningdek ularning parametrlari – eritrositning o‘rtacha hajmi, eritrositdagi Nb ning o‘rtacha miqdori yoki eritrositdagi Hb ning o‘rtacha konsentratsiyasini o‘lchash bilan) bilan tasdiqlanganida yuboriladi.

Tajriba yo‘qligi sababli, 4 oylikkacha bo‘lgan bolalarga yuborish tavsiya qilinmaydi.

Preparatni buyurishga aniq ko‘rsatmalari bo‘lgan bemorlarda, plazmada ferritinning darajasi va periferik qonda eritrositlarning miqdorini aniqlash sharti bilan qo‘llanadi.

Temirning so‘rilishini buzilishiga taxmin qilingan holda temirni so‘rilishiga sinama o‘tkazish kerak.

Ishlatishdan oldin, ampulada cho‘kma va shikastlanish borligini ko‘rish kerak. Cho‘kmasiz va shikastlarsiz ampulani ishlatish mumkin. Preparat ampulasi ochilganidan so‘ng darhol yuborish kerak. Preparatni boshqa dori preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas.

Allergik reaksiyalarning yaqqolligi o‘rtacha bo‘lgan holda antigistamin preparatlarni buyurish kerak; og‘ir anafilaktik reaksiya rivojlanganida, darhol adrenalinni yuborish kerak. Yurak-o‘pka reanimasiyasiga vositalar tayyor bo‘lishi kerak. Allergiyasi, hamda jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga preparat yuborilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Yurak-tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda rivojlanuvchi nojo‘ya samaralari asosiy kasallikning kechishini yomonlashtirishi mumkin.

Bronxial astma yoki zardobning temirni bog‘lab olish xususiyati past bo‘lgan va/yoki folat kislotasining yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar allergik yoki anafilaktik reaksiyalarning rivojlanishini yuqori xavfi guruhga kiradilar.

Bolalarda temirning parenteral preparatlari infeksion jarayonni kechishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Homiladorlikning II va III uch oyligida preparat faqat, hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha, agarda qo‘llashdan kutilgan samara, homila uchun mumkin bo‘lgan havfdan yuqori bo‘lgan hollarda buyuriladi.

Temir (III) gidroksidining polimal’toza bilan kompleksini katta bo‘lmagan miqdorda, o‘zgarmagan ko‘rinishda ko‘krak suti bilan chiqarilishi tufayli, laktasiya davrida buyurilganida ehtiyotkorlik lozim.

Haddan ziyod isitishdan va muzlatishdan asrang.

Preparatni noto‘g‘ri saqlash, ko‘rinarli cho‘kma hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: temir preparatlarining dozasini oshirib yuborilishi o‘tkir yuklamaga va gemosiderozga olib kelishi mumkin.

Davolash: simptomatik. Temirning maxsus antidoti deferoksamindir.

Chiqarilish shakli

In’eksiya uchun 100 mg/2 ml eritma, ampulalarda 2 ml dan №3,№3 (1×3)

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

    ×