Dezlorem NEO-plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

DEZLOREM NEO

Preparatning savdo nomi: Dezlorem Neo

Ta’sir etuvchi modda (XPN): Dezloratadin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 ta tabletka saqlaydi:

faol modda: dezloratadin 5 mg

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, povidon, krospovidon, kolloidli kremniy dioksidi, magniy stearati, qobig‘ining yordamchi moddalari: gidroksipropimetilsellyuloza, polietilenglikol’ 4000, titan dioksid, temir oksid qizil.

Ta’rifi: dumaloq, pushti rangli, ikki tomonlama qabariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruxi: Tizimli qo‘llash uchun antigistamin preparatlar. Gistamin H1-reseptorlarining blokatori.

ATX kodi R06AX27

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Preparat antigistamin, allergiyaga qarshi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, uyquchanlik chaqirmaydi. Ichga qabul qilinganida dezloratadin (loratadinning birlamchi faol metaboliti) periferik gistamin N1-reseptorlarini selektiv bloklaydi. Sitostatik reaksiyalar ketma-ketligini: yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni, shu jumladan interleykin-4 (IL-4), interleykin-6 (IL-6), interleykin-8 (IL-8), interleykin-13 (IL-13), yallig‘lanishga qarshi xemokinlarning RANTES turi, chiqarilishini, polimorf yadroli neytrofillar bilan faollashtirilgan superoksid anionlarning hosil bo‘lishini, eozinofillar adgeziyasini va xemotaksisini, adgeziya molekulalarining ekspressiyasini, shu jumladan R-selektinni, lgE-orqali gistaminni, D2 prostaglandinni va S4 leykotrienni chiqarilishni bostiradi.

Farmakokinetikasi

Kattalar va o‘smirlar dezloratadin qabul qilgandan 30 daqiqadan so‘ng qon plazmasida aniqlanadi. Dezloratadin OIS dan yaxshi absorbsiyalanadi, qondagi Cmax taxminan 3 soatdan so‘ng erishiladi. T1/2 o‘rtacha hisobda 27 soatni (20-30s.) tashkil etadi. Plazmaning oqsillari bilan 83-87%-ga birikadi. 14 kun mobaynida sutkasiga 1 mahal 5 mg-dan 20 mg dozasida kattalar va o‘smirlarga berilganda, preparatning kumulyasiyasi kuzatilmadi. Dezloratadin sutkasiga 1 mahal 7,5 mg dozada ovqat va greypfrut soki bilan bir vaqtda qabul qilinganda, dori vositaning organizmda taqsimlanishiga ta’sir etmadi. Dezloratadin CYP3A4 va SYP2D6 ingibitori, P-glikoprotein ingibitori yoki substrati hisoblanmaydi. Dezloratadin organizmda biotransformasiyalanadi, bunda gidroksillanish natijasida glyukuronid bilan birikkan 3-ON-dezloratadin hosil bo‘ladi. Oz miqdordagi preparat o‘zgarmagan xolda buyrak va ichak orqali ajraladi.

Qo‘llanilishi

  • mavsumiy pollinoz va yil bo‘yi allergik rinit (yo‘talni, burundan shilliqning chiqarilishini, qichishish va burunni bitishi va ko‘zlarning qizarishini, ko‘z yoshining oqishini, tanglayning qichishishini bartaraf qiladi yoki yengillashtiradi);
  • surunkali idiopatik eshakemi (terining qichishini va toshmani kamaytirish yoki bartaraf qilish)

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar, ozgina mikdordagi suv bilan qabul qilinadi.

6 dan 11 yoshgacha bolalarga: 1/2 tabletkadan (2,5 mg) sutkada bir marta.

Kattalarga: bir tabletkadan (5 mg) sutkada bir marta.

Davolash kursi va qabul qilishning davomiyligi kasallikning xarakteri bilan belgilanadi. Mavsumiy pollinozni davolashda preparatni qabul qilish kasallikning belgilari yo‘qolganidan keyin to‘xtatiladi. Yil davomidagi allergik rinitni davolashda preparat uzluksiz, pasientni allergen bilan kontaktini butun davri davomida qo‘llanadi.

Nojuya ta’siri

Yuqori toliqish, og‘izni qurishi, bosh og‘rig‘i.

Juda kam quyidagi nojo‘ya ta’sirlari aniqlangan:

MNT tomonidan: bosh aylanishi, uyquchanlik;

yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak urushini sezilishi; ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya, qon zardobida bilirubin miqdorini, jigar fermentlarini oshishi.

allergik reaksiyalar: anafilaksiya, angionevrotik shish, qichishish, toshma, eshakemi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Dezloratadin ketokonazol, eritromisin, dezloratadinning plazmadagi konsentratsiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishlari aniqlanmagan.

Dezloratadin alkogolning markaziy nerv tizimiga bo‘lgan ta’sirini kuchaytirmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.

Preparatni 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi isbotlanmagan.

Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha klinik ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun preparatni homiladorlikda faqat ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin. Dezloratadin ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun preparatni qo‘llash davrida emizishni to‘xtatish kerak.

Preparat avtomobilni boshqarish va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: nojo‘ya reaksiyalarining yaqqolligini kuchayishi.

Davolash: keyinchalik faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish bilan me’dani yuvish, zarurati bo‘lganida – simptomatik davolash. Gemodializ samarasiz. Peritoneal dializni samaradorligi aniqlanmagan.

Chikarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg kontur uyali o‘ramlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroklilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

×